DASTGOHNING MEXANIK HISOBI
Dissolverning ishlab chiqarish quvvati:
Gp = 320 kg/soat
Solishtirma ishlab chiqarish quvvati:
qud = 200 kg/soat
Konteynerning hajmi:
Gm = Gp/qud = 320 / 200 = 1,6 sm3
Hajmiga asoslanib D va H ni hisoblaymiz.
Silindrning hajmi:
V = π*R2 * h; h=4*D; R = D/2;
V = π*D3; ; V =1,22 sm3
D = 1,22 / 1,46 = 0,83 sm3
H = 4*D = 4*0,83 = 3,32
Meshalkaning hisobi:
dm = 0,5*D = 0,5*0,83 = 0,41 m
Diskning qalinligi:
b = (0,05÷0,8) *dm = 0,06*0,41 = 0,025 m
Disklararo qadam
h= 0,5*dm – b = 0,5*0,41– 0,025 = 0,18 sm
Spravochnikka asosan:
P = 927 kg/m3; ɳ = 0,67
KN – koeffitsiyent = 50
dM – meshalka disklarining diametri – 0,365
qud – valning aylanish chastotasi 214 ayl/min
Zd – valdagi disklar soni – 16
N = KN * d4M * p0,5 * q2,5ud * ɳ0,5 * Zd / (2,32*103) =
= 50 * 0,3654 * 9270,5 * 2142,5*16 / (2,32*103) = 3,19 kW
TEXNIKA XAVFSIZLIGI
Suvli dispers bo’yoqlar, emallar va gruntovka emallarini ishlab chiqarish jarayoni inson organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarga ega. Elektr o’tkazgichlar, zararli moddalar, transportda tashish jarayonida xavf uyg’otadi. Texnologik jarayon va qurilmalar bilan ishlashda quyidagi xavfli holatlar mavjud:
Yong’in xavfsizligiga amal qilmagan holda erituvchilarning yonishi;
Havo almashinishi, qurimalarda tok bilan sodir bo’lishi mumkin bo’lgan nosozlikalarning oldini olishga qaratilgan amallar bajarilmagan hollarda;
Elektr bilan ishlovchi qurilmalarda tok bilan sodir bo’lishi mumkin bo’lgan nosozliklarning oldini olishga qaratilgan amallar bajarilmagan hollarda;
Qurilmalarning harakatlanuvchi qismlarida mexanik nosozliklar yuzaga kelishi, talablarga mos bo’lmagan holda qurilmalardan foydalanish, keragidan ortiq yuklarni yuklar holatlarida yuzaga kelishi mumkin.
Jarayonning xavfsizligiga kirishdagi asosiy qoidalar. Texnologik jarayonning kirish qismida mehnat xavfsizligini maksimal ta’minlash maqsadida, o’tkazgich trubalaridan foydalanish va qurilmalarnin remont qilish, jihozlarning individual himoyasi, mehnat xavfsizligi standartlariga, talab va normalariga mos tushishi lozim. Texnologik jarayonda quyidagilar ta’minlangan bo’lishi lozim:
Qurilmalar va o’tkazgich trubalar germetik va yopiq bo’lishi;
Qurilmalar, aloqa kabellari, metall konstruksiyalari yerga ulangan bo’lishi;
Uzluksiz ishda aniq hisoblangan ventilyatsiya mavjud bo’lishi;
Portlash xavfsizligini ta’minlangan holda elektr qurilmalarini ishlatish va nazorat qilish;
Zaxarli va yonuvchan moddalarni konsentratsiyalarini sex ichida ochiq havoda paytda sistematik nazorat qilish;
Qurilmalarning harakatlanuvchi qismlari uchun joy etarliligi, quduqlar, devordagi teshiklar to’g’ri joylashtirilishi, ishga yaroqliligi;
Ish joyining etarlicha yoritilganligi;
KIP uchun uzluksiz havo etkazilib turilishi;
Ayni paytdagi reglament va ish instruksiyasidagi talablar bilan mos tushishi;
Norma bo’yicha ishlarning maxsus himoyaviy jihozlar va maxsus kiyim bilan ta’minlanganligi;
