Koagulyant eritmasini dozalash va ho'l saqlash ombori sxemasi: 1 – koagulyantni ho'l holatda saqlashga mo'ljallangan temir-beton bo'lma; 2 – koagulyant eritmasini haydash nasosi; 3 – koagulyant eritmasi filtri; 4 – bo'lmadagi cho'kmalarni chiqarish uchun suv-suv turidagi ejektor; 5 – cho'kib qolgan koagulyant eritmasini ko'chirish uchun egiluvchan shlang; 6 – taxta to'sin; 7 – havoni haydash uchun teshikli quvur yo'llari; 8 – siqilgan havoning kirishi; 9 – bug' kirishi; 10 – tindirilgan suvning kirishi; 11 – o'tkir koagulyant eritmasi liniyasi; 12 – koagulyant eritmasining sarf banki; 13 – nasos-dozatori; 14 – tindirgichga. Yuqoridagi suvga qo‟shiladigan moddalar alohida yoki bir-biri bilan qo‟shilgan holda ishlatilishi mumkin.
Suvni ohak eritmasi bilan yumshatish Suvni ohak eritmasi bilan yumshatish uchun suvga sundirilgan ohak eritmasi Са(ОН)2 qo‟shiladi. Natijada suv tarkibidagi Са+ va ОН- ionlari kontsentratsiyasi oshadi. Са(ОН)2=Ca2++2OH-.
Suvda ОН- ionlari kontsentratsiyasi ko‟payishi natijasida suv tarkibidagi bikarbonat НСО3- hamda, СО2 gazi karbonat СО3 ionlariga aylanadi.
НСО3-+ОН- = CO3+H2O; CO2+2OH-=Co3+H2O
Ohak ombori sxemasi: 1 – vagon; 2 – temir-beton to'siq; 3 – so'ndirilgan ohak bo'lmasi; 4 – greyfer; 5 – ko'prikli kran; 6 – nasoslar; 7 – sirkulyasion aralashtirgich; 8 – gidrosiklon; 9 – suv keltirish quvuri; 10 – siqilgan havo; 11 – ohak eritmasini aylantirish nasosi; 12 – dozator nasos; 13 – chiqindi ohak bo'lmasi. Hosil bo‟lgan karbonat ioni СО32- Kalsiy va Ca kationlari bilan birikib СаСО3 holatida cho‟kmaga cho‟kadi. Bu birikmaning cho‟kmaga tushishi suv tarkibidagi Са va СО3 ionlar kontsentratsiyasi ko‟paytmasi СаСО3 ning eruvchanlik ko‟paytmasidan katta bo‟lgan holda sodir bo‟ladi. ССа+Ссо3>EKСаСО3, EKСаСО3 – СаСо3 ning eruvchanlik ko‟paytmasi. Kam eruvchan modddalarning suvdagi eruvchanligi ularning eruvchanlik ko‟paytmasi bilan tavsiflanadi va EK harflari bilan belgilanadi. Moddalarning EK si qanchalik kichik bo‟lsa, ularning cho‟kmaga tushishi ham tez bo‟ladi. Kam eruvchi moddalarning suvda erishi suv xaroratlariga bog‟liq.
СаСО3 ning 250С dagi EK 4310-3 g·ekv/l bo‟lgani uchun suvdagi Са2+ kationlari СаСО3 holida cho‟kmaga tushadi. Shu eritma qo‟shilgan suvdagi Mg kationlari esa Mg+2OH-Mg(OH)2 holatiga cho‟kadi.
Suvni ohak eritmasi bilan yumshatish umumiy qattiqligi ishqoriyligidan katta bo‟lgan suvlarda yuqori natija beradi. Suvni koagulyat va ohak eritmasi bilan tozalash natijasida karbonatli qattiqlik 0,7 mg·ekv/l gacha tushadi.