Elimlash
Plastmassalarni o‘zaro va boshqa materiallar bilan birlashtirib buyum olishda (ayniksa, texnik
buyumlar) yelimlash usuli keng tarqalgan, bunga sabab bu usulning oddiyligi va arzonligi.
Bu usulning afzalliklari quyidagilardan iborat:
1.
Elimlash orqali yupqa va qalin qatlamli mustahkam ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan har xil detallar
olinadi;
2.
Elimlash orqali birlashgan joylarda ichki kuchlanish bir tekisda taqsimlanishi tufayli turg'unligi
oshadi.
3.
Elimlangan yuza odatda silliq bo‘lib chiqadi.
93
Elimlashning kamchiliklari:
1. Ko‘pgina polimerlardan tayyorlangan yelimlar faqat issiqlik ta’sirida qotadi.
2. Polimer yelimlari ko‘p holatda toksik moddalarni o‘zida saqlaydi yoki qotish jarayonida bunga
o‘xshash moddalar ajralib chiqadi, bu o‘z navbatida protsessni murakkablashishiga olib keladi.
Elimlash jarayonini fiziko-kimyoviy nuqtai nazardan qaraganda bunga «adgeziya» va
«kogeziya» kuchlari katta rol o‘ynaydi. Eslatib o‘tilgan adgeziya bu yelim zarrachalari va
yelimlanayotgan yuza o‘rtasidagi bog'lanishdir, kogeziya esa yelim bo‘laklari orasidagi qovushishdir.
Kogeziya va adgeziya kuchlariga qarab yelimlangan buyumda uzilish yelim bo‘yicha ketishi mumkin
yoki yelim asos yuzasi bo‘yicha (keltirilgan rasmga karang). Agar uzilish yuza orqali ketsa unda
yelim shu shu yuza uchun yaxshi tanlanmaganlikdan dalolat beradi yoki yuza yaxshi tayyorlanmagan
bo‘ladi. yelim massasida uzilish - yelim qalinligi, haddan tashqari qalinligi yoki qotgandan so‘ng
uning mexanik mustahkamligi sabab bo‘lishi mumkin.
Elim orqali biriktirish (birikkan joyi bardoshligi) yelimni to‘g'ri tayyorlanganidan tashqari va
boshqa faktorlarga bog'liq: yuzani tayyorlash; yelim qalinligi; yelimlashda bosim berish; yelimlashni
davomati va harorat ostida ushlab turish va xakozalar.
Elim sifatida asosan quyidagi polimerlar ishlatiladi:
- Epoksid va kremniy organik birikmalar (birgalikda ishlatilsa yuqori adgeziya kuchiga ega va yuqori
haroratga chidamli yelim beradi).
- Fenol-formaldegid smolalar kauchuklar bilan birgalikda.
- Termoplast va termoreaktiv smolalar aralashmasi (masalan BF yelim kogeziya va adgeziya
kuchlari).
Suyuq yelimlardan tashqari qattiq va plyonka holatidagi yelimlovchi materiallar ham ko‘p
qo‘llaniladi.
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR
1.
Payvandlash
2.
CHanglatish
3.
Elimlash
4.
Diffuzion payvandlash
5.
Kimyoviy payvandlash
6.
Metall bilan choklash
7.
Adgeziya
8.
Kogeziya
94
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
1.
Plastmassalarni metall bilan qoplashdan asosiy maqsad nimadan iborat?
2.
Plastmassani metall bilan qoplashning afzalligi va kamchiligini aytib bering.
3.
Plastmassalarni payvandlash qaysi usullar bilan amalga oshiriladi?
4.
Elimlash usulini fizik-kimyoviy asosi nimadan iborat?
5.
Elimlarga qanday talablar qo‘yiladi va konkret plastmassa buyumni yelimlash uchun
qanday qilib yelim tanlab olinadi?
Asosiy adabiyot
1.
«Osnov
ы texnologii pererabotki plastmass» pod red. V.N.Kuleznyova i V.K.Guseva,
Moskva, «Ximiya», 1995 g. s.463-484
Qo‘shimcha adabiyot
2.
G.A.SHvetsov i dr. «Texnologiya pererabotki plastmass», Moskva, «Ximiya», 1988 g. s.
433-456
95
Do'stlaringiz bilan baham: |