2.1. Polimer kompozitsiyasini granula holatiga aylantirish Granulalash polimerni sochiluvchan donador maqsulotga aylantiriShdir.
GranullaShsochilgan holdagi zichlikning qiymatini oShirib beradi: material
granulalari deyarli bir xil o`lchamga ega (3-5 mm). Sochilgan holdagi hajmiy
oqirlikning ortiShi granuladan buyum oluvchi agregatning iShlab chiqarish
unumdorligini oShiradi.
GranulalaSh jarayoni quyidagilardan iborat: poroShok holatidagi polimer
yoki PKM tsilindrga solinadigan (tsilindr ichida aylanib turadigan Shnek mavjud
va taShqi tomondan kerakli bo`lgan haroratgacha isitiladi) va harorat ta`siri ostida
material oquvchan qolatga o`tib Shnek yordamida uni Shakllovchi kallak orqali
lenta yoki (prutok holatda) uzluksiz siqib chiharadi va sovutib kesib granulaga
aylantiriladi. Bunday agregatlar granulyator nomi bilan yuritiladi.