Allohga ishonish. Har bir musulmon (arabchada - bo’yin eguvchi, itoatkor degan ma’nolarni anglatadi) Yagona Allohni tan olishi va uning irodasiga bo’ysinishi shart;
Allohning farishtalariga ishonish. Musulmon kishi farishtalar (arabchada — malak. maloika) va yovuz kuchlar (jinlar) mavjudligiga ishonishi lozim. Xudoga eng Yaqin bo’lgan farishtalar zimmasiga turli vazifalar yuklatilgan bo’lib, Jabroil — Allohnish hukmini kishilarga etkazuvchn, Mikoil - koinotni boshqaruvchi, Isrofil - maxsus shoxdan yasalgan karnayni chalib qiyomat kuni haqida xabar beruvchi, Azroil - jon oluvchi farishta vazifasini bajaradi. SHu- ningdek, o’lganlarni qabrda dastlabki so’roq qiluvchi farishtalar — Munkar va Nakir, jannatning qo’riqchisi — Ridvon, do’zaxning qo’riqchisi - Malik ham xudoning Yaqin yordamchilari vazifasini bajaradilar. Alloh irodasiga bo’ysunishni istamagan yana bir farishta mavjud bo’lib, uning nomi Shayton (Iblis)dir. Shayton odamlarni gunohga yetaklaydi. Qudratli Alloh bu farishtani jilovlab, bo’ysundirib olishga qodir, biroq u ataylab Iblisga erkinlik berganki, bundan maqsad islomga e’tiqod etuvchi musulmonlarning irodasini, islom diniga bo’lgan muhabbati va izchilligini sinash hisoblanadi. Bu farishta oxirzamonga qadar erkin bo’ladi;
Allohning kitoblariga ishonish. Musulmonlar Qur’onni abadiy va odamlar tomonidan yaratilmagan deb hisoblaydilar. Islomda Alloh muqaddas talimotini Muhammaddan oldin Muso (Moisey) va Iso (Iisus)larga vahiy qilgan. Tavrot, Injil va Zabur (Psaltir — qadimgi yaxudiy dinining duolar to’plami) kabi muqaddas bitiklar Qur’ondan oldin yuborilgan manbalardir. Shuniig uchun ham islom boshqa dinlar ta’limotiga o’xshaydi. Qur’on
muqaddas bitiklarning eng so’nggisidir;
Allohning payg’ambarlariga ishonish. Payg’ambarlar ilohiy haqiqatni bandalarga etkazadilar, ularni va’z, nasixat bilan haq dinga va yaxshi ishlarga chaqiradilar. Qur’onda 25 nafar payg’ambarning ismlari qayd etilgan. Payg’ambarlar ikki turga bo’linadilar: rasullar va nabiylar. Alloh alohida kitob va shariat bergan payg’ambarlar «Rasul» deb ataladilar. Alloh alohida kitob
va shariat ato etmagan, lekin rasulga berilgan kitob va shariat asosida ish qilishga buyurilgan payg’ambarlar «nabiylar»deb ataladi. Rasullar nabiy bo’lishi mumkin, lekin nabiylar rasul bo’la olmaydilar.
oxirat kuniga ishonish. Oxiratda (arabchada - oxirgi kun, dunyoning tugash kuni degan ma’nolarni anglatadi) Alloh va u xohlaganidan boshqa hech narsa qolmaydigan kun. Uning qachon bo’lishini faqat Alloh biladi. Oxirat kunida Erdagi hayot tugaydi. Allohning qudrati bilan o’lganlar qayta tiriladilar va bir joyda - Mahshar erida to’planadilar;
islom e’tiqodini qabul qiluvchi har bir kishi o’z taqdirining Alloh tomonidan oldindan belgilab qo’yilgani (taqdiri azal)ga ishonishi lozim. Qur’onda yozilishicha, «Alloh kimni hidoyat qilishni istasa, uning ko’nglini islom uchun keng qilib qo’yar. Kimni adashtirishni istasa, uning ko’nglini «tor va tang qilib qo’yar» - Allohning irodasiga musulmonlar so’zsiz itoat etishlari shart;
o’lgandan keyin qayta tirilishga ishonish. Allohning irodasi bilan qayta tirilgan odamlarning «Mahshar eri»da to’plangan kuni qiyomat (arab. - tikka turish, o’rnidan turish) deb ataladi. Bu kunda har bir inson o’z qilmishiga loyiq mukofot, ajr oladi: kimdir do’zahda qiynoq azobiga duchor bo’lsa, yana kimdir jannatda rohat-farog’atda yashashga muyassar bo’ladi.
Islomda diniy e’tiqod, marosim, urf-odat, huquq va axloq normalardan tashkil topgan dindorlar uchun oddiy, bajarilishi qulay shartlar to’plami farzlar ishlab chiqilgan. Ularni bajarmaganlar islomdan chiqqan deb hisoblanadi. Farzlarning eng asosiysi «islom arkonlari» deb ataladi va quyidagilardan iborat:
Musulmon ruhoniylari yuqorida bayon etilgan beshta asosiy farzdan tashqari, yana bir farz — jihod (g’azovot)ni tashviq qiladilar. Qur’onda bu hakda birmuncha aniq ma’lumot berilgan. Yilda sakkiz oy (to’rt oy qon to’kish taqiqlangan oylar hisoblanadi) yomonlikka, dushman kuchlariga qarshi yoki dinni kuch yordamida yoyish (bu masalada musulmonlarning qarashlari bir-biridan keskin farq qiladi) uchun kurashish muqaddas ish deb baholanadi. Shariat (arab. sharaa - to’g’ri yo’l, ilohiy yo’l, qonunchilik) islom diniy huquq sistemasi. Shariatni diniy huquq majmuidan 23 kengroq tushuncha deb bilish kerak. Unda sof huquqiy masalalardan tashqari axloqiy normalar va diniy talablarga ham qonun tusi berilgan. Islom ilohiyatchilari bir necha asr maboynida shariat qonunlarini ishlab chiqqanlar. Shariatga asos qilinib Qur’on va sunna, keyinchalik ijmo’ va qiyos olingan. Ular fiqhda shariat manbalari (usul al-fiqh) deb e’tirof etiladi. Shariat diniy-huquqiy sistema sifatida XI-XII asrlarda tugal shakllangan. Islomdagi sunniylik va shialik shariat sistemalari o’rtasida ma’lum tafovutlar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |