Тошкент кимё-технология институти «озиқ-овқат маҳсулотлари технологияси» факультети



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/36
Sana06.01.2022
Hajmi1,01 Mb.
#320817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
gosht va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologik liniyasini tashkil qilish

 

 

 


 

Kirish 

Go‘sht va sut tayyorlash hamda ularni qayta ishlab tayyorlangan 

mahsulotlar kishilarning kundalik hayotida juda katta ahamiyatga ega. 

Odamlarning ratsional ovqatlanishida ularning o‘rnini bosadigan mahsulotlar 

yo‘q. Binobarin, go‘sht, sut va ulardan tayyorlangan mahsulotlarga bo‘lgan talab 

va ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. 

Respublikamizda ko‘plab fermerlik va shaxsiy xo‘jaliklarning vujudga 

kelishi tufayli so‘nggi yillarda xalqimizni go‘sht, sut va ulardan tayyorlangan 

mahsulotlar bilan ta’minlash borasida birmuncha ijobiy natijalarga erishildi. 

Mamlakatimiz oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri go‘sht va 

sutchilik hisoblanadi. Bu borada chorvador va texnologlarning tutgan o‘rni 

salmoqlidir. 

Go‘sht va go‘sht mahsulotlari tarkibida to‘la qimmatli oqsillar ko‘p 

bo‘lganligidan inson organizmi uchun u nihoyatda  muhim va zarurdir. Inson 

organizmini energetik va plastik moddalar bilan ta’minlashda birorta oziq 

mahsuloti go‘shtning o‘rnini bosmaydi. Go‘sht oqsillari o‘simlik oqsillaridan bir 

necha baravar yuksak bo‘lganligi uchun ham u muhim energiya manbai 

hisoblanadi. Binobarin, uning insonlar oziq ratsionida tutgan o‘rni yuksakdir. 

Ma’lumki, go‘shtning tarkibida  muhim    elementlar    tayyor holda   

bo‘ladi. Binobarin, ular inson organizmida moddalar almashinuvi jarayonida 

ishtirok etadi. 

Ma’lumotlarga qaraganda  go‘sht miyaning o‘sishi va rivojlanishida 

muhim ahamiyatga ega. Umuman har bir insonning sog‘lom, bardam va 

baquvvat bo‘lishida hayvon mahsulotidagi oqsil, yog‘, uglevod, mineral tuzlar 

va vitaminlar juda katta ahamiyatga ega. 

 

Go’sht mahsuloti bo’lgan kolbasa  aholi orasida katta talabga ega bo’lib 



kelmoqda. Hozirda barcha oziq-ovqat do’konlari va supermarketlarda turlab 

kolbasa mahsulotlarini ko’rkam qadoqlarda uchratish mumkin. Har bir savdo 

shahobchasida turli ishlab chiqaruvchilar nomi ostida sosiska, kolbasa, 



 

dudlangan go’shtlar keng assortimentda taqdim etilmoqda.Shunday xilma-



xillikni ko’rgan haridor uchun ulardan birini tanlash mushkul vazifa bo’lmoqda. 

 

Kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqarish oziq-ovqat sanoatida yuqori 



o’rinlardan birini egallaydi. Chunki gastronomik mahsulotlarni tayyorlash 

texnologiyasi yetarlicha murakkab bo’lib, mahsus qurilmalar va hodimlarni 

yuqori darajada tayyorgarligini talab etadi. 

 

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab oziq-ovqat xavfsizligi 



masalalari O‘zbekiston  ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan 

biriga aylandi.Natijada aholi jon boshiga asosiy turadagi oziq-ovqat mahsulotlari 

–  g‘alla, go‘sht, sut, tuxum va meva-sabzavot mahsulotlari etishtirish va 

ularning qayta ishlangan hajmlari keskin ko‘paydi, va, buning natijasida, oziq-

ovqat mahsulotlarining barcha asosiy turlarini mamlakatning o‘zida ishlab 

chiqarish amalda to‘liq ta’minlanib, yurtimizda oziq-ovqat mustaqilligiga va 

xavfsizligiga erishildi.  

 

Bu, O‘zbekistonning mustaqillik davrida qo‘lga kiritilgan eng katta 



yutuqlaridan biri bo‘ldi. Chunki, oziq-ovqat mustaqilligiga va xavfsizligiga 

erishmay turib, siyosiy sohada tom ma’nodagi mustaqillikka erishib bo‘lmaydi. 

 

«O‘zgo‘shtsutsanoat» davlat uyushmasi «Toshkentgo‘sht» va 



«Toshkentsut»  aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy va ishlab chiqarish 

faoliyatini yanada barqarorlashtirish, ularning samaradorligini oshirish, 

tarmoqqa xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda raqobatbardoshli va 

yuqori sifatli go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma 

korxonalar tashkil etish asosida «Toshkent shahri aholisini go‘sht va sut 

mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi vazirlar 

Mahkamasi 1999 yil 2 iyul, 323-son qaror qiladi. 

 

Unga ko‘ra tayyor go‘sht-sut mahsulotlari narxlarini pasaytirish 



maqsadida «O‘zgo‘shtsutsanoat» davlat uyushmasining go‘sht-sut mahsulotlari 

kombinatlariga import qilinadigan quruq sut, go‘sht qiymasi, kolbasa va sosiska 

qobiqlari, ziravorlar va go‘sht-sut mahsulotlari ishlab chiqarish uchun 

foydalaniladigan boshqa yordamchi materiallarni sotayotgan ulgurji savdo 




 

korxonalariga yuqoridagi tovarlarni respublika hududiga olib kirishda ular 



tomonidan to‘langan qo‘shimcha qiymat solig‘ini ishlab chiqariladigan oziq-

ovqat mahsulotlari uchun qo‘shimcha qiymat solig‘ini hisoblab chiqarishda 

ko‘rsatib o‘tilgan summalarni hisobga olish uchun 1999 yil 1 iyuldan boshlab 

schyot-fakturalarda alohida satrda ajratib ko‘rsatishga ruxsat berilsin. 

 

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, 



viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi 

vazirligi Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasiga, «Toshkentgo‘sht» va 

«Toshkentsut» aksiyadorlik jamiyatlariga hamda «O‘zgo‘shtsutsanoat» davlat 

uyushmasining Toshkent viloyatidagi bo‘rdoqichilik xo‘jaliklariga qoramol, 

go‘sht va sut etkazib berish va ularni qayta ishlash uchun, shuningdek mazkur 

mahsulotlarni Toshkent shahri aholisiga va boshqa iste’molchilariga sotish 

yuzasidan shartnomalar tuzish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatsinlar. 

 

Prezident Islom Karimovning 2011 yil 30 martdagi 



 

“O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasi tuzilmasini isloh qilish va faoliyat 

samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qarori tizimdagi korxona va tashkilotlar 

faoliyatini yanada faol tashkil etib, ichki iste’mol bozorlarimizni  fermer, 

dehqon va tadbirkorlarimiz tomonidan yetishtirilayotgan mahsulotlar bilan 

to‘ldirish, ular savdosini uyushqoqlik bilan tashkil etish va eksport hajmini 

oshirishda muhim omil bo‘lgani ta’kidlandi. 

 

Shuningdek, oziq-ovqat zaxiralarini ko‘paytirish maqsadida o‘nlab 



chorvachilik xo‘jaliklari tashkil etilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur 

xo‘jaliklarda qoramol va qo‘ylar hamda tovuqlar ko‘paytirilmoqda. Bu esa 

aholini go‘sht,  sut va tuxum mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish bilan 

birga oziq-ovqat mahsulotlari narxini arzonlashtirishga yordam beradi. 

 

Sohadagi islohotlarni amalga oshirishni yanada jadallashtirish maqsadida 



2011 yil 31 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2012-2015 

yillarda  respublika oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishni va boshqaruvni 

tashkillashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori 

qabul qilindi. Unga ko‘ra, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholi iste’moli 




 

uchun uzluksiz va etarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berish 



maqsadida 2012-2015 yillarda jami 312 ta meva-sabzavot, go‘sht va sut 

mahsulotlarini  qayta ishlash korxonalarida investitsiya loyihalarini amalga 

oshirish belgilab qo‘yilgan. Shu jumladan, 169 ta yangi korxona qurish va 143 ta 

mavjud korxonani rekonstruksiya va modernizatsiya qilish rejalashtirildi. 

Ularning ijrosi ta’minlanishi natijasida mamlakatimizda 63,1 ming tonna meva-

sabzavot, 16,5 ming tonna go‘sht mahsulotlari, 45,7 ming tonna sut 

mahsulotlarini qayta ishlash quvvatlari tashkil qilinadi. 

 


Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish