9000 - Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobgoluvchi schyotlar;
9100 - Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)laming tannarxi hisobga ol vchi schyotlar;
9200 - Asosiy vositalar va boshqa aktivlaming chiqib ketisini hisobga oluvchi schyotlar;
9300 - Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga ouvchi schyotlar;
9400 - Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar;
9500 - Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar;
9600 - Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlami hisobga oluvchi schyotlar;
Maxsulot sotishdan olinadigan yalpi foyda ( zarar ) hisobi.
Mahsulot (ish xizmatlar)ni sotishdan olingan yalpi foyda
korxonada yaratilgan foydani ifodalaydi. Mahsulotni sotishdan olingan
yalpi foydani topish uchun mahsulotni sotishdan tushgan sof
tushumlardan shu sotilgan mahsulot tannarxini chegirib tashlash kerak,
oʻz navbatida, mahsulot sotishdan tushgan sof tushumni topish uchun
mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan keyin kelgan tushumdan
qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, qaytarilgan tovarlar qiymati,
xaridorga berilgan skidkalar (chegirmalar) ayirib tashlanadi.
Mahsulot (ish, xizmat)lami sotishdan olingan sof tushumni
hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
9010-“Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad”
9020-“Tovarlami sotishdan olingan daromad”
9030-“Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan
daromadlar”
9040-“Sotilgan tovarlarning qaytishi”
9050-“Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”
9010-“Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar”
Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa
daromadlarga quyidagilar kiradi:
- undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar,
penyalar, vaqtida to‘lanmagan qarzlar va xo‘jalik shartnomalari
shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek etkazilgan zararlarni undirish bo‘yicha daromadlar;
- hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi foyda;
- ishlab chiqarish va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan
bevosita bog‘liq bo4magan operatsiyalardan renta daromadi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi
xizmatlardan daromadlar sifatidagi kirim qilingan boshqa daromadlar;
Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar* quyidagi
hisobvaraqlarda aks ettiriladi:
9310-“Asosiy vositalaming chiqib ketishidan foyda”;
9320-“Boshqa aktivlaming chiqib ketishidan foyda”;
9330-“Undirilgan jarima, penya va ustamalar”;
9340-“O‘tgan yillar foydalari”;
9350-“Operativ ijaradan daromadlar”;
9360-“Kreditor va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan
daromadlar”;
9370-“Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari”;
9380-“Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam”;
9390-“Boshqa operatsion daromadlar”.
Ushbu hisobvaraqlar tranzit hisoblanadi. Yuqoridagi
hisobvaraqlaming kredit aylanmasi foyda (daromad)ning ko‘payishini,
debet aylanmasi esa ulaming hisobdan chiqarilishini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |