Tabiiy suvlarning turlari.
Tabiatda suvlar hosil bo‟lish va tuplanishi jarayoniga qarab shartli ravishda uch turga bo‟linadi. Bular fizik va kimyoviy xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi.
1. Atmosfera suvlari – yer yuzasida yomg‟ir, qor kabi yog‟inlar yog‟ishi natijasida to‟planadi.
Ularning tarkibi boshqa suvlarga qaraganda ancha toza bo‟lib, mineral tuzlarning umumiy miqdori 50-60 mg/l atrofida bo‟ladi. Bu suvlar issiqlik elektr stantsiyalarida ishlatilmaydi.
2. Yer osti suvlari – rangsiz, tiniq, chuchuk yoki sho‟r bo‟lib, tarkibida asosan yaxshi eriydigan H2S, I2 kabi kimyoviy moddalar va Mg, Ca, Na, K, Fe kabi kationlar, Ce, SO4, NO3, HCO3 kabi anionlar ko‟p uchraydi. Bunday suvlarning kiyoviy tarkibi yer osti qatlamlarining tarkibiga bog‟liq. Ularning umumiy tuz miqdori 50-100 mg/l atrofida bo‟lib, tarkibida О2 va СО2 kabi gazlar ham bo‟ladi. Ular kichik miqdorda yer ostidan olinib, issiqlik elektr stantsiyalarida ishlatishga yetmaydi va kichik qozonxonalarda ishlatilishi mumkin.
3. Yer usti suvlariga, anhor, daryo, ko‟l, dengiz va okean suvlari kiradi. Bu suvlar yer osti va yomg‟ir suvlariga qaraganda kimyoviy tarkibi murakkabligi, tarkibida har xil kimyoviy va mexanik birikmalar ko‟pligi bilan farq qiladi.
Yer usti suvlari tarkibida doimo erigan organik anorganik moddalar, gazlar va har xil mexanik aralashgan mayda zarrachalar bo‟ladi.
Yer usti suvlari tabiatda tog‟ yon bahrlarida to‟plangan qor va muz qatlamlarining erishidan hosil bo‟lib, tarkibi yer usti qatlamlari tarkibiga bog‟liq. Tog‟lardan oqib tushayotgan suvlar yer usti qatlamlariga uchraydigan ohaktosh CaO, marmar CaCO2, dolomit CaCO3, MgCO3, osh tuzi NaCl, gips CaSO4, tosh tuzi MgSO4, temir Fe, oltingugurt S, selikat birikmalari va tog‟ jinslari bilan to‟qnashishi natijasida bu birikmalar tabiiy suvlarni Са, Mg, Na, K, Fe kabi kationlar Се, SO4, HCO3, HSiO4 kabi anionlar bilan boyitadi. Sanoat korxonalaridan tashlanadigan chiqindi suvlar oqar suvlarga qo‟shilishi natijasida suv tarkibiga anorganik kislotalar, ishqorlar, tuzlar bilan birga mis, qo‟rg‟oshin, temir, alyuminiy kabi kimyoviy birikmalar, ammiyak NH3, vodorod sulfat H2S va organik kislotalar ham qo‟shiladi.
Yer usti suvlari issiqlik elektr stantsiyalarida ishlatish uchun asosiy suv manbai hisoblanadi. Faqat dengiz va okean suvlarida tuz miqdori juda katta bo‟lganligi uchun ularni tozalash qimmatga tushadi va ular issiqlik elektr stantsiyalarida ishlatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |