“Din” so’zining lug’aviy ma’nosi - “Din” so’zi arabcha “dayana” fe’lidan olingan bo’lib,lug’aviy ma’nosi bo’ysunmoq,bo’yin egmoq,itoat etmoq,,qarz olmoq, qarzga bermoq, qarzdor bo’lmoq, e’tiqod qilmoq, qilgan ishiga yarasha mukofotlamoq… kabi ma’nolarni anglatadi.
- Din so’ziga turli din va millat vakillari tomonidan izoh, ma’nolarining berilishi, bu tushunchaning yaxshi tushunilishiga yaqindan yordam beradi.
- Qur’oni Karimda “din” so’zining o’zagi bilan bog’liq so’zlar yuzdan ortiq oyatda uchraydi. Shuning uchun birga Qur’oni Karimda “din” so’zi, ikki tomonlama ma’no kasb etadi. Ushbu ikki tomondan biri Allohga nisbatan, ya’ni, hokim bo’lish, itoati ostiga olish, hisob-kitob qilish, jazo va mukofotlash; ikkinchi tomondan bandaga nisbatan bo’yin sunish, itoat qilish, taslim bo’lish kabi ma’nolarni o’zida jamlaydi. O’z navbatida ikki tomon orasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun, nizom, yo’l esa din hisoblanadi>
Do'stlaringiz bilan baham: |