Tadqiqot ob’ekti. Tadqiqot
ob’ekti
sifatida
Yakkabog’ “Oq-oltin”
paxta
tozalash ochiq hissadorlik jamiyati tanlangan.
Tadqiqot predmeti. Qishloq
xo’jalik
korxonalarini modernizatsiyalash
bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar tadqiqotning predmetini tashkil etadi.
Tadiqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot jarayonida
umumlashtirilgan nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalar mamlakatimiz qishloq
xo’jalik korxonalarini modernizatsiyalash va tarmoqni rivojlantirishning
strategik kontseptsiyasini ishlab chiqishda, mutasaddi muassasalarning dasturiy
va tashkiliy faoliyatida keng qo’llanilishi hamda bitiruv malakaviy ishining
asosiy g’oyalari mazkur yo’nalishdagi muammolarni chuqur tadqiq etishga
bag’ishlangan kelajakdagi ilmiy tadqiqot ishlarida foydalanish mumkin.