Ishlab turgan jihozlarni doimiy tekshiruv qilib turish, texnik yordam berish va ularni remont qilib turish, tutash joylarni ko’zdan kechirish, kerak bo’lgan hollarda payvandlash ishlarini bajargan holda ularni normative hujjatda keltirilgan holda ushbu ishga yaroqli holini saqlash;
Yuk ko’taruvchi va transport uskunalarining ishga yaroqliligi;
Yong’inga qarshi inventarlarga ochiq o’tishlar mavjud bo’lishi, texnologik qurilmalarda maxsus signal tugmalari mavjudligi;
Chaqnash chiqarmaydigan jihozlardan foydalanish, portlashdan xavfsiz bo’lgan maxsus chiroqlardan foydalanish;
Quyidagilar man qilinadi:
Vertikal bisser tegirmonilarda sovutmasdan ishlash;
Barcha texnologik qurilmalarda yerga ulangan holda ishlash;
Ventilyatsiyani o’chirib qo’ygan holda ishlash;
Kalibrlanmagan KIP apparatida va boshqa qurilmalarda ishonchsiz bo’lgan hollarda, to’g’ri bo’lmagan va germetik bo’lmagan hollarda ishlash;
Maxsus kiyimsiz, individual vositalarsiz ishlash;
Ish jarayaonida ovqatlanish;
Remont, ko’zdan kechirish, tozalash, moylash va mexanizmlar bilan qilinadigan ishlarda harakatli qurilmalar yaqinida amalga oshirish.
Shaxsiy himoya vositalari.
Emal gruntovkalar ishlab chiqarishda quyidagi shaxsiy himoya vositalarini hisobga olish lozim:
Maxsus kiyim, maxsus oyoq kiyim, qo’l uchun himoya vositasi;
Himoya mazlari va pastalari;
“Lepestok” turidagi respiratorlar;
Himoya ko’zoynagi;
Maxsus filtrli protivogazlar;
PSH-1, PSH-2 izolyatsiyalovchi protivogazlar.
Ishqorlar bilan ishlashda
maxsus kiyim;
ish fartugi;
lateks qo’lqop;
rezina etik;
himoya ko’zoynagi;
Ishlab chiqarishni rejali to’xtatishning asosiy qoidalari.
Ishlab chiqarishni to’xtatish sex boshlig’ining yozma farmoyishi bilan amalga oshiriladi.
Jihozlarni to’xtatish va ta’mirga berish uchun bosh muhandis tomonidan tasdiqlangan yillik jadval asosida tuzilgan ta’mirlash va ko’zdan kechirishlarning oylik jadvali asos bo’ladi. Farmoyishda quyidagilar ko’rsatiladi:
sana, to’xtatilgan vaqti, ta’mirga tayyorlash muddati, ta’mirlarning davomiyligi va ishga tushirishning hisoblangan sanasi;
ta’mir ishlarini tashkil etish va o’tkazish rejasida ko’zda tutilgan ta’mirni o’tkazishga va uni tashkil etishga, apparatlar va kommunikatsiyalarni ta’mirlashga tayyorlashga, texnika xavfsizligi bo’yicha tadbirlarni bajarishga javobgar shaxslar;
ta’mirlash ishlarini bajaruvchilar.
Ta’mir ishlarini tashkil etish va o’tkazish uchun javobgar shaxs zimmasiga ta’miranayotgan oyektda xavfsiz sharoitlarni ta’minlash va ta’mir ishlarini boshqarish bo’yicha majburiyatlar yuklanadi. Sexdagi alohida ishlaydigan texnologik liniyalar, yakka jihozlar hisoblanadi: Jihozlar va kommunikatsiyalarni ta’mirlash uchun to’xtatishda quyidagilar tuziladi:
Jihozlar va o’tkazgich quvurlarni mahsulotlardan tozalash sxemasi;
Zaglushkalarni o’rnatish sxemasi;
Zarurat bo’lsa jihoz va kommunikatsiyalarni yuvish, bug’lanish havo puflash sxemalari.
Ko’rsatilgan sxemalar sex boshlig’i tomonidan tasdiqlangan bo’lishi kerak.
Ta’mirlash hajmiga quyidagilar kiradi:
Elektr energiyasini o’chirish;
Jihoz kommunikatsiyalarini o’chirish va to’xtatish;
Jihoz kommunikatsiyalarni mahsulotlardan bo’shatish, kirdan, zararli, zaxarli, yonuvchan mahsulotlar va gazlardan tozalash.
Yopiq apparatlardan boshqa jihozlarni ta’mirga tayyorlash ishlari sexning texnologik personali tomonidan ruxsan beruvchi naryadni rasmiylashtirmasdan amalga oshiriladi.
Ta’mirdagi texnologik apparatlar va kommunikatsiyalarga “Apparat (o’tkazuvchi quvur) ta’mirda – аппарат (трубопроводе) на ремонте”, ishlatiladigan apparatlarda esa “Yurgizilmasin – odamlar ishlayapti – работают люди” deb yozilgan ogohlantiruvchi plakatlar osib qo’yilishi kerak.
Ishlab chiqarishni avariyali to’xtatishning asosiy qoidalari.
Avariyali to’xtatish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
Elektr energiyasi uzatilishi to’xtaganda;
Katta miqdordagi erituvchilar va tayyor mahsulotlar to’kilib ketganda;
Yong’in paydo bo’lganda;
Jihozlar ishdan chiqib texnologik jarayonning me’yorida ishlashga halaqit beradigan holatlarda;
Aylanma suvni uzatish to’xtab qolganda;
Nazorat o’lchov asboblari va apparatlarga havo uzatilishi to’xtab qolganda;
Ishlab chiqarish xonalari gazga va changga to’lib ketganda.
Elektr energiyasini uzatish to’xtatilganda:
Barcha texnologik operatsiyalar to’xtatilishi, tabiiy shamollatishni kuchaytirish uchun deraza va eshiklar ochilishi zarur;
Elektr energiyasi uzatilishi to’xtatilishining sabablarini aniqlash va elektr energiyasining uzatilishi tiklash bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish;
Elektr energiyasi uzatilishi boshlanganda ichkaridan havo tortuvchi shamollatish tizimini, 15-20 minutdan keyin esa tashqaridan havo kirituvchi tizimni ishga tushirish kerak, 30 minutdan so’ng ishni boshlash kerak.
Erituvchi va tayyor mahsulotlarning kata miqdori to’kilib ketganda:
Erituvchilarni yuklashni, suyuq xom-ashyoni qabul qilishni to’xtatish zarur;
Avariya hududi yaqinidagi jihozlarni to’xtatish zarur;
Odamlarni xavfli zonadan olib chiqib ketish bo’yicha tezkor tadbirlarni amalga oshirish zarur.
Yong’in paydo bo’lganda:
O’t o’chiruvchilar komandasini 301 telefon raqami orqali xabardor qilish yoki yong’in paydo bo’lgan joyni aniq ko’rsatgan holda xabar qiluvchini xabardor qilish zarur;
Texnologiya jarayonga bog’liq bo’lgan barcha texnologik operatsiyalarni to’xtatish zarur.
Jihozlar ishdan chiqqanda:
Nosoz apparatda jarayonni olib boorish to’xtatiladi;
Nosozlikni bartaraf etish choralari ko’riladi, zarurat bo’lsa apparat ta’mirga tayyorlab qo’yiladi.
Aylanma suv uzatish to’xtab qolganda:
Bisserli tegirmonlar to’xtatiladi;
Suv uzatilishining to’xtatilish holati sabablari aniqlanadi;
Suv uzatishni tiklash choralari ko’riladi.
Nazorat o’lchov asboblari va apparatlariga havo uzatish to’xtatilganda:
Mahsulotni to’kish to’xtatiladi;
Qo’lda bajarish mumkin bo’lmagan barcha jarayonlar to’xtatiladi;
Shikastlangan odamlarga yordam ko’rsatiladi;
Qo’shni xonalarga ulanmagan barcha deraza va eshiklar ochiladi.
Jihozlarni ta’mirlash uchun to’xtatilgandan keyin ishga tushirish bo’yicha asosiy qoidalar.
Ta’mirlash ishlari to’xtatilgandan keyin quyidagi ishlar bajariladi:
Ish o’rinlari axlat qoldiqlaridan tozalanadi, narvonlar, asboblar, detallar olib qo’yiladi;
Jihozning me’yoriy hujjatlar va passport ma’lumoqlariga mos to’g’ri o’rnatilganligi tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |