Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/130
Sana31.07.2021
Hajmi1,79 Mb.
#134397
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   130
Bog'liq
Ер ҳуқуқи ўқув қўлланма (лотин алифбосида)

Nazorat uchun savollar: 
1. 
1. Ko‘p qavatli uylar atrofidagi yer uchastkalari kimning tasarrufida bo‘ladi? 
2.  Ko‘p qavatli uylar atrofidagi yer uchastkalaridan foydalanishning qanday 
xususiyatlari mavjud? 
3.  Jamoa  bog‘dorchiligi  va  polizchiligi  uchun  yer  uchastkalari  kimlarga 
biriktiriladi? 
4.  Jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun biriktirilgan yer 
uchastkalaridan foydalanish qanday xususiyatlarga ega? 
 
XII BOB. SANOAT, TRANSPORT, ALOQA, MUDOFAA VA BOSHKA 
MAQSADLARIGA MO‘LJALLANGAN YERLARNING HUQUQIY 
HOLATI 
 
1§.Sanoat  va  transport,aloka,mudofaa  va  boshqa      maqsadlariga 
mo‘ljallangan yerlar to‘g‘risida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi 
 
Sanoat  va  transport,  aloqa,  mudofaa  va  boshqa  maqsadlarga  mo‘ljallangan 
yyerlar  mamlakat  yer  fondi  tizimida  alohida  mustaqil  toifani  tashkil  etadi.  2015 


145 
 
 
yining  1  yanvar  holatiga  ko‘ra  ushbu  toifa  yerlarining    maydoni  905.1  gektarni, 
yoki jami foydalaniladigan yerlarning 2.02 foizini tashkil etadi.  Sanoat yerlarining 
huquqiy  holati  O‘zbekiston  Respublikasining  Yer  kodeksi  (69-70-moddalar) 
hamda  sanoat  maqsadlariga  mo‘ljallangan  yerlardan  foydalanish  tartibini 
belgilovchi maxsus qonun osti normativ hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
Ushbu toifa tarkibiga kiruvchi yerlar tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi 
Yer kodeksining 69-moddasida belgilangan. Unga ko‘ra: 
Sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar deganda sanoat korxonalariga, shu 
jumladan  kon  sanoati,  enyergetika  korxonalariga  ishlab  chiqarish  va  yordamchi 
binolar  hamda  inshootlar  qurish  uchun  doimiy  foydalanishga  berilgan  yerlar 
tushuniladi. 
Transport  maqsadlariga  mo‘ljallangan  yerlar  jumlasiga  temir  yo‘l,  ichki  suv 
transporti, avtomobil, havo va truboprovod transporti korxonalari, muassasalari va 
tashkilotlariga  transport  inshootlari,  qurilmalari  va  boshqa  ob’ektlaridan 
foydalanish, saqlash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, takomillashtirish va 
rivojlantirish  sohasida  ular  zimmasiga  yuklatilgan  vazifalarni  amalga  oshirish 
uchun doimiy foydalanishga berilgan yerlar kiradi. 
Aloqa  maqsadlariga  mo‘ljallangan  yerlar  jumlasiga  aloqa  liniyalarini  hamda 
ularga  tegishli  inshootlarni  joylashtirish  uchun  aloqa,  radioeshittirish,  televidenie 
va  axborot  korxonalari,  muassasalari  va  tashkilotlariga  doimiy  foydalanishga 
berilgan yerlar kiradi. 
Transport maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarga, kabel, radiorele va aloqa havo 
liniyalari va elektr uzatish liniyalari o‘tgan yerlarga tutash yerlarda qonun hujjatlari 
bilan belgilanadigan tartibda muhofaza zonalari o‘rnatiladi. 
Qurolli  Kuchlar,  chegara,  ichki  ishlar  va  temir  yo‘l  qo‘shinlarining  harbiy 
qismlari,  harbiy  o‘quv  yurtlari,  korxonalari,  muassasalari  va  tashkilotlarining 
joylashuvi  hamda  doimiy  faoliyati  uchun  byerilgan  yerlar  mudofaa  ehtiyojlari 
uchun mo‘ljallangan yerlar deb e’tirof etiladi. 


146 
 
 
Boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga korxonalar,  muassasalar 
va  tashkilotlar  foydalanib  kelayotgan,  qishloq  xo‘jaligiga  mo‘ljallangan  yerlar, 
aholi  punktlarining  yerlari,  sanoat,  transport,  aloqa,  mudofaa,  tabiatni  muhofaza 
qilish, soјlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan va tarixiy-madaniy 
ahamiyatga  molik  yerlar,  shuningdek  o‘rmon  va  suv  fondlari  yerlari  tarkibiga 
kirmagan qolgan barcha yerlar kiradi. 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish