Toshkent kimo texnologiya instituti noorganik moddalar kimoviy texnologiyasi fakulteti prof. T. R. Abdurashidov nomidagi



Download 0,77 Mb.
bet2/9
Sana15.06.2022
Hajmi0,77 Mb.
#673644
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Lok ishlab chiqarish texnologiyasida qo’llaniladigan besir tegirmon konstruksiyasi

5.Chizmalar tarqibi va soni: 1. Asosiy dastgox
2.Asosiy dastgox qirqimi
6.Kurs loyixa raxbaridos: Tillaev Abdulxafiz_________(imzo)
7.Topshiriqni qabul qildim: 2022 y.
8.Kurs loyixa bajaruvchi: Sharipov Negmurod _________(imzo)
TOSHKENT–2022
M U N D A R I J A

  1. Kirish…………………………………………………..........3

  2. Asosiy texnologik jarayon tasnifi………..............................8

  3. Asosiy dastgohning ishlash prinspi………..............….........12

  4. Dastgohning asosiy parametr va rejimlari ………...............17

  5. Issiqlik balansi………….....…………………………..........23

  6. Mexanik hisob-kitoblar……….....…………………............26

  7. Texnika xavfsizligi....………………………………............29

  8. Foydalanilgan adabiyotlar …………………………...........36


KIRISH
Insoniyat ming yillar mobaynida loklar va bo’yoqlardan foydalanib keladi. Ularning iste’mol sifati esa, ma’lumki qoplamalarda ko’rinadi. Hozirgi paytda lok-bo’yoq qoplamalari – obyektlar, predmetlar va turli buyumlarni himoyalash va pardozlashning asosiy vositasidir. Mashinasozlikda buyumlarni korroziyadan himoyalashda lok-bo’yoq qoplamalarining hissasi 80%, bino va qurilish konstruksiyalari yuzasining 90% dan ziyodrog’i bo’yaladi. Shuningdek, mebel buyumlari. Poligrafiya sanoati, plastmassalardan ko’pgina buyumlar olish jarayonlari ham qoplama surtish bilan yakunlanadi.
Bizga ma’lumki xozirgi sanoatning turli soxalarida, xalq xo‘jaligida va boshqa tarmoqlarda lok - bo’yoq materiallar keng qo‘llanilmoqda.
Elektroizolyatsiya, germetizatsiya, nurlanishlardan himoyalash, radio-elektrotexnika va elektronika sanoatida dekorativ pardozlovchi, kosmik kema va uchuvchi apparatlar ishlab chiqarishda lok-bo’yoq qoplamalarining asosiy vosita sifatidagi ahamiyati katta.
Lok-bo’yoq qoplamalari uchta asosiy funksiyalarni bajaradi: dekorativ, himoya va maxsus. Fan va sanoat rivojlanishi natijasida ikkinchi va uchinchi funksiyaning solishtirma ahamiyati ortib bormoqda. Metallar ishlab chiqarish va iste’mol qilish hajmi o’sishi qoplamalarning materiallarni parchalanishidan himoya vositasi rolini yaqqol ko’rsatadi. Turli mamlakatlarda korroziyadan ko’riladigan zararlar daromadning sezilarni qismini tashkil qiladi, ular odatda ishlab chiqarish va ekspluatatsiyada joylashgan metal salmog’iga bog’liq. Korroziyaga qarshi kurash faqatgina lok-bo’yoq materiallar iste’moli ulushini oshirish emas, balki birinchi navbatda, qoplamalarning sifati himoya xossalarini keskin oshirish nazarda tutadi. Sanoatning iste’mol tarmoqlari rivojlanishi bilan lok-bo’yoq qoplamalariga talab ham oshmoqda. Hozirgi paytda bir necha o’n yillar ilgari bo’lganidek, universal qoplamalar bo’lishi muhim emas. Ko’proq, muayyan sohada ishlatishga mo’ljallangan – maqsadli qoplamalrning roli oshmoqda: kimyoviy haroratga, sovuqqa va radiatsion chidamli, antifiksion, antiadgezion, dempfir, fotoaktiv va optik tiniq, kamuflyaj va kriofob va b. Bunday qoplamalar kavitatsiya, muzlash yuza kirlanishidan saqlash, dengiz sharoitida suv o’tlari o’sishidan, mikroorganizmlar ta’sirida parchalanishni oldini olish uchun kurashishga, shuningdek, tovush izolyatsiyasi, yorug’lik nuridan asrash va yorug’lik manbai yaratish, harorat o’lchash, materiallarning fiziologik va optik faolligini boshqarish, bir qator sanitar-gigiyenik muammolar yechimi uchun kerak.
Material ishlab chiqarish hajmining o’sishi lok-bo’yq qoplamalaridan foydalanish ko’lamida ham aks etadi. Hozirgi paytda dunyoda lok-bo’yoq materiallari ishlab chiqarish hajmi 27mln tonnadan ortiqni tashkil qiladi. O’zbekistonda yiliga 120 ming tonna lok-bo’yoq materiallari iste’moli miqdorida, har yili 1200 mln m2 gacha turli xil yuzalar bo’yaladi. Bo’yash ishlarida ko’p miqdorda organik erituvchilar asosida lok-bo’yoq materiallaridan haligacha foydalanish ekologiya va atrof-muhit muhofazasi masalalariga teran e’tiborni talab qiladi.
Lok – bo’yoq qoplamalari texnologiyasining o’ziga xosligi shundaki, u turli mo’ljaldagi, shakl va o’lchamdagi buyumlar, yupqa (1mkm gacha) bo’lgan elektronika buyumlaridan boshlab turli xil metallardan (qora, rangli, nodir), yog’och, qog’oz, gazlama, plastmassa, silikatlar va ularning ko’pgina qorishmalaridan ishlangan gigant tankerlar va kata qurilish inshootlarigacha daxldor. Lok-bo’yoq materiallarining eng katta iste’molchilari – qurilish sanoati va mashinasozlik. Lok-bo’yoq materiallarining keng ko’lamda qo’llanilishi u ko’pgina afzalliklarga ega: rang-baranglik, yuza xossalari va fakturasining turli-tumanligi. Bo’yashning qulayligi va restavratsiya, boshqa yuzalar bilan, birinchi navbatda, keng maqsadda ishlatishga mo’ljallangan, narxi qimman bo’lmagan noorganik qoplamalar bilan birgalikda ishlatish imkoniyati. Lok-bo’yoq qoplamalari boshqa qoplamalardan ko’ra ancha ilgari insoyniyat hayotida amaliy foydalanishga kirib kelgan va hozirda asosiy ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda polimer materiallari sanoat turli xil sohalarda, xalq xo’jaligida juda keng qo’llanilmoqda lok-bo’yoq materiallariga emallar ham kirib ulardan turli xil maqsadlarda foydalaniladi. Emallar turli xil loklar asosida turli xil pigmentlar sikkativlar, erituvchi va titan oksidining suspenziyasidir. Emallarni atmosfera havosi bilan ta’sirlashadigan metal, yog’ochli va boshqa sirtlarni, shuningdek, bino ichini bo’yashga ishlatish mumkin. Masalan, PF-133 GOST bo’yicha tayyorlangan sirtga 2 qavat surtilgan emal normal haroratda va sovuq klimatda himoya xossasi AЗ1 balldan yuqori bo’lmaganda 4 yilgacha va dekorativ xossasi AD2 balldan yuqori bo’lmaganda 1 yilgacha saqlanadi. Emal plyonkasi -500C dan + 600C harorat oralig’ida barqarordir.
Lok-bo’yoq materiallar (LBM) qoplama hosil qilish xususiyatiga ega bo’lib ulardan turli xil materallarning ustini qoplash uchun ishlatiladi. LBM komponentlari sifatida korxonalarga keltiriladigan dastlabki tayyor xom-ashyolar va korxonalarning o’zida bevosita ishlab chiqariladigan yarim tayyor mahsulotlar polikondensatsion smolalar eritmalari va ular asosidagi loklar, pigmentlar va mezonlashtirilgan to’ldiruvchilar, alif, polivinilatsetat ba’zi erituvchilar va yarimtayyor mahsulotlar, shuningdek, ko’p tolali monomerlar formalin, ftalat kislotasi angidridi, pentaeritrit va boshqalar kiradi. Emallar suspenziyadan iborat. Agar sistema suspenziyadan iborat bo’lsa bu sistema tindirilgan bo’lsa og’ir modda idish tubiga cho’kadi.
Dispersion muhit ichida dispers fazaning cho’kishi sedimentatsiya deyiladi. Sedimentatsiya hodisasini hamma suspenziyalarda ham kuzatish mumkin, lekin suspenziyalarning sedimentatsiya tezligi har xil bo’ladi. Suspenziyalarning cho’kish tezligi dispersion muhitning zichligiga, qovushqoqligiga va dispers faza zarrachalarning zichligiga hamda ularning radiusiga bog’liqdir.
Agar t- vaqt ichida zarrachaning bosgan yo’li H bo’lsa sedimentatsiya tezligi:
V = H / t
bo’ladi.
Sedimentatsiya tezligi bilan muhitning qovushqoqligi va zichligi orasidagi bog’lanish quyidagi formula bilan ifodalanadi:

Bu yerda: r – zarracha radiusi
η – dispersion muhitning qovushqoqligi
D – zarrachaning zichligi
α – dispersion muhit zichligi
g – og’irlik kuchi tezlanishi
Sedimentatsiya tezligining dispersion muhit qovushqoqligiga teskari proporsionalligi formuladan ko’rinib turibdiki bir xil dispersion muhitda bo’lgan turli moddalar suspenziyalarining sedimentatsiya tezligi o’sha dispers fazaning radiusi kvadratiga dispers faza va dispersion muhit moddalarning zichliklari undan keyin esa mayda zarrachalar cho’kadi.
Albatta D>α bo’lgan hollardagina cho’kish kuzatiladi.
Agar D<α bo’lsa aksincha dispers faza suyuqlik sirtiga qalqib chiqadi.
Emal olish jarayonida emulsiya barqarorligini oshirish maqsadida sirt aktiv moddalar qo’shiladi. Sirt aktiv moddaning gidrofil balansi soni modda tarkibidagi qutbli gruppaning gidrofil xossalari bilan uglevodorod radikallarining liofil xossalari orasidagi nisbatini xarakterlaydi.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish