Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


III BOB.   YERGA MULKCHILIK VA YERDAN FOYDALANISH



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/130
Sana31.07.2021
Hajmi1,79 Mb.
#134397
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   130
Bog'liq
Ер ҳуқуқи ўқув қўлланма (лотин алифбосида)

III BOB.   YERGA MULKCHILIK VA YERDAN FOYDALANISH 
HUQUQI  
1§. Yerga nisbatan davlat mulkchiligi tushunchasi 
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  55-moddasida  yer,  yer  osti 
boyliklari,  suv,  o‘simlik  va  hayvonot  dunyosi  hamda  boshqa  tabiiy  zaxiralar 
umummilliy  boylikdir  deb qayd  etilgan. O‘zbekistonning  Asosiy  qonuni  yerlarga 
nisbatan  mulk  huquqi  masalasini  ularni  umummilliy  boylik  deb  tan  olish  yo‘li 
bilan  hal  etgan.  Yer  uchastkalari  O‘zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik 
kodeksida  ko‘chmas  mol-mulk  turlari  qatoriga  kiritilgan  (83-modda).  Yerni  bir 
joyda  ko‘chmas  mulk,  boshka  joyda  esa  bizni  o‘rab  turgan  tabiiy  muhitning 
tarkibiy  qismi  deb  atash  mumkin.  Bu  esa  yerlarni  ham  ekologik,  ham  iqtisodiy 
belgilari  mavjudligini  anglatadi.  Yer  bir  vaqtning  o‘zida  ham  tabiiy  ob’ekt,  ham 
mulk bo‘lib kolavyeradi va uni atrof muhitdan ajratib bo‘lmaydi.  
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yer resurslariga nisbatan mulk huquqi 
O‘zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  kodeksida,  “O‘zbekiston  Respublikasida 
mulkchilik  to‘g‘risida”gi,  Yer  kodeksida  va  “Tabiatni  muhofaza  qilish 
to‘g‘risida”gi qonunlarda belgilanagan. Mulk huquqi yerlar kimga tegishliligini va 
mulkdorlarning  tabiiy  resurslarga  nisbatan  vakolatlarini  anglatadi.  Yerga  nisbatan 
mulk  huquqi  uni  egalik  qilish,  foydalanish  hamda  tasarruf  etish  jarayonlarida 
namoyon bo‘ladi. 
Yerlar  O‘zbekiston  Respublikasining  qonunlariga  muvofiq  asosan  davlat 
mulki  hisoblanadi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  214-
moddasiga  muvofiq  yerlar  respublika  mulki  hisoblanadi  Fuqarolik  kodeksining 
214-moddasi  ikkinchi  qismiga  asosan  respublika  mulki  bo‘lgan  mol-mulkni 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti, 
O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumati  yoki  ular  tomonidan  mahsus  vakil  qilingan 
organlar,  agar  qonunda  boshqacha  tartib  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,  tasarruf 
qiladilar.  Fuqarolik  kodeksining  170-moddasi  yerga  va  boshqa  tabiiy  resurslarga 


32 
 
 
bo‘lgan mulk huquqini Fuqarolik kodeksi bilan birgalikda boshqa qonunlarda ham 
belgilanishini ko‘zda tutadi.  
Yerlarga  nibatan  mulkchilik  masalasi  Yer  kodeksining  16  va  18-
moddalarida,  “O‘zbekiston  Respublikasida  mulkchilik  to‘g‘risida”gi  Qonunning 
19-moddasida  “Tabiatni  muhofaza  qilish  to‘g‘risida”gi  Qonunning  5-moddasida 
yoritib berilgan.  
Yerlarni davlat nomidan tassaruf etishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  amalga  oshiradi.  Mazkur 
organlarning  tabiiy  resurlarni  tasarruf  etish  bo‘yicha  vakolatlari  Yer  kodeksi, 
mazkur organlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan. 
O‘zbekistonda  faqat  ayrim  hollarda,  ya’ni  Yer  kodeksining  18-  moddasida 
ko‘zda  tutilgan  hollarda  yer  uchastkalari  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  mulki 
bo‘lishi mumkin. Yerga nisbatan xususiy mulk huquqi masalasiga alohida e’tibor 
berish  kerak,  chunki  u  agrar  iqtisodiyotning  o‘q  ildizidir.  Yerga  nisbatan  mulk 
huquqi  davlatga  tegishli  deb  e’tirof  etilsada,  qonunchilik  fuqarolarning  yerdan 
foydalanish huquqini o‘rnatadi. Bu davlatni yerga nisbatan mulk huquqini tasarruf 
etish  huquqidan  kelib  chiqadi  va  qonunchilik  fuqarolarning  yerdan  foydalanish 
huquqining  turli  shakllarini  nazarda  tutadi.  Yer  kodeksining  17-moddasiga 
muvofiq jismoniy shaxslar meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy 
foydalanish,  muddatli  (vaqtincha)  foydalanish,  ijaraga  olish  va  mulk  huquqi 
asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishlari mumkin. 
Fuqarolarning  yerdan  foydalanishida  mulk  huquqi  alohida  ahamiyat  kasb 
etadi. Chunki, sobiq sovet tuzumi davrida yerga nisbatan davlatning mutloq mulk 
huquqini  o‘rnatilishi  o‘z  turmush-tarzi,  ijtimoiy  faoliyati  va  an’analariga  ko‘ra 
yerga  xo‘jayinlik  xissi  bilan  yashagan  xalqimizni  yerdan  uzoqlashtirgan  edi. 
Respublikamiz  mustaqillikka  yerishgach  bozor  munosabatlarini  joriy  etishga 
qaratilgan  islohotlar  natijasida,  yer  uchastkalariga  nisbatan  xususiy  mulk  huquqi 
asta  sekinlik  bilan  joriy  etila  boshlandi.  Bunda  asosiy  urѓu  fuqarolarning  yerga 
nisbatan  xususiy  mulk  huquqini  belgilovchi  qonunchilik  tizimini  rivojlantirishga 


33 
 
 
qaratildi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  "Iqtisodiy  islohotlarni  yanada 
chuqurlashtirish,  xususiy  mulk  manfaatlarini  himoya  qilish  va  tadbirkorlikni 
rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida"gi  Farmoni  bu  sohadagi  dastlabki 
qadamlardan biri edi. Ushbu farmon birinchi marotaba “savdo va xizmat ko‘rsatish 
sohasi  ob’ektlarini,  shuningdek,  ular  joylashgan  yer  uchastkalarini  jismoniy  va 
yuridik,  shu  jumladan,  xorijiy  shaxslarga  xususiylashtiriladigan  ob’ektlarni  sotib 
olishda  ular  foydalanadigan  mablaѓlarning  manbalari  bo‘yicha  deklaratsiyani 
ulardan  talab  qilmagan  holda  tanlov  asosida  xususiy  mulk  qilib  sotishga  ruxsat” 
berdi.  Davlat  rahbarining  1994  yil  20  noyabrdagi  “Yerdan  foydalanish 
samaradorligini  oshirish  to‘g‘isida”gi  farmonida  “tuman  va  shaharlarning 
xokimliklariga  fuqarolarning  meros  qilib  qoldirish  sharti  bilan  umrbod  egalik 
qilishlari  uchun  yakka  tartibda  uy-joy  qurishga  0,04  gektargacha,  shaxsiy 
yordamchi xo‘jalikni yuritishga 0,06 gektargacha yer maydonini kimoshdi savdosi 
asosida  sotishga  ruxsat”  berilishi  fuqarolarning  yerga  nisbatan  mulk  huquqini 
amalda  mustahkamlanishiga  asos  bo‘ldi.  Vazirlar  Mahkamasining  1995  yil  11 
apreldagi  126-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  “Savdo  va  xizmat  ko‘rsatish  sohasi 
ob’ektlarini  ular  joylashgan  yer  maydonlari  bilan  birgalikda  hamda  yer 
maydonlarini meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun xususiy 
mulk  sifatida  sotish  tartibi  to‘ѓrisida  Nizom»
3
  yer  maydonlarini  xususiy  mulk 
sifatida  sotish  tartibini  belgiladi.  Unga  ko‘ra  sotish  tegishli  hokimliklar  va 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari 
joylashgan  yer  maydonlarini  xususiy  mulk  sifatida  sotish  haqidagi  qarorlarni 
taqdim etishgandan keyin Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari 
tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. 
Yer munosabatlarini tartibga solish ob’ektiv ravishda yerga mulkchilik, unga 
egalik  kilish,  undan  foydalanish  va  tasarruf  etish  kabi  yuridik  va  iqtisodiy 
tushunchalar bilan bog‘liq. 
Mulkchilik tushunchasi o‘z ichiga uchta muxim momentni oladi:  
                                                           
3
 "O

zbekiston Respublikasining xukumati qarorlari toplamii ", 1995 y., N 4, 15- modda 
 


34 
 
 
-ashyolarning  mansubligi  ya’ni  ularning  mavjudligi  va  anik  shaxsga 
mansubligi va ularga egalik kilinishi; 
-shaxsning mansubligiga yuridik huquqi; 
-mansublik buyicha insonlar urtasida iqtisodiy munosabatlar. 
 Iqtisodiy  munosabatlarning  yakdil  tizimida  mustaqillikning  turli darajalarida 
foydalanish,  egalik  kilish  va  tasarruf  etish  mulkchilikning  turli  tomonlarini  ochib 
beradi.  Qonun  xujjatlari  yordamida  foydalanish,  egalik  kilish  va  tasarruf  etish 
huquqlarini  huquqiy  rasmiylashtirish  jamiyatda  xukmronlik  kilayotgan  real 
mulkchilik munosabatlarning mavjudligini tasdiqlaydi. 
Demak  mulkdor  bir  vaqtning  o‘zida  uchta:  yer  egasi,  tasarruf  etuvchi  va 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish