Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro


Lamaizm - Tibetdagi buddaviy rohiblarning nomidan kelib chiqqan. Tibetda XlV-asrlarda tarqalgan, tibetliklarning ibtidoiy davrga xos bon-po



Download 2,39 Mb.
bet22/41
Sana28.04.2022
Hajmi2,39 Mb.
#587338
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
Bog'liq
dinshunoslik

Lamaizm - Tibetdagi buddaviy rohiblarning nomidan kelib chiqqan. Tibetda XlV-asrlarda tarqalgan, tibetliklarning ibtidoiy davrga xos bon-po (shomonlikning bir turi) elementlarini qabul qilgan, maxayana va tantrizm (tantrizm veda dinidan kelib chiqqan, tantra - jimjimadorlik, sirli matn, sehrgarlik ma’nolarini anglatadi) 8 9 asosida vujudga kelgan. Hozirgacha tibetliklarning asosiy dini hisoblanadi. Lamaiz rivoyatlarga juda boy. Ta’limoti: buddaviylikni barcha aqidalarini qabul qilgan, tantrizmga binoan odam va koinot bir-biri bilan bog’liq voqelikdir. Yogalar amaliyoti orqali mudroq energetik ibtido harakatga keltiriladi. Lamaizmda juda ko’p xudo (budda)lar va g’ayritabiiy mayjudotlar mayjud. Xudolar guruhiga Budda Shakyamuni boshchilik qiladi. Batxisatvalar va rohiblarga ham sig’iniladi. Dindorlar va diniy tashkilotlarga bosh ruhoniy - dalay-lama (mo’g’ul-tibetchada - dengiz kabi buyuk) rahbarlik qiladi.Diniy hayotning markazi, shuning bilan birga ma’rifiy va siyosiy markaz ibodatxona hisoblanadi.






Markaziy Osiyo Xalqlarining tarixida buddaviylik muayyan o’rin egallagan. Buddizmning Markaziy Osiyoda tarqalishi miloddan avvalgi II asrlarda grek- baktriya podshohligining o’rnida qaror topgan Kushon imperiyasining rivojlangan davriga to’g’ri keladi. Kushon imperiyasi o’zining eng gullagan davrida (I-III asrlar) Markaziy Osiyoning bir qismini, Afg’oniston, Pokiston, Shimoliy Hindistonni o’z ichiga olgan. Buddizm Hindistondan markaziy Osiyoga, undan esa buyuk ipak yo’li orqali Xitoy va Uzoq Sharqqa tarqalgan. Budda dinining iadimdan keng hududlarga tarqalganligini Beruniy ham o’z asarlarida eslatib o’tgan: “Budda e’tiqodi janubga tomon Suriya hududigacha tarqalgan edi, so’ng mazdaizm siquvi ostida budparastlar Eron va Iroqdan Balxning janubidagi mamlakatlarga ko’chib o’tganlar”.10
Talabalarga islomgacha bo’lgan davrda buddaviylik Markaziy Osiyoda g’oyaviy turmushning muhim tarkibiy qismlaridan birini tashkil etganni ta’kidlab o’tmoq joizdir. O’lkamiz xalqlarining Hindiston bilan Kushon davlati va Eftalit davrida yaxshi yo’lga qo’yilgan savdo-iqtisodiy munosabatlari tufayli hind madaniyati unsurlari bilan Budda dini kirib kelgan.
“Buddizm sharqiy Eron va Movarounnahrda qaror topib, Balx hamda Buxorodek azim shaharlargacha etib kelgan....YOrkent, Xo’tan, Qashg’ar, Toshkent, Turfon, Kuchi va Qorashaharda Budda ibodatxonalari qad ko’targan.
Ш-asrda mazkur maskanlarga buddizm bo’yicha tahsil olgani Hitoy budparastlari tashrif buyurganlar”.11
Olimlarning ta’kidlashicha, buddaviylik zardushtiylik va moniylik dinlariga ta’siri katta. “Sayyid Nasafiyning e’tiroficha, Budda ta’limoti Zardushtiy an’analarini vujudga kelishiga ta’sir ko’rsatgan”.12 13 14 Lekin, bir guruh mutaxassislar tomonidan zardushtiylik dini dunyoning eng qadimgi dini sifatida qayd etilgan. SHuning uchun, bu ikki qadimgi dinlarning o’zaro bir-biriga ko’rsatgan ta’siri haqida gapirsak, xaqiqatga Yaqinroq bo’ladi. Ikkinchi guruh olimlarining ta’kidlashicha, Zardusht va Moniy ta’limotlari buddizmdagi “katta g’ildirak” mazhabining yuzaga kelishida muayyan rolga ega bo’lgan. Yana uchinchi bir nuqtai nazarga muvofiq,”Moniy ibn Fatakning nur va zulmat kuchlari o’rtasidagi kurash g’oyasi aslida Budda va Zardusht g’oyalarining davomi edi. Moniy Buddaning ta’limotini yaxshi o’rganib, uni moniylik adabiyotiga singdirganligi turkiy matnlarda yaqqol ko’rinib turadi” .
Buddaviylik dini bilan bog’liq obidalar, ibodatxonalar, haykallar, devorlarga solingan rasmlar hududimizda topilgan qadimgi tarixiy obidalar orasida muhim o’rin egallaydi. XX asrning 30-yillaridan O’zbekistondagi Qoratepa, Dalvarzintepa, Fayoztepalarda olib borilgan arxeologik qazilma ishlarining natijasi, buddizmning dastlab Surhon vohasida qo’nim topganligini nazariy va amaliy jihatdan namoyon qildi. Bular orasida eng yirik inshoat eski Termizdagi Qoratepa nomli g’or ibodatxonasidir (I-II asrlar). Qoratepa er osti ibodatxonalarida saqlanib qolgan sanskrit, brahmiy va baktriy tillaridagi yozma yodgorliklar matni namunalari: “Budda diniy e’tiqod (haqida) so’zlamoqda” yoki “Bu idish sadaqa beruvchi ...Budda ulug’ e’tiqod (haqida) so’zlamoqda”.15
Buddaviylik odamlarning barcha insonlarni xudo oldida tengligi, xalos bo’lishning individual yo’li tanlanganligi, boshqa dinlarga munosabatda bardoshliligi, tarixiy shart-sharoitlarga moslashuvchanligi kabi xususiyatlari bilan davlat chegaralari va boshqa to’siqlardan o’tib jahon diniga aylangan. Hinduiylikning siquvi natijasida miloddan avvalgi IV-III asrlarda dastlab Osiyo qit’asining janubi va janubiy-sharqiga, milodiy I asrdan boshlab shimoli, shimoli- g’arbi, va shimoli-sharqiga yoyilgan. Buddaviylik Hindistondan tashqari birinchi bo’lib Seylon (SHri-Lanka)da davlat dini sifatida qabul qilingan. Bu erda dindorlar uyushmasidan diniy tashkilot - sangxalar paydo bo’lgan.
Buddaviylikning yirik markazlaridan biri Hindixitoy Yarimorolidir. Hindixitoyda Janubi-sharqiy Osiyodagi buddaviylarning 95 % ga Yaqini istiqomat qiladi. Bu erda buddaviylikning mahayana oqimi keng tarqalgan. XX asr o’rtalarida buddaviylik G’arbda ham ommalashib ketgan. Bugungi kunda dunyoning turli burchaklarida Yangi buddaviylik jamoalari vujudga kelmoqda, ibodatxonalar qurilmoqda. Butun dunyo buddistlari ikki xalqaro tashkilotga barlashganlar - Xalqaro buddistlar bratstvo (markazi Bangkokda, Tailand), Osiyo buddistlarining tinchlik uchun konferensiyasi(anjumani) - markazi Ulan-Botirda, Mo’g’iliston.
Bugun dunyoda 700 mln.ga Yaqin buddaviylik diniga e’tiqod qiluvchi kishilar va 1 mln.ga Yaqin monaxlar yashaydi.
Yuqorida keltirilgan buddaviylik ta’limotidagi bahsli mavzular yuzasidan talabalar o’rtasida bahs-munozara o’tkazilsa, mazkur mavzu bo’yicha talabalarning olgan bilimlari chuqurlashadi. Ushbu masalalarga boshqa diniy konfessiyalar yondashuvi haqida ham gapirib o’tish maqsadga muvoffiqdir.
Dars yakuniga Yaqin o’qituvchi talabalarga mavzu yuzasidan tayyorlangan savollarni tarqatib, har bir talabani bitta savol bo’yicha qisqacha chiqishini (prezintatsiya) tashkillashtirishi mumkin.
Mavzu bo’yicha savollar:

  1. Buddaviylik dinining asoschisi kim?

  2. Buddaviylik dinining vatani qaerda?

  3. Buddaviylik dining vujudga kelishi sabablari qanday?

  4. Buddaviylikning muqaddas kitobi haqida ma’lumot bering.

  5. “Nirvana” holati buddaviylikda qanday tushuntiriladi?

  6. “Karma” deganda nima tushuniladi?

  7. Buddaviylikda ruh va jon masalalariga yondashuv qanday?

  8. Nima uchun buddaviylik dini oqimlarga bo’linib ketdi?

  9. Buddaviylining asosiy oqimlarining orasidagi farq nimalardan iborat?

  10. “Mahayana” oqimi qaerlarda tarqalgan?

  11. Lamaizmning o’ziga xos xususiyatlari nimadan iborat?

  12. Nima sababdan buddaviylik Hindistondan siqib chiqarilgan?

  13. Markaziy Osiyoga buddaviylik dini qachon va qay yo’sinda tarqalgan?

  14. Markaziy Osiyoda buddaviylikning qadimgi yodgorliklari Haqida nimalar bilasiz?.

  15. Bugungi kunda buddaviylarning qanday xalqoro tashkilotlari bor?

  1. MAVZU

XRISTIANLIK DINI
REJA:

  1. Xristian dining kelib chiqish tarixi va mohiyati.

  2. Xristan dini ta’limotining nazariy asoslari va manbalari.

  3. Xristian dini ta’limotini o’ziga xosligi.

  4. Xristian dinidagi oqimlar.


Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish