Arifmetik amallar va qiymat berish operatori. Berilganlarni qayta ishlash uchun PYTHON tilida amallarning juda keng majmuasi aniqlangan. Amal - bu qandaydir harakat bo‘lib, u bitta (unar) yoki ikkita (binar) operandlar ustida bajariladi, hisob natijasi uning qaytariluvchi qiymati hisoblanadi. Tayanch arifmetik amallarga qo‘shish (+), ayirish (-), ko‘paytirish (*), bo‘lish (/), darajaga ko‘tarish (**) va bo‘lish qoldig‘ini olish (%) amallarini keltirish mumkin. Amallar qaytaradigan qiymatlarni o‘zlashtirish uchun qiymat berish amali (=) va uning turli modifikatsiyalari ishlatiladi: qo‘shish, qiymat berish bilan (+); ayirish, qiymat berish bilan (-); ko‘paytirish qiymat berish bilan (*); bo‘lish, qiymat berish bilan (/); bo‘lish qoldig‘ini olish, qiymat berish bilan (%) va boshqalar. Ularning umumiy ko‘rinishlariga to‘xtalamiz.
Razryadli mantiqiy amallar. Dastur tuzish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, odatda qo‘yilgan masalani yechishda biror holat ro‘y berganligini yoki yo‘qligini ifodalash uchun 0 va 1 qiymat qabul qiluvchi bayroqlardan foydalaniladi. Shu maqsadda bir yoki undan ortiq baytli o‘zgaruvchilardan foydalanish mumkin. Masalan, bool (mantiqiy) tupdagi o‘zgaruvchini shu maqsadda ishlatsa bo‘ladi. Boshqa tomondan, bayroq sifatida baytning razryadlaridan foydalanish ham mumkin. Chunki razryadlar faqat ikkita qiymatni – 0 va 1 sonlarini qabul qiladi. Bir baytda 8 razryad bo‘lgani uchun unda 8 ta bayroqni kodlash imkoniyati mavjud.
Python dasturlash tili imkoniyatlari Python – bu o‘rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo‘lgan oz sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi. Python yuqori darajadagi ma‘lumotlar strukturasi va oddiy lekin samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi.
Pythonning o‘ziga xosligi
Oddiy, o‘rganishga oson, sodda sintaksisga ega, dasturlashni boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta’minot.
Dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotiraniboshqarishni hisobga olish shart emas.
Ko‘plab platformalarda hech qanday o‘zgartirishlarsiz ishlay oladi.
Interpretatsiya qilinadigan til.
Kengayishga moyil til. Agar dasturni biror joyini tezroq ishlashini xoxlasak shu qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib keyin shu qismni python kodi orqali ishga tushirsa(chaqirsa) bo'ladi.
Juda ham ko'p xilma-xil kutubxonalarga ega.
xml/html fayllar bilan ishlash
http so`rovlari bilan ishlash
GUI(grafik interfeys)
Veb saytlarni yaratish
FTP bilan ishlash
Rasmli audio video fayllar bilan ishlash
Robot texnikada
Matematik va ilmiy hisoblashlarni dasturlash Pythonni katta proyektlarda ishlatish mumkin. Chunki, uni chegarasi yo‘q, imkoniyati yuqori. Shuningdek, u sodda va universalligi bilan dasturlash tillari orasida eng yaxshisidir.
PYTHON tilida turli tipdagi o‘zgaruvchilardan foydalanish mumkin, shu sababli, har bir tipdagi o‘zgaruvchilar qanday tavsiflanishini bilish zarur. PYTHON tilidа bittа o‘zgаruvchini dаstur bаjаrilishi dаvоmidа sаtr yoki sоn sifаtidа ishlаtish mumkin. Shu bilаn birgа PYTHON tilidа o‘zgаruvchilаr bilаn ishlаngаndа оshkоr ko‘rsаtilishi mumkin bo‘lgаn аsоsiy mа’lumоtlаr tiplаri to‘plаmi mаvjud.
Butun (integer) sonlar – Sonning kasr bo‘lmagan son bo‘lib, ularda sonning asosi (10 lik), o‘n oltilik (asosi 16-prefiksga ega) yoki sakkizlik (asosi 8- prefiksli) sanoq sistemalar ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |