Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro



Download 2,39 Mb.
bet17/41
Sana28.04.2022
Hajmi2,39 Mb.
#587338
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
Bog'liq
dinshunoslik

62 Daosizm. Xitoyda keng tarqalgan daosizm falsafiy ta’limot sifatida mil. av. birinchi ming yillikning o’rtalarida konfutsiychilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo’ldi. Bu ta’limot dastavval bir muncha mavhum xarakterga ega bo’lib, din bilan hech qanday aloqasi bo’lmagan. Ushbu ta’limot tarafdorlari ham konfutsiychilar kabi o’z zamonalaridagi harakatlarga qarshi bo’lganlar. Daosizm targ’ibotchilari ham hukmdorlar orasidagi tinimsiz urushlarni qoralar edilar. Ular ham boshqa bir qator falsafiy ta’limotlar qatori orqaga - «Oltin asr»ga - qaytishga chaqirar edilar.
Daosizmda mil. av. IV-III asrlarga kelib nazariy asarlar paydo bo’la boshladi. Bunday asarlarda ijtimoiy-siyosiy va axloq masalalari daosizm uchun unchalik muhim sanalmadi. Biroq daosizm vakillari ilk bor borliq, tabiat, koinot haqidagi tushunchalarni ishlab chiqa boshladilar. Xitoydagi Szis faylasuflar akademiyasida daosizm nazariyotchilari: Tyan Pen, Sun Szyan, In Ven, Shen Dao, Xuan Yuan va boshqalar to’plangan bo’lib, ular inson va uni o’rab turgan borliq xususida beto’xtov munozaralar olib bordilar va risolalar yozdilar. Bunday asarlar hozirgi kungacha saqlanmagan, biroq daosizmning asosiy manbasi sanaladigan «Daodetszin» risolasida o’z aksini topgan. Mazkur risola muallifi Lao-Szi hisoblanadi. Uning hayoti haqidagi ma’lumotlar kam, borlari ham noaniq. Afsonalarga qaraganda, Lao- Szi onasining qornida bir necha o’n yillar yashab, keksa donishmand holida dunyoga kelgan. Shuning uchun uni «Lao-Szi» - «Keksa donishmand», «Qari bola» deb atadilar. Lao-Szi mil. av. VII da tug’ilgan, Konfutsiyning zamondoshi hisoblanadi. Qadimgi Xitoy yodgorliklarida Konfutsiyning Lao-Szi bilan uchrashganligi, uning donoligidan hayratga tushgani va uni ajdaho deb atagani haqida rivoyat keltiriladi.
Lao-Szi ta’limotiga ko’ra, tabiat, jamiyat va butun borliqning asosi «Ulug’ Dao» hisoblanadi (dao, tao «yo’l», «haqiqat», «tartib» demakdir). Dao haqidagi ta’limot konfutsiychilikda bo’lgan. Chunki dao to’g’risidagi fikrlar konfutsiychilik va daosizm shakllanishidan ancha oldin mavjud edi, shuning uchun ham har ikki ta’limotning o’xshash jihatlari ko’p. Konfutsiy daoni jamiyatda muayyan tartiblarni yaratuvchi samoviy qonunlar tajassumi deb hisoblagan.
Daosizm dinining asosiy mohiyatlaridan biri bu dao va u bilan aloqador tabiat falsafasi hamda kosmogoniya masalalaridir. Ikkinchi asosiy nuqta mavjudlik, hayot va o’limning nisbiyligi va shunga bog’liq holda uzoq yashash, abadiy hayotga erishish tushunchasidir. Milodning birinchi asrlari - Xan asriga kelib, abadiy hayot masalasi daosizm olimlarining asosiy muammosiga aylandi. Uchinchi va so’nggi masala uvey prinsipidir. Daosizm falsafasining mana shu uch ta’limoti Xan asriga kelib daosizm dinining shakllanishiga asos bo’ldi.
Milodiy ikkinchi asrga kelib daosizm dinida Yangi sektalar paydo bo’ldi. Ulardan biri «Taypindao» («Buyuk tenglik ta’limoti») bo’lib, uning asoschisi Chjan Szue hisoblanadi. U xalq orasida sehr-jodu orqali barcha kasalliklarni tuzatuvchi hamda kishi umrini uzaytiruvchi shaxs sifatida shuhrat topdi. Uning atrofiga ko’plab odamlar yig’ildilar. Chjan Szue odamlarni 36 jangovor guruhga bo’lgan. Katta guruhlarga «da fan» katta sehrgarlar, kichik guruhlarga «syao fan» kichik sehrgarlar boshliq etib tayinlanganlar. Sektada yuqori boshliq Chjan Szue («Buyuk osmon rahnamosi») sanaladi. Uning ikki ukasi «Buyuk er rahnamosi» va «Buyuk inson rahnamosi» deb talqin qilinadi. Bu uchtalik daosizmdagi uchtalik ta’limoti - osmon, er va inson birligining ramziy timsoli edi. «Taypindao» sektasi ta’limoti «Taypinszin» kitobiga asoslanadi.
«Taypindao» sektasi bilan birga yana bir «Udoumidao» («Besh dou guruch ta’limoti») sektasi ham mavjud bo’lib, qadimgi Xitoy jamiyatida katta ta’sir doirasiga ega bo’lgan. Uning asoschisi mashhur daochi Chjan Dao Lin bo’lib, u
ushbu sektaninggina emas, balki butun daosizm ibodatxonasining asoschisi hisoblanadi.
Ushbu sektalar tarixda hukmron tabaqalarning adolatsizligiga qarshi ko’plab siyosiy kurashlarga, qo’zg’olonlarga boshchilik qilgan.
Daosizm birinchi ming yillikda buddizm va konfutsiychilik bilan raqobatlashib keldi. VI asrga kelib, daosizm konfutsiychilikdan keyin ikkinchi o’rinni egallagan edi. XIII asrdan boshlab daosizm ta’limotining aniq asoslarga ega emasligi va ilk davrdagi yuksak ta’limotlari turli xurofotlar bilan almashgani tufayli inqirozga yuz tuta boshladi.
XX asr boshlariga kelib Xitoyda turli daosizm sektalariga qarshi kurash boshlandi. O’tgan asrning ikkinchi yarmida daosizm tarafdorlari juda ozchilikni tashkil qildi. Ushbu kichik guruhlar monaxlar, targ’ibotchilar va bashoratchilarni o’z ichiga oladi.
Mavzu bo’yicha savollar:

  1. Y ahudiylik ta’ limoti qanday paydo bo ’ lgan?

  2. Yahudiylikning muqaddas kitobi haqida nimalarni bilasiz?

  3. Qaysi Vedalarni bilasiz?

  4. Vedalarda ilohiyatlar qanday tasvirlanadi?

  5. Braxmanlik j amiyatni qanday tabaqalarga bo ’ ladi?

  6. Hinduizm qanday dinlar qatoriga kiradi?

  7. Hinduizm ta’limoti nimalardan iborat?

  8. Hinduizmda qanday oqimlar bor?

  9. Hinduizmning qanday ilohiyatlarini bilasiz?

  10. Konfutsiychilikning asoschisi kim?

  11. Konfutsiychilikning ta’limoti nimalardan iborat?

  12. Daosizm asoschisi kim?

  13. Daosizmda axloq masalalari qanday o’rinni egallaydi?

  14. Daosizmda qanday sektalar mavjud?

  1. MAVZU

ZARDU SHTIYLIK DINI
REJA:

  1. Zardushtiylik dinining vujudga kelishi.

  2. Zardushtiylik dinining ta’limoti.

  3. Aveto va uning tarkibiy qismlari.


Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish