Тошкент кимё – технология институти



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/65
Sana04.03.2022
Hajmi2,79 Mb.
#481961
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65
Bog'liq
plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasi

 
Ximiyaviy payvandlash 
Ximiyaviy payvandlash - ulanadigan yuzalarning makromolekulalararo ximiyaviy 
bog'lanishni tashkil etish natijasida amalga oshiriladi. Bu usul termoplast va reaktoplastlardan 
tayyorlangan detallarni payvandlashda qo‘llaniladi.


91 
Termoplastlarni bu usul bilan payvandlashda qo‘shimcha materiallar yoki ularsiz ham bajarish 
mumkin. Payvandlash jarayoni chok hosil bo‘ladigan xududga (zonaga) issiqlik berish orqali 
tezlashtiriladi.
Orientirlangan PETF plyonkalar quyidagicha payvandlanadi: payvandlanadigan yuzaga 
atseton yoki benzindagi dikarbon kislotasi angidridi izomerining aralashmasi surtiladi, so‘ng plyonka 
taxlanib bosim ostida 180-200
0
S da qizdiriladi va 1-3 sekund ushlab turiladi. Bu vaqtda 
payvandlanadigan yuzada ximiyaviy bog'lanish reaksiyasi ruy beradi. SHunga o‘xshash 
termoplastlarni ximiyaviy payvandlash ham misol bo‘ladi va bunga misollar ko‘p.
Reaktoplastlarning ximiyaviy payvandlanishi uning tarkibida detal payvandlangandan so‘ng 
qoladigan funksional (ximiyaviy) guruhlar miqdori bilan belgilanadi. Bu guruhlar yetarli bo‘lgan 
taqdirda detallar yuzasi murakkab ximiyaviy bog'lanishlar hosil qilib, detallar mustahkamligini 
ta’minlaydi. YUzani TVCH va boshqa usullar bilan 150-200
0
S gacha qizdiriladi; qizdirish vaqti 
minutgacha. Qo‘shimcha materiallarning bu yerda keragi yo‘q, chunki fenol-formaldegidning o‘zi 
bog'lovchidir Agar yuzalarda funksional guruhlar yetarli bo‘lmasa, qo‘shimcha materiallardan 
foydalaniladi. Bunda detallar yuzasiga shu tipdagi smola purkaladi va payvandlash yuqorida 
keltirilgan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu usul bilan qotirilgan poliefir, epoksid va boshqa 
polimerlar payvandlanadi.
 
Metall sirtiga plastmassa yuritish
Bu usuldan yupqa devorli mahsulot olish yoki qoplama tayyorlashda (suyuq yoki kukun 
holdagi polimer) foydalaniladi. Bunda asosan termo- yoki reaktoplastlar purkaladi. 
Purkash jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat: 
1. 
Detallar bazasini tayyorlash; 
2. 
YUzaga polimerni bir tekis purkash; 
3. 
Purkalgan yoki yuritilgan polimerning monolitligini ta’minlash; 
4. 
Qo‘shimcha termik ishlov berish; 
5. 
Konstruksiyani sovutish; 
Polimerni purkashning bir necha xil usullari bor: elektr maydonida purkash (bunda formaga 
musbat, purkaladigan kukunga manfiy zaryad beriladi). Bunda purkaladigan kukun zarrachasi detal 
yuzasiga bir tekis purkaladi va purkalgan polimerni 10 mikrondan 1 mm qalinlikgacha qoplash 
mumkin. 
Elektr maydonida purkash usuli boshqa usullarga nisbatan keng tarqalgan, chunki usulni maksimal 
avtomatlashtirish mumkin va kam harakat talab qilinadi. Kamchiligi qoplama yuzadan ajralishi 
mumkin. Bunga yuzani sifatsiz tayyorlash sabab bo‘ladi. Bu qoplamalar metallni korroziyadan yaxshi 
himoya qiladi.
Mavhum qaynagan kukun idishda 50-150
0
S lar atrofida qizdirilgan metall buyumga (ayniksa 
murakkab konstruksiyaga ega bo‘lgan) solinadi va uni polimer kukuni purkab oladi. Bu usulni 
qiymatini zaryad berib oshirsa ham bo‘ladi. Polimer kukunlarini gaz alangasida ham purkash orqali 
metall buyumlarni ekspluatatsion hossalarini yaxshilash mumkin.

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish