Toshkent kimyo texnalogiya instituti huzuridagi angren texnalogiya texnikumi


Aralash ionitli filtrlar tuzilishi



Download 6,25 Mb.
bet174/211
Sana16.03.2022
Hajmi6,25 Mb.
#494432
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   211
Bog'liq
MBT to\'plam (1)

Aralash ionitli filtrlar tuzilishi.
Ionitlar bitta korpusda, amo alohida kameralarda bo‟lgan AIF larning uchta joyida taqsimlovchi quvur-sistemasi bo‟lib, bu sistema ionitlarni filtrning ichida regeneratsiya qilish uchun xizmat qiladi. Taqsimlovchi quvur sistemalari AIF ning yuqori o‟rta va tag qismlariga o‟rnatilgan.



Aralash harakatli filtr.
1 – suv taqsimlagich; 2 – ishqorni taqismlochi qurilma; 3,5 – anionit va ktionit qatlami; 4 – oraliq kollektor; 6 – sizdirish.
Bulardan yuqori qismdagi taqsimlovchi sistema, tozalanadigan suvni filtrga yuborish, anionit qatlamini regeneratsiya qilishda filtrga ishqor eritmasini va yuvadigan suvni yuborish, yayratish hamda anionitlarni ajaratish jarayonida beriladigan suvni va havoni chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi.
O‟rta qismdagi taqsimlovchi sistema kationit qatlamini regeneratsiya qilishda kislota eritmasini yuborish hamda anionit qatlamidan o‟tayotgan ishqor eritmasi aralashgan regeneratsiya mahsulotini chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. Tag qismidagi taqsimlovchi sistema kationit qatlamidan o‟tayotgan yuvindi suv filtrning o‟rta qismi quvurlaridan chiqariladi. Bu jarayon tugagandan so‟ng filtrning tag qismi quvuridan havo yuboriladi, ionitlar aralashtiriladi va aralashgan ionitlar yana tuzsizlantirilgan suv bilan kremniy miqdori 20 mkg/kg, natriy miqdori 10 mkg/kg tushguncha yuvilib, keyin ishga qo‟shib yuboriladi. Bu regeneratsiya jarayoni 3,5-4 soat davom etadi. Filtrlash tezligi soatiga 50 metrdan oshmasligi kerak, filtrlovchi materialning umumiy balandligi 1,2-1,5 m bo‟lib, tag qismidagi kationit qatlami 0,5 m. ni tashkil qiladi.


Aralash harakatli filtrlarni regenerasiyalash sxemasi.
1 – ishchi AHF; 2,7 – dastlabki suvni kiritish va tuzsizlantirilgan suvni chiqishi; 3 – regenerasiyalovchi eritma uyuvchi natriyni va yuvuvchi suvni kiritish; 4 – regenerasiyalanayotgan AHF; 5 – sizdirishga chiqarish; 6 – regenerasiyalovchi eritma xlorid kislotani va yuvuvchi suvni kiritish; 8 – nasoslar; 9 – havoni kiritish

Tozalanayotgan suvning tezligini oshirish, ko‟proq suvni tozalash zarur bo‟lsa bunday qurilmalarda regeneratsiya jarayoni maxsus filtrlarda amalga oshiriladigan AIF lar ishlatiladi. Bunday turdagi ishchi filtrlarda ionitlar aralashgan holatda bo‟lib, ularning qalinligi 0,9-1,0 metr filtrdan suv o‟tish tezligi soatiga 100 m gacha bo‟ladi. Bu filtrlarda o‟rta qism quvurlar sistemasi regeneratsiya qilish uchun qo‟shimcha jihozlar bo‟lmay, ularni kislotaga chidamli materiallar bilan qoplash ham talab qilinmaydi. Chunki bu ishchi filtrlardan anionitlar, gidravlik usulda ya„ni kuchli suv oqimi yordamida chiqarib olinib, maxsus filtrlarda regeneratsiya qilinadi. Bo‟shagan filtr oldindan regeneratsiya qilingan ionitlar bilan to‟ldirilib, yana ishga tushirib yuboriladi. Regeneratsiya qilingan ionitlar maxsus bakda saqlanadi. Bunday qurilmalarning avfzallik tomonlari shundaki, ularda ishqor va kislota eritmalari bir-biri bilan aralashmaydi va filtrning to‟xtash vaqti qisqaradi. Ishchi AIF filtrlardan ionitlarni chiqarib olib, yangisi bilan to‟ldirib ishga tushirib yuborishga 1 soat vaqt yetarli bo‟ladi.


Kislota eritmasi aralash regeneratsiya mahsulotini, tozalanayotgan suvni filtrdan chiqarish, hamda Ionitlarni yayratib, bir-biridan ajratish uchun filtrga suv va havo berish uchun xizmat qiladi.
Bu filtrlarni ikki usulda ya„ni parallel ravishda va navbat bilan regeneratsiya qilish mumkin. Birinchi usulda kationit va anionit qatlamlarini parallel ravishda regeneratsiya qilishda tepa qismdagi taqsimlovchi quvurdan ishqor eritmasi pastki qismdagi quvurlar sistemasidan kislota eritmasi bir vaqtda yuborilib, kationit va anionit qatlamlardan o‟tayotgan regeneratsiya eritmalari o‟rta qismdagi quvurlar sistemasidan chiqarib yuboriladi. Bu usulda regeneratsiya uchun kam vaqt. sarflanadi, lekin kislota va ishqor eritmalari o‟zaro aralashishi natijasida tuz hosil bo‟lib, bu eritmalarni keyingi regeneratsiya uchun ishlatib bo‟lmaydi.
Ikkinchi usulda ya„ni ionitlarni navbat bilan regeneratsiya qilishda avval qaysi qatlam regeneratsiya qilinadigan bo‟lsa, shu qatlamga tegishli quvurlardan regeneratsiya eritmasi yuborilib, regeneratsiya eritmasiga qarama-qarshi oqimda toza suv yuborilib turiladi, ulardan o‟tayotgan suv regeneratsiya eritmasi filtrning o‟rta qismidagi quvuri orqali chiqarib yuboriladi. AIF filtrdagi kationitlarni regeneratsiya qilish uchun H2SO4 ning 3-5% eritmasi, anionitlarni regeneratsiya qilish uchun NaOH ning 4-6% eritmasi ishlatiladi. Regeneratsiya jarayonida belgilangan miqdordagi eritmalar o‟tishi bilan filtrlar yuviladi. Buning uchun oldindan tozalangan suv regeneratsiya eritmalar yuborilgan yo‟nalishda yuboriladi.



Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish