Toshkent kimo texnologiya instituti noorganik moddalar kimoviy texnologiyasi fakulteti prof. T. R. Abdurashidov nomidagi


DASTGOHNING ASOSIY PARAMETR VA REJIMLARI



Download 0,77 Mb.
bet6/9
Sana15.06.2022
Hajmi0,77 Mb.
#673644
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Lok ishlab chiqarish texnologiyasida qo’llaniladigan besir tegirmon konstruksiyasi

DASTGOHNING ASOSIY PARAMETR VA REJIMLARI

Dissolverning kamerasi uzunligi 3-5 diametriga teng silindrdan iborat. Kameraning ichki kamerasi eng katta yedirilishga uchraydi va odatda almashtiriladigan futer bilan qoplangan bo’ladi. Sanoatda qo’llaniladigan dissolverlar sovutish yengiga ega, u berilgan temperaturani ushlab turish uchun qo’llaniladi. Kameraning ko’ndalang devorlari mahsulotning kirishi va chiqishi uchun teshiklarga, valni zichlash tizimiga va boshqalarga ega. Dissolverning kamerasi po’latdan yasalishi yoki qo’yilgan maqsaddan kelib chiqib keramik yoki poliuretan vkladishlarga ega bo’lishi mumkin. Ushbu materiallardan dissolverning rotori tayyorlanadi. Dissolver ishlayotgan vaqtda asosiy konstruksion elementlar sezilarsiz darajada yediriladi.


Ish rejimlarini va materiallarni to’g’ri tanlash jarayonning iqtisodiy samarasi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega va mahsulotning talab qilingan tozaligini ta’minlaydi. Dissolverlar suvli muhitda ham yoki organic erituvchilar muhitida ham ishlaydi. Qurilmaning muqim ishlashini ta’minlash uchun material zarrachalarining suspenziyasi yetarli darajada qovushqoq va cho’kmaydigan bo’lishi kerak. Edirilishga va yuqori qattiqlikka ega keramik materiallarni qo’llash o’rtacha o’lchamlari 10 nm dan kichik o’lchamdagi disperslangan materiallarni olishga imkon beradi. Ultradispers materiallarni maydalash usulida olish yuqori energiya xarajatlarini talab etadi. Kristallarni submicron diapazonda maydalashda maydalangan materiallarning mustahkamligi nazariy chegaraga yetadi, chunki barcha aglomeratlar va defektli kristallar parchalanadi. Zarrachalar kichrayishi bilan energiya sarfi kvadratik tarzda oshadi, ya’ni maydalash tezligi keskin pasayadi va yanchilgan mahsulotlar hajmi va qo’shimcha energiya sarfi ortadi, masalan, qovushqoq ishqalanishga sarflanadi. Shunga qaramasdan, disperslashning zamonaviy texnologiyalari nanozarrachalarni olishga imkon beradi. Bunday jarayonning qismlari sirkoniy dioksididan qilinadi. Dissolverning yedirilishga yuqori darajada chidamliligi, sirkulyatsiyalovchi tizim va rotorni va korpusni sovutish yuqori solishtirma energetik parametrlarni va kam ifloslangan namunalarni olishga imkon beradi. Bunday texnologiyaning farqli jihati natijalarning takrorlanuvchanligi va jarayonning texnologik boshqarilishidir.
Flotatsiyadan oldin konsentratlarni va boshqa mineral xom ashyolarni maydalash uchun fraksiyalangan qum yoki shag’al solingan tegirmonlar qo’llanilishi mumkin. Flotatsion jarayon uchun reagentlar tegirmondan oldin va keyin qo’shish mumkin. Shuningdek tegirmondan rudaning faollashtirish va hattoki maydalash jarayonida rudani kimyoviy moddalar bilan ta’sirlashtirish uchun ham foydalanish mumkin. Maydalovchi jinslar sifatida bunday jarayonda yedirilishga chidamli, dumaloq shakldagi tabiiy materiallar ishlatiladi. Tuyuvchi jinslar sifatida ruda konsentratining yirik zarrachalari ishlatilishi mumkin. Bunday holatda tegirmonga vaqti vaqti bilan rudaning yirik fraksiyasi qo’shib turiladi, mayda fraksiyadagi pulpa olinadi.
Dissolver aralashtirgichli yoki aralashtiruvchi rotorli qator yordamchi vazifalarga ega va aralashtirishning turli rejimlarini amalga oshirish va aralashmani sirkulyatsiyalash imkoniyatiga ega bo’lgan silindrsimon idishdan iborat. Tuyishda kameraga tuyiladigan kukunning suspenziyasi quyiladi, u butun bo’sh hajmni to’ldiriladi. Rotorning aylanish jarayonida rotor harakatga keladi va materialning zarrachalarini maydalaydi. Ish yakunida materialning suspenziyasi dissolverdan quyib olinadi.
Dissolver ishchi kamerasi hajmi buyurtma bo’yicha ishlanishi mumkin va lok-bo’yoq materiallarini ishlab chiqarishda pigmentlarni aralashtirish va dispergirlash uchun qo’llaniladi. Texnik xarakteristikalari: BGTU 312060, 2011. Ushbu loyixada berilgan dissolverning ish unumi 600 kg/s, tuyish kamerasi hajmi 140l, yuritmaning quvvati 30kVt, rotorning aylanish tezligi 1500ayl/min, gidravlik zatvor bilan ta’minlangan. Jarayon uchun zarur bo‘lgan barcha xom-ashyo va yarim fabrikatlarning sifati va sertifikati tekshirilib sexga yuboriladi. Qadoqlangan pigment va to‘ldiruvchilar elektropogruzchik yordamida zavodning sex omboriga joylanadi. Sex omborlariga xom-ashyo va polufabrikatlar olishiga qulay qilib joylanadi. Faqat ayrim ochiq joyda saqlanadigan pigmentlar bir sutka davomida yuborilish zarur. Xisob-kitoblar zavod bilan sklad markirovka bo‘yicha og‘irlik ko‘rsatkichi asosida olib boriladi. Suyuq xom ashyo №1 va №4 sexdan quvurlar orqali sex idishlariga keltiriladi.
Sexlar orasidagi xisob kitob №1 sexdan tenzometrik torozida tortiladi. №4 sexidagi kolibrlangan jadval bo‘yicha xisob-kitob olib boriladi, va qayta xisoblangan og‘irllikga solishtiriladi.
Suyuq xom-ashyoni tayyorlash tezkor qorishma dissolverda frezali aralashtirgichda 500-1500 ayl/min da olib boriladi. Dissolver xajmi -1.25.
Toza to‘g‘irlangan dissolver taroz orqali bakdagi saqlanadigan lok va erutivchan NSH-50 nasos orqali og‘irlik taroziga keltiriladi, va og‘irlik tarozidan NSH-50 nasos orqali dissolverga boradi.
Flotoreagent ortilgan bak bunker taroz orqali shesternali nasosdan markasi NSH-50 og‘irlik tarozidan esa dissolverga shesternali nasos bo‘yicha yuboriladi. Sikkativ saqlovchi bakdan shesternali nasos orqali tortilib dissolverga yuboriladi. Barcha suyuq komponentlar solib bo‘lingandan keyin dissolver aralashtiruvchi (meshalka) ishga tushadi, va retsepturaga nisbatan doimo oz-oz miqdorda pigmentlar va to‘ldiruvchilar qo‘shib turiladi. Xamma komponentlar solib bo‘lingandan keyin dissolverdagi massa bir xil oquvchan xolatdagi massa xosil bo‘lgancha 20-30 min davomida aralashtiriladi. Tayyor maxsulot dissolverdan yirik filtrlar orkali shesternyali nasosidan orkali biser tegirmoniga yuboriladi.
Pigment suspenziyasining dispergirlanishi biserli tegirmon o‘rnatilgan staninadan, elektrodvigatelli valdan va ta’minlovchi nasosdan tashkil topgan. Konteyner ichida uzatmali valga mufta bilan qotirilgan flanetsli disk ishchi valga 1,8-3,0 mm bo‘lgan shishali biserlardan tashkil topgan, tayyor aralashma oraliq aralashtirgichdan dozalovchi nasos orqali dispergirlashga beriladi, bu jarayon ikki marotaba biserli tegirmonda amalga oshiriladi. Mayinligi talab qilingan suspenziya biserli tegirmonda filtr setka orkali qabul qiluvchi bachok ga suyuqlik o‘z- o‘zidan oqib quyiladi. Qabul qiluvchi bakda tayyor suspenziya dozalovchi nasos orqali ikkinchi biserli tegirmonga boradi. Tayyor suspenziya qabul qilingan bak dan nasos orqali tarozli o‘lchagichga va yig‘uvchi aralashtirgichga boradi. Dispergirlanish effekti valning o‘zgartirilmagan aylanish chastotasi va dispergirlanish zonasida pastaning doimiy qovushqoqligiga, pastani berish tezligiga, pastaning temperaturasiga pigment bilan kushilishiga, pastada yuk va erituvchiga bog‘lik, shuning uchun nish jarayonida quyidagilarga rioya qilish zarur.
Xar ikki soatda «klin» asbobida pastani dispergirlanishi va uning moyilligini 40 ed bo‘lish nazorat qilindi.
Pastadagi temperatura intervalini 40-500S da ushlab turish kerak. CHunki temperaturani tushib ketishi dispergirlanishli yomonlashishga va temperaturani oshib ketishi esa erituvchini uchib ketishiga olib keladi. Temperaturani boshqarish konteyner ichidagi sovuq suv orqali amalga oshirilib turiladi.
Yuqorida olingan retsepturaga muvofiq gruntovkani quyish va «Tip» ga quyish orqali aralashtirgichda amalga oshiriladi.
Saqlovchi bakdagi lakning miqdori tarozini o‘lchagichdan nasos orqali oraliq aralashtirgichga beriladi. Solish bilan bir vaqtda aralashtirgich ishga tushiriladi. Xom-ashyoni solib bo‘lish to‘xtatilgandan so‘ng aralashtirgichda 1 soat aralashtiriladi. Undan so‘ng quyidagi ko‘rsatkichlari tekshirib turiladi: rangi, qurish tezligi,va ruxsat etilgan qovushqoqligi.
Taxlil natijasi bog‘lik ravishda gruntovkani qurishi sekin bo‘lganligi uchun retseptura chegarasidan chiqmagan xolda sikkativ qo‘shiladi. Gruntovka bilan qo‘shilgan komponentlar etarli darajada aralashni ta’minlarsh uchun 30 min. dan kam bo‘lmagan vaqtda namuna olinadi. Keyingi namuna xuddi shu ko‘rsatgich bilan tekshiriladi va barcha na’zorat qiluvchi parametrlar bilan qoniqarli ko‘rsatkich olinishida davom ettiriladi.
Undan so‘ng aralashtirgich to‘xtatiladi va gruntovka 16 soatdan kam bo‘lmagan vaqtda ushlab turiladi. 16 soatdan ko‘p vaqt qolib ketsa, aralashtirgich 1 soatga yoqiladi va qovushqoqlik me’yor chegarasida bo‘lsa, unda gruntovkani qadoqlashga yuboriladi. Bu jarayon № 3 sexda amalga oshiriladi.
Gruntovkani aralashtirgichdan quyish uchun siferblat tarozisining (markasi RP250S) oldida joylashgan quyuvchi bachokka nasos orkali beriladi. Bunkerli taroz oldiga qo‘l mehnati orqali quticha o‘rnatiladi, apparat ustiga qutichani va unga berilgan topshiriq bo‘yicha quyilgan gruntovkaning og‘irligini siferblat tarozi strelkasi orqali bilinadi. Gruntovkani qutichaga quyish varonka orqali amalga oshiriladi. Berilgan topshiriq bo‘yicha taroz sterlkasi normaga etganda apparatning kroni o‘chiriladi va qopqog‘ini yopib uni rolchang orqali sexning tayyor mahsulot omboriga yuboriladi. U erda ishchi gruntovkani joylaydi, marikrovshik esa banka etiketkasini va gruntovkaning turiga qarab joylaydi. Gruntovka nomini, ishlab chiqarilgan kunini nomer bo‘yicha yopishtirib chiqadi. Quyib bo‘lingan gruntovkaning xar bir partiyasi OTK laboratoriyasida NTD ga mos kelishi tekshiriladi. Tekshirilgan maxsulot sertifikat yozilib omborga yuboriladi.


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish