Toshkent kimo texnologiya instituti noorganik moddalar kimoviy texnologiyasi fakulteti prof. T. R. Abdurashidov nomidagi


ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYON TASNIFI



Download 0,77 Mb.
bet3/9
Sana15.06.2022
Hajmi0,77 Mb.
#673644
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Lok ishlab chiqarish texnologiyasida qo’llaniladigan besir tegirmon konstruksiyasi

ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYON TASNIFI
Dissolverdagi pigment zarrachalarining dispergirlanish darajasi ba’zi pigmentlangan LBM lar – o’lchamalri 50-60 mkm bo’lgan pigment zarrachalari talab etiladigan yo’lni belgilash, fasadlarni bo’yashda ishlatiladigan gruntovkalar, emallar uchun yetarlidir. Konveyer va avtota’mirlash, qurilish va dekorativ emallar, maxsus maqsadlarda ishlatiladigan ko’p materiallar uchun disperslik darajasi ancha yuqori bo’lgan pigment pastalarini ishlatish zarur. Bunday hollarda dispergirlash uchun dissolver va bisser tegirmondan iborat ikki bosqichli kaskad qo’llaniladi. Bitta dissolversiz tegirmondan foydalanish mumkin emas, chunki bisser tegirmonga namlangan va qisman dezagrigerlangan pigment beriladi. Dissolver pigment aglomeratlarini to’liq maydalash maqsadida – zarrachalarning o’rtacha ekvivalent diametrlarini qisqartirish uchun ham, qisqa diapazonda taqsimlangan o’lchamlarni olish uchun ham ishlatiladi.
Dispergirlashda zarrachalar aglomeratlarining parchalanishidan katta miqdorda issiqlik ajraladi, bisser tegirmonning ishchi organini, xususan – maydalanayotgan maxsulot bilan birgan idishni ham majburiy ravishda sovutish talab etiladi. Dissolver turi pigment zarrachalarini maydalash xususiyatiga aloqador omillar bilan, ya’ni – apparatning konstruktiv xususiyatlari, energiyaning dissipatsiya zichligiga ta’sir qiluvchi o’rnatilgan quvvati, ish unumining maydalangan mahsulotni va maydalayotgan jinslarni ajratishini xarakterlovchi omillari va dissolverning sovutish tizimining imkoniyatlari bilan aniqlanadi.
Dissolver moddalarni suyuqliklarda usluksiz aralashtirish va dispergirlash uchun mo’ljallangan. Barcha nasos bilan so’riladigan suspensiyalarni qayta ishlashga imkon beradi.
Dissolver – ultradispers mahsulotlarni suyuq muhitda material suspenziyasini yuqori tezlikda aralashtirib va dispergirlab olishda qo’llaniladigan jixozlarning bir turidir.
Dissolverlar sanoatning lok-bo’yoq, keramika, oziq-ovqat, kimyo, tog’- kon va boshqa sohalarida keng miqyosdagi materiallarni aralashtirish uchun ishlatiladi.
L ok - bo’yoq materiallar, qoplama ishlab chiqarishda dispergirlash
jarayoni texnologik sxemasi

Hozirgi vaqtda qator lok-bo’yoq korxonalaridagi pigmentlarni dispergirlash uchastkalarida, poligrafiya va sanoatning boshqa tarmoqlarida dissolverlar ko’p uchraydi. Bunday dissolverlar ichida diskli vall aylanadigan almashtiriladigan “stakan”li silindrsimon maydalash kamerasidan tashkil topgan bo’ladi.


Dissolverning ishchi kamerasi quyidagilardan iborat: pigment pastasi va disperslanadigan jinslar, sovutish tizimi, suv bilan sovutish moslamasi, diskli rotor, tirqishli separator.
Aglomerat saqlovchi pigment suspenziyasi dissolverning ishchi kamerasidan o’tadi, bunda oldindan suyuq modda bilan namlangan aglomeratlar kamera va aralashtirgich orasidan siqilib o’tadi va disperslanadi. Disperslangan mahsulot filtrlovchi tizim (tirqishsimon yoki to’rsimon ajratuvchi qurilma) orqali kameradan chiqadi, u yerda qattiq, erimagan moddalardan ajratiladi.
Dissolverda boshqa uskunalardan farqli ravishda dispergirlash jarayoni ishchi kameraning butun hajmida olib boriladi. Aralashayotgan ishchi jinslar oralig’ida kesuvchi destruktiv kuch zonalari hosil bo’ladi. Shu sababli energiya dissipatsiyasi zichligining qiymati boshqa uskunalarga qaraganda ancha yuqori bo’ladi va bir necha yuz, ba’zan esa bir necha ming Vt/kg ga yetadi.
Dissolverlarni statsionar texnologik sxemalarda bir pigmentning past va o’rtacha qovushqoqligidagi pastalarini dispergirlash uchun yoki dej texnologiyasi bo’yicha umumiy rang guruhlarining (masalan, ko’k-yashil, qizg’ish-malla va h.k.) turli pigmentlarini davriy ravishda dispergirlash uchun qo’llash maqsadga muvofiq. U rangdan bu rangga tez-tez o’tish maqsadga muvofiq emas, chunki bunda jihozlar ishlamasdan turib qoladi va ularni yuvish uchun ko’p miqdordagi erituvchi sarflanadi.
Dispergirlash kamerasi uskuna korpusda o’rnatilgan bo’lib, staninasiga mahkamlanadi va rotorning vali yurituvchi vall bilan elastic uzatma orqali bog’langan. Pigment suspensiyasi uzluksiz ravishda vertikal “stakan” korpusining pastki qismiga nasos bilan uzatiladi, uning 60-70% hajmi aralashma bilan to’lgan bo’ladi. Nasosning ish unumini o’zgartirib pigment pastasi qancha vaqt dissolverlarning ishchi kamerasida bo’lishini va disperslanish darajasini boshqarish mumkin. Korpusning yuqorigi qismida aralashma to’rsimon separator yordamida ajratiladi. Korpus sovutish yengi bilan ta’minlangan, uning yordamida pigment pastasining temperaturasi ushlab turiladi. Dissolver sovutish yengiga yuboriladigan suv oqimi bilan sovutiladi. Dissolverlarning asosiy afzalliklari: konstruksiyasining nisbatan oddiyligi, xizmat ko’rsatishning oddiyligi, nisbatan kichik ishlab chiqarish maydonini egallash.
Asosiy kamchiliklari: qiyin dispergirlanadigan pigmentli pastalarni dezagregirlashdagi ish unumining pastligi, to’rsimon separatordan foydalanilganda ish hududlarining kuchli gazlanganligi, davriy ish rejimda ishlaganda separatorning to’rini qurib qolgan pigment pastasidan yuvish zarurligi, qarama-qarshi yo’nalgan samaraliroq sovutish rejimidan foydalanib bo’lmasligi.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish