1. Plastmassalarning issiqlik-fizik xossalari
Issiqlikka chidamlilik deganda polimer materiallarning yuk ta`sirida
o`zining mexanik puxtaligini yo`qotadigan eng yuqori harorat tuShuniladi. Bunda
ularning strukturasida qech qanday kimyoviy o`zgariSh ro`y bermaydi.
Polimer materiallarning qanday harorat chegarasida iShlay olish qobiliyatini
aniqlaSh ularning issiqlik-fizik xossalari ichida muqim o`rin to`tadi. Polimer
materiallarning haroratga boqliq xossalari katta amaliy ahamiyatga ega bo`lgani
uchun ularni aniqlaSh yo`llari mukammal o`rganilgan va buning uchun zamonaviy
asboblar mavjud.
Polimer materiallarning issiqlikka chidamliligi, material turiga qarab,
har xil usullar bilan aniqlanadi. Masalan, Martens usuli bilan reaktoplastlarni
(qattiq va issiqlikka chidamliligi), eguvchi kuch orqali issiqlikka chidamliligi
aniqlanadi. Vika usuli bilan konstruktsion termoplastlarga botiruvchi kuch ta`sirida
bu ko`rsatkich aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |