Tоshkеnt kimyo tехnоlоgiYa instituti «organik kimyo va og‘ir organik sintez texnologiyasi» kafedrasi



Download 2,3 Mb.
bet9/17
Sana20.06.2022
Hajmi2,3 Mb.
#680447
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Маърузалар 15.09.2019

Yadro magnit rezonansi (YaMR)

Yadro magnit rezonansi xodisasini birinchi marta 1946 yilda AQSh da Persell va Blox, Angliyada Rollin kuzatgan edilar. Bu kashfiyotni ochganliklari uchun Persell va Bloxlar Nobel mukofotiga sazovor bo‘lganlar. Organik kimyoda bu usulning qo‘llanilishi 1953 yilga to‘g‘ri keladi. Xozirgi vaqtda esa spektroskopiYa usullari ichida Qattiq va suyuk moddalarni o‘rganishda eng muhim axborot beruvchi usul hisoblanadi, u «magnitli atom Yadrolarini» o‘rganadi (masalan, vodorod atom Yadrosi-protonlar).


Energiyaning o‘zgarish bu holatda atom Yadrolarining mgnit xossalari bilan bog‘langan. Atom yadrolarining magnitizmi ularning o‘z yadro magnit rezonansi asosida, boshqa spektroskopiYa usullariga o‘xshab, Bor nisbiyligi yotadi.



Yadrolarni o‘z o‘qi atrofida aylanishi bilan tushuntiriladi (Yadrolarining bu xususiyatlari spinlar deb aytiladi). Yadrolar elektr zaryadiga ega bo‘lib, ularning aylanishi aylanma tok ham Yadrolarni mitti magnitchalarga (dipollarga) taqqoslash mumkin.


Agar vodorod atomlaridan tashkil topgan qandaydir moddani kuchli magnit maydoniga joylashtirsak, undan magnit dipollari kompas milining Erning magnit maydoniga qarab moslanishga o‘xshab yo‘naladi.

Mos keluvchi yuqori chastotali kuchli impuls ta’sir etib, yadro dipollarini magnit maydonining yo‘nalishiga nisbatan burish mumkin. Yadro magnitlarining o‘ziga xosligi shundan iboratki, yuqori chastotali impusdan keyin tezda boshlangich holatiga kaytmaydi va magnit maydoni atrofida pildiroqga o‘xshab aylanadi.



Ko‘p miqdordagi magnit dipollarining birgalikdagi harakat i maydon yo‘nalishiga perpendikulYar joylashgan yuqori chastotali g‘altakda o‘zgaruvchan magnit maydoni xosil qiladi. SHunday qilib, ma’lum kuchlanish paydo bo‘lib, uning chastotasi Yadro dipollariningaylanishiga tegishli bo‘ladi . Yuqori chastotali kuchlanishni paydo bo‘lishi YaMR signali bo‘lib, u atom Yadrolarining son o‘lchovi hisoblanadi.


Yadrolarning magnit xususiyati harakat miqdor momenti bilan belgilanib, Ya’ni spinlar bo‘lib, kvant kimyosi nazariyasiga ko‘ra, yadrolarning eng Ko‘p harakat miqdor momenti yaxlit va yarim qiymatlarda bo‘lishi mumkin. Spin kvant sonini J deb belgilasak, Yadro 2 J + 1 holatda bo‘lishi mumkin.
Agar J=0 bo‘lsa, magnit momenti ham nolga teng bo‘ladi agar J=0 bo‘lmasa, u hodda magnit moment harakat momentining vektoriga doim parallel holda bo‘ladi . Agar magnit momentining qiymatini M bilan belgilasak, butun o‘lchanadigan magnit momentlari qiymati mMJ holda ifoda qilinadi, bunda M-magnit kvant soni bo‘lib, quyidagi qiymatlarga ega bo‘ladi :

Harakatning miqdor momenti va magnit moment vektorlari parallel bo‘lgani uchun Yadroning magnit momenti xususiYatini qiymat bilan belgilab, quyidagi nisbiylik bilan ifodalaymiz:



&-gidromagnit nisbiyligi;


M-magnit momenti;
J-spin kvant soni;
h-plank doimiysi;
&-o‘lchov birligi radian gauss -1, sek -1.
Yadro magnit momentining qiymatini boshqa usul bilan ifoda etish mumkin, Ya’ni protonning magnit momenti spini J= 1/2/ bo‘yicha olinsa, uning magnit magnetoni eh/2 shr*S ga teng, bunda shr-proton massasi, e-proton zaryadi, S-yorug‘lik tezligi.
Yadroning xaqiqiy yadro momenti spini J ga teng bo‘lsa, uni yadro magnetoni orqali quyidagicha ifodalash mumkin:

ch - o‘lchovsiz doimiylik bo‘lib, Yadro (geh) - omil deb aytiladi.


Ma’lum yadro spinlarining to‘liq mundarijasida ma’lum qonuniYatni, ya’ni tartib nomeri Z va massa soni A yordamida ifodalash mumkin.
Agar massa soni A tok sonlardan iborat bo‘lsa, Yadro spini J=S ga teng, massa soni A va tartib nomeri juft, tartib nomeri tok sonlardan iborat bo‘lsa, spinlar yaxlit sonlardan tashkil topgan bo‘ladi.
Spin kvant soni J=O bo‘lsa, yadro magnit momentiga ega emas,shuning uchun bu atom yadrolari magnit rezonans spektri bermaydi. Organik molekulalar C, H va O lardan tashkil topgan uchun, ularni faqat vodorod atom yadrosi (proton) bo‘yicha o‘rganilgani uchun, bu YaMR usuli proton magnit rezonansi deb aytiladi /PMR/. Spin soni I va undan yuqori yaxlit sonlardan iborat bo‘lgan Yadrolar magnit momentidan tashqari, elektr kvadrupol momentiga ham ega, ularning xossalarini yadro kvadrupol momentiga ham ega, ularning xossalarini Yadro kvadrupol rezonansi(YaKR) yordamida o‘rganish mumkin.
Spinga ega bo‘lgan magnit zarracha kuchlanganligi N bo‘lgan magnit maydoniga kiritilsa, protonning magnit maydoni tashqi magnit maydon Ho bilan ta’sirlanib, shu maydonga nisbatan turli holatlarni egalaydi. Magnit maydoniga Yadroni egallab oladigan holatlar soni spin kvant soniga bog‘lik holatda bo‘ladi .
Protonning mitti magnit maydoni kuch chiziqlari tashqi maydon kuch chiziqlari bo‘yicha yoki unga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘lishi mumkin (3-rasm).

Magnit maydoni, tashqi magnit maydon Ho bo‘yicha yo‘nalgan Yadrolar (ularning spini C ga teng) tashqi maydon kuchlanganligi Ho ni ortishiga sabab bo‘lsa, teskari spinga ega bo‘lgan Yadrolar aksincha, tashqi magnit maydon kuchlanishini kamaytiradi. Natijada Yadrolarning ayni holda protonlarning energetik pog‘onasi magnit maydonida ikkiga ajraladi.





Shunday qilib, yadrolarning bir qismi pastki pog‘onada, qolgan qismi esa yuqori pog‘onada joylashadi. Pog‘onalar energiyalarning farqi E ga teng. Tabiyki, pastki pog‘ona energiyasi kichik bo‘lgani uchun unda yuqori pog‘onaga nisbatan Ko‘proq yadrolar joylashadi. Boshqacha aytganda, spinlari Ho maydon yo‘nalishga mos kelgan J = -I yadrolar spinlari Ho maydonga qarshi yo‘nalgan yadrolarga nisbatan Ko‘proq bo‘ladi. Lekin tashqi magnit maydon Ho ga nisbatanyadrolar energiyasining farqi E juda kichik bo‘lganligi sabali, yuqori va quyi pog‘onadagi yadrolar soni ham bir-biriga haqin bo‘lgan. Odatdagi temperaturada yuqori va quyi pog‘onalar zichligidagi farq umumiy yadrolarning 0,0001 qismidan oshmaydi. Masalan, yuqori pog‘onada 1000000 ta yadro joylashgan bo‘lsa, quyi pog‘onada 1000010 ta Yadro, Ya’ni milliondan untagina yadro ortiq bo‘ladi, holos. Muvozanatda turgan ana shu sistemaga elektromagnit to‘lqinlar bilan ta’sir ettirilsa, bu to‘lqinlar energiYasi pog‘onalar farqi E ga mos kelgan vaqtda rezonans xodisasi kuzatiladi. Rezonans natijasida energiya yutilishi quyi pog‘onadagi yadrolar ΔE ga barobar energiyani yutib, yuqori pog‘onaga o‘tadilar ya’ni maydon bo‘ylab yo‘nalgan spinlar / J = +1/2 / teskari tomonga ag‘dariladi.


Rezonans ikkala pog‘onada Yadrolar soni barobarlashguncha davom etadi va elektromagnit nur ta’siri to‘xtatilgach, Yadrolar taqsimoti Yana ilgarigi muvozanat holatiga qaytadi. Rezonansda ishtirok etadigan Yadrolar soni kam, pog‘onalar o‘rtasida energetik farq E kichik bo‘lgani sababli, Yadrolarni kuzatish uchun (katta to‘lqin uzunlik va kichik chastotali) radio to‘lqinlari bilan ta’sir etish kifoYa.
Pog‘onalar energiYalarining farqi tashqi kuchlanishga to‘g‘ri proporsionaldir:

Bunda h Plank doimiysi, H gidromagnit nisbiyligi, o‘zgarmas proporsionallik koeffitsenti, No tashqi maydon kuchlanganligi bo‘lgani uchun quyidagi ko‘rinish oladi:


yoki (4)

4-tenglama. Yadro magnit rezonansi (YaMR) ning asosiy tenglamasidir.


Yadro magnit rezonansini kuzatish uchun aniqlanayotgan moddaning 5-20%lik eritmasi diametri 5mm bo‘lgan ampulaga solinib, yuqori kuchlanshli magnit maydoniga kiritiladi /4-rasm/.



4-rasm. YAMR spektrometrning oddiy chizmasi.


Ampula atrofidagi g‘altakdan radiochastotali o‘zgaruvchan tok o‘tkaziladi va uning chastotasi generatordan o‘zgartirib turiladi. G‘altakdagi tok yadrolarni qo‘zg‘atuvchi energiya manbai vazifasini bajaradi, o‘zgaruvchan tok chastotasi rezonans chastota hisoblanib uning energiYasiga tengdir. Rezonans xodisasi sodir bo‘ladi va J energiyaning yutilishi hisobiga g‘altak zanjirida tok asl holiga qaytadi. G‘altakdagi tok qiymatining kamayishi kuchaytirgich orqali avtomatik yozuv asbobida tik cho‘qqisimon chiziq ko‘rinishida (sigaal) yozib olinadi (5-rasm).

SHunday qilib, YaMR spektrometr yordamida birikma tarkibidagi vodorod Yadrolari protonlarga oid signallar yozib olinadi. Tabiyki, qo‘llaniladigan erituvchilar tarkibida protonlar bo‘lmasligi kerak, chunki erituvchi protonlarning signallari aniqlanayotgan modda signallarini qoplab (berkitib) qo‘yishi mumkin. SHuning uchun, aniqlanayotgan moddaning 25-30 mg miqdori protonlari deyteriyga almashgan deytero-erituvchilar (CDCI3-deyteroxloroform) da eritiladi.


YaMR-spektr uchta kattalik (parametr) bilan tavsiflanadi.
Signal (choqqilarning) o‘rni yoki kimyoviy siljish.
Signallar soni va ularning intensivligi.
Signallarning ajralib ketish yoki spin-spin ta’siri.



Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish