toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini
mexanizatsiyalash muhandislari instituti
fakultet: Suv Xo’jaligini tashkil etish va boshqarish
guruh: 206
tayyorladi:Ibadullayev Dostonbek
mavzu: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi
TOSHKENT 2020
reja:
KIRISH
IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA KORXONANING IQTISODIY VA IJTIMOIY SAMARADORLIGI VA BARQARORLIGINI TA’MINLASHNING MEYORIY ASOSLARI
KORXONA FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI VA OMILLARI
XULOSA
KIRISH
Ishlab chiqarishning samaradorligi xar bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi . U xo’jalik yuritishning sifat va miqdor ko’rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mexnat xarajatlari xamda olingan natijalar o’rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi.
Afsuski , bozor sharoitlarida “samaradorlik” tushunchasi, garchi, daromad olish, xarajatlarni kamaytirish, mexnat samaradorligini o’sishi, fond qaytimi, rentabellik va xokazolar samaradorlik tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyotining talablariga zid kelmasa, baxo, foyda, daromad, xarajat kabi tushunchalarga qaraganda kam qo’llanmoqda. Samarali ishlash degani o’z moxiyatiga ko’ra, mo’ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo’qotishlarni kamaytirish, ishlab chiqarish quvvatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq foydalanish, mexnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan, maxsulotlarning sifatini yaxshilashni anglatadi.
“Samara” , “samaradorlik”, - “ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik” kabi tushunchalarning orasida farqni anglab olish zarur .
SAMARA – bu ishlab chiqarilayotgan maxsulot (ish, xizmat) foyda va daromad xajmini oshirish, maxsulot tannarxini kamaytirish, sifatsiz maxsulot ishlab chiqarishni to’xtatish yoki umman, yo’q qilish bilan bog’liq bo’lgan korxona faoliyatini ijobiy natijalaridir . Bu yutuqlar natural shaklda ishlab chiqarishni samarasini , pul shaklda esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi .
Samaradorlik avvalo korxona faoliyatining sifatjihatlarini tavsiflovchi tushunchalar . U samara toifasidan kelib chiqadi xamda unga qaraganda murakkab va kompleks tavsifga ega .
Samaradorlik chora sifatida ko’plab texnik , iqtisodiy, loyixa va xo’jalik qarorlarini avvaldan belgilab beradi . Korxona o’zining xo’jalik, ilmiy-texnik va innovatsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi .
IQTISODIY SAMARADORLIK samaradorlikka qaraganda bir muncha tor manoni anglatadi . U qabul qilayotgan qarorlarining xo’jalik yuritishda maqsadga muvofiqligini tavsiflaydi xamda barcha xollarda samaraning (ishlab chiqarish resurslariga) nisbati sifatida aniqlanadi . Xarajatlar qanchalik kam bo’lsa (maxsulopt sifatiga tasir qilmagan xolda) samara shunchalik ortadi .
IQTISODIY-IJTIMOIY SAMARADORLIK ishlab chiqarish samaradorligini mexnat sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish , aqliy va jismoniy mexnat o’rtasida farqni yo’qotishni inobatga olgan xolda tavsiflaydi . Ijtimoiy-iqtisodiy samartadorlik bir vaqtning o’zida , ishlab chiqarish samaradorligini kamaytirish , korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritish , shaxsning xar tomonlama rivojlanishi va uning barcha qobiliyatlaridan foydalanishning sabab va natijasi xisoblanadi . Bevosita ijtimoiy smara , xodimlarning bilim va malakasi, tajriba va madaniyatining o’sishi , axoli sog’ligining yaxshilanishi va umr ko’rishning uzayishida aks ettiriladi .
Ishlab chiqarish samaradorligi ijtimoiy samaradorlikka nisbatan birlamchi xisoblanadi , iqtisodiy yutuqlar korxonaning ijtimoiy muammolarini xal etishda yordamlashadi. Masalan , foydaning o’sishi , jamg’armalarning ortishi korxonaga ijtimoiy vazifalar doirasini kengaytirish va ularni xal qilish imkonini beradi .
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish korxona raxbariyatiningdoimiy vazifasidir . Bu vazifani yechish amaliyotda quyidagi omillar bilan bog’liq bo’ladi :
bozor talablariga javob beruvchi yuqori sifatli maxsulot ishlab chiqarishda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishning maksimal xajmini taminlovchi , optimal ishlab chiqarish jarayonini taminlash
istemolchilar talabini qondirishga yo’naltirilgan maxsulotni sotish va yuqori daromad olish .
aylanma vositalarni tejash imkoniyatlarini yaratuvchi optimal ishlab chiqarish zaxiralarini yaratish
Xo’jalik samaradorligini oshirish omillarining yuqorida sanab o’tilgan xar biri, faoliyat yuritishning turli shakl va ko’rinishlari yordamida , ishlab chiqarish samaradorligi asosida yotuvchi xarajatlar va resurslarning o’zaro aloqasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi
2. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA KORXONANING IQTISODIY VA IJTIMOIY SAMARADORLIGI VA BARQARORLIGINI TA’MINLASHNING MEYORIY ASOSLARI
Prezidentimizning “Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yollari va choralari” nomli asrarida mazkur dasturda belgilangan quyidagi kompleks chora-tadbirlar ko’rsatib o’tilgan edi:
Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jixozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy. moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish
Joriy konyunktura yo’qalib borayotgan xozirgi sharoitda eksportga maxsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo’lishini qo’llab quvvatlash bo’yicha yangi konkret chora tadbirlarni amalga oshirish va rag’batlantirish uchun qo’shimcha omillar yaratish
qatiy tejamkorlik tizimini joriy etish , ishlab chiqarish xarajatlari va maxsulotning tannarxini kamaytirishni rag’batlantirish xisobidan korxonalarning raqobatbardoshloiugini oshirish
elektoenergetika tizimini modernizatsiya qilish , energiya istemolini kamaytirish va energiya tejamining samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish
Jaxon bozorida talab pasayib talab pasayib borayotgan bir sharoitda , ichki bozorda talabni rag’batlantirsh orqali maxalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab quvvatlashdir .
3. KORXONA FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI VA OMILLARI
Ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish , xo’jalik yuritishning bozor tizimi hamda har qanday davrning muhim talabidir. samaradorlik istalgan korxonaning iqtisodiy barqarorligi va faoliyat yuritish qobiliyatini aks ettiradi . Xar qanday ishda, jumladan , korxonalar faoliyatida samaradorlikning , ijobiy natijalarning mavjud bo’lmasligini , brazli qilib aytganda , ovvoragarchilik , vaqt, kuch, va resurslarni yo’qotish bilan izohlash mumkin
ishlab chiqarish va mexnatni mexanizatsiyalashtirish
asosiy texnologik jarayonlarni robotlashtirish
progressiv, mexnat hamda resurslarni tejashga yo’naltirilgan texnologik jarayonlarni amaliyotga kiritish va ulardan keng foydalanish
xom ashyo va materiallar (mexnat predmetlari) zamonaviy turlarini yaratish va ulardan foydalanish
ishlab chiqarishni tashkil qilsh , rejalashtirish va boshqarish jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, xisoblash texnologiyasida keng foydalanish
ishlab chiqarish va mexnatni ilmiy tashkil qilish
amaliyotda fan texnika taraqqiyotining jumladan uning tarkibiy qisimlarining ahamiyati va rolini inkor qiluvchi yoki tushunmovchi korxonani topish amrimaxol Biroq ushbu omilni amalga oshirish uchun faqatgina xoxish va istaklarning o’zigina yetarli emas . Buning uchun birinchidan , fan texnika taraqqiyotining ayni paytda zarur bo’lgan resurslar izlab topish
, uchinchidan zamonaviy ilmiy texnikaviy ishlamalarga ixtisoslashgan ilmiybtadqiqot institutlari , konstruktorlik , texnalogik va boshqa ilmiy muassasalar bilan kerakli aloqalar “bog’lash” , to’rtinchidan , o’z ilmiy texnikaviy maqsadlarining samaraligini talab qiladi . Fan texnika taraqqiyotida so’ngi paytlargacha evolyutsion ravishda rivojlanib kelmoqda edi . Bunday chora tadbirlar malum bir cheklangan natijalarga olib kelardi .
Yangi texnikalarni ishlab chiqarish va amaliyotga kiritishdan manfatdorlik talab darajasida emasdi . Ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning xorijiy progressiv texnologiyalarini “eksplyutorlik belgisi” sifatida , ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash esa ishsizlikning asosin sifatida qabul qilinar edi . Xorij tajribalariga kapitalistik tajriba deb qaralardi hamda bu tajribalarning keng tarqalishiga yo’l qo’yilmas edi . Bozor munosabatlari shakillanayotgan xozirgi sharoitlarda , chuqur sifat o’zgarishlari , tamoyillari yangi texnologiyalar va so’ngi avlid texnikasiga o’tish , iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini fan va texnikaning eng yangi yutuqlari asosida qayta qurollanish zarur . Shu bilan bir qatorda olimlar , konstruktorlar muxandis va ishchilarning ilodiy ruxda mexnat qilishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy manfaatdorlikni yaratish muhim axamiyat kasb etadi . masalan , yaponiya korxona va firmalarida ijodiy guruhlar , sifat guruhlari tashkil etilgan , yani fan-texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog’liq bo’lmish universitetlar , ilmiy markaz va labaratoriyalar bilan aloqador rivojlantirilmoqda . Yaponiyaning bugungi kunda robotlar hamda zamonaviy texnika va texnologiyalarning boshqa turlari yaratishda birinchi o’rinlarda turishi ham bejiz emas . korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishning muhim omillaridan yana biri sifatida mavjud ishlab chiqarish salohiyati – asosiy va aylanma fondlar , ishchi kuchidan tejamkorlik asosida iloji boricha unumdorlik foydalanishni ko’rsatish mumkin . Bundan tashqari ularga buyumlashgan mexnat sarflanganligi , yani korxonalarning bugungi egalaridan tashqari avvalgi avlod vakillarining xam mexnati mavjudligi bilan izohlash mumkin .
Bozor sharoitlarida ishlab chiqarish saloxiyatidan unumli foydalanish zaruriyati xaqida qayta takidlashga extiyoj yo’q , birinchidan , bozor vakumni , xarakatsizlikni , xo’jasizlikni va yo’qotishlarini kechirmaydi, ikkinchidan , o’z imkoniyatlari va resurslaridan yetarlicha foydalanish korxona isteqboliga ega bo’lmaydi xamda bankrotga uchrashga asos yaratadi .Shu sababli barcha turdagi resurslardan samarali foydalanish va ayniqsa ishlab chiqarishning barcha bo’g’inlarida tejamkorlikka rioya qilish xar bir korxona faoliyatining muvaffaqiyat qozonishning garovi hisoblanadi . Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishda tashkiliy iqtisodiy omillar, jumladan boshqaruiv ham muhim ahamiyatga ega . ularning ahamiyati ishlab chiqarish miqyosining o’sishi va xo’jalik aloqalarning murakkablashtirish bilan ortib boradi . . Bu omillar qatoriga birinchi o’rinda , oqilona ishlab chiqarish shakllari yaratish va mavjudlarini takomillashtirish – konsentratsiya , ixtisoslashtirish , kooperatsiya va kombinatsiya qilishni kiritish mumkin .
Boshqaruvda esa, boshlang'ich rejalashtirish , iqtisodiy rag'batlantirishning usul va shakillari , yani korxona faoliyatining butun xo'jalik mexanizimini takomillashririshda ifodalanadi . Korxona raxbarining ish stili va usullari fan texnika tarqqiyoti va bozor iqtisodiyotiga mos kelishi zarur . Masalan, korxona direktori bilimi , tajribasi va professional malakasiga ko’ra , oddiy xodimlar va bo’linma (xizmat) raxbarlaridan yuqori turishi lozim . Aks xolda u jamoani kerakli tarzda boshqara olishi xamda muvaffaqiyatga erishish va imidjga ega bo’lishi qiyin. rejalashtirishda rejalarning balanslashtirilishi , ko’rsatkichlar tizimini optimal shakllantirish , rejalashtirilayotgan maqsadlar resurslar bilan taminlanishi muhim ahamiyatga ega . Bu esa o’z navbatida korxonadagi iqtisodiy faoliyatni kuchaytirishni , rejalashtirish va iqtisodiy hisob kitoblarni amalga oshirishdagi imkoniyatlarni yaxshi biluvchi , savodli va malakali iqtisodchilarni tanlashni talab qiladi . Korxona faoliyatining samarali bo’lishida ishlab chiqarishni investitsiyalashtirish , ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning turi va sifatini oshirish hamda jahon standartlari darajasiga yetkazish , korxonalarning ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash kabi omillari ham muhim o’rinni egallaydi . Bunga esa zamonaviy mashina va ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg’or usullaridan biri hisoblanadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |