Tоshkent «iqtisod moliya»


ortiqchasini qirqib tashlash strategiyasi



Download 1,84 Mb.
bet61/186
Sana06.04.2022
Hajmi1,84 Mb.
#532506
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   186
Bog'liq
MARKETING

ortiqchasini qirqib tashlash strategiyasi ko‘pincha, diversifikatsiyalangan firmalar tomonidan o‘z biznesini yoki bo‘limini yopganda yoki sotganda realizatsiya qilinadi.

Real amaliyotda firma bir vaqtning o‘zida bir necha strategiyalarni realizatsiya qilishi mumkin. Bu ayniqsa, ko‘p tarmoqli kompaniyalarda keng tarqalgan. Bunday hollarda firma aralash (kombinatsiyalangan) strategiyani amalga oshirmoqda, deyiladi.
To‘rtinchi turli xillikka keyinroq tavsiflanadigan diversifikatsion o‘sish strategiyasi mos keladi.
Biznesni rivojlantirish strategiyasining keyingi guruhi diversifikatsion o‘sish strategiyasi bo‘lib, firmaning ushbu mahsulotning ushbu tarmog‘i bilan boshqa rivojlana olmaslik holatida realizatsiya qilinadi. Bu strategiya, agar bozorlar amalga oshirilayotgan bizneslar uchun to‘yingan holatda bo‘lsa yoki mahsulotning “o‘lib borishi” natijasida unga talab pasayib ketsa yoki monopoliyaga qarshi boshqaruv ushbu tarmoq doirasida biznesning kelgusi rivojlanishiga ruxsat bermasa yoki yangi biznes uskunalardan, butlovchilardan, xomashyodan yaxshiroq foydalanish hisobiga yaxshiroq samara bera boshlasa, tanlanadi.
Diversifikatsiyalangan o‘sishning asosiy strategiyalari quyidagilar hisoblanadi:

  • markazlashtirilgan diversifikatsiya strategiyasi - chiqarilayotgan nomenklaturalarni texnik yoki marketing nuqtayi nazaridan firmaning mavjud tovarlariga o‘xshash mahsulotlar bilan to‘ldirishiga asoslanadi;

  • gorizontal diversifikatsiya strategiyasi – mavjud nomenklaturani avvaldan chiqarib kelinayotgan mahsulotlar yoki xizmatlarga o‘xshamaydigan va bog‘liq bo‘lmagan, lekin mavjud mijozlarda qiziqish uyg‘ota oladigan mahsulotlar bilan to‘ldirishni bildiradi;

  • konglomerativ diversifikatsiya strategiyasi shundan iboratki, firma o‘zi qo‘llaydigan texnologiyasiga ham, uning hozirgi tovarlari va bozoriga ham hech qanday aloqasi yo‘q tovarlar ishlab chiqarish hisobiga kengayadi.

Marketingni boshqarish (menejment marketingi) firmaning umumiy strategiyasi marketing xarakteriga egaligini bildiradi va raqobatchi kuchlar, bozor, tovarlar, narxlar va boshqalar. dinamikasining tahlilini ko‘zda tutadi. Ba’zan tashkilotning umumiy strategiyasi va uning marketing strategiyasi orasiga aniq chegara qo‘yish qiyin.
Firmaning umumiy strategiyasi realizatsiyasi uning har bir funksional darajasiga (ITTKI, ishlab chiqarish, marketing, kadrlarga, moliyalashtirishga oid) maqsadlar qo‘yishni ko‘zda tutadi. Bu maqsadlarga erishish vositalari bu bo‘limlar tomonidan ishlab chiqiladigan funksional strategiyalar – ITTKI strategiyasi, ishlab chiqarish strategiyasi, marketing strategiyasi, moliyaviy strategiya va boshqalar hisoblanadi.
Umumiy strategiya tashkilot va uning tashqi muhiti orasida balansni tutib turishga mo‘ljallangan. Undan chiqib keladigan marketing maqsadi firma tovari va u ishlaydigan bozor orasidagi tenglikni saqlash hisoblanadi. Marketingning maqsadi, masalan, shunday ko‘rinishi mumkin:

  • yillik, yaqin uch yil davomida tovarlarni tashqi bozorlarda sotish hajmini 10% ga ko‘paytirish;

  • ikki yil davomida kompaniya tovarlarini sotish hajmini 10%dan 15% gacha ko‘paytirish.

Marketing maqsadlariga yetish vositasi marketing strategiyasi bo‘lib qoladi.
Marketing strategiyasi – marketing tadbirlarining mantiqan qurilgan umumiy yo‘nalishlari bo‘lib, kompaniya marketingining ma’lum maqsadiga erishishini ta’minlaydi. Marketing strategiyasini realizatsiya qilish aniq marketing tadbirlarini, muddatlarini va ularni bajarish uchun kim javob berishini ko‘rsatgan holda, ya’ni marketing taktikasini ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Masalan, narxni pasaytirish yo‘li bilan bozor ulushini ko‘paytirish haqidagi qaror strategik hisoblanadi (bozorga chiqish strategiyasi), lekin aniq vaqtda narxni ma’lum foizga kamaytirish – bu taktikadr.
Marketing strategiyasi firmaning maqsadli bozorini tanlash va raqobat sharoitida unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha aniq strategiyalar tizimini ifodalaydi. Marketing strategiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • raqobatli strategiyalar;

  • bozor talablarini e’tiborga olish strategiyalari;

  • bozorni qamrab olish strategiyalari;

  • marketing kompleksi strategiyalari: tovar strategiyalari, narxni shakllantirish strategiyalari, savdo (o‘tkazish) strategiyalari va tovarni bozorga olib chiqish strategiyalari.

Marketing strategiyalari bevosita maqsadli xaridorlar va raqobatchilar bilan bog‘liq, chunki tashkilot marketingi xaridorlar talablarini raqobatchilarga nisbatan yaxshiroq qondirishni ko‘zda tutadi. Shu bois, marketing strategiyasini ikkita asosiy yo‘nalishlari bilan ishlab chiqish bozor talabi va raqobat kurashi hisoblanadi. Amerikalik professor L.Rozenberg marketing strategiyasini talabni shakllantirish faoliyati bilan raqobatchilarni yengish bo‘yicha faoliyatning qo‘shilishi, deb belgiladi.
Korxonaning strategik boshqaruv rejasi – bu korxona ichki resurslari va bozor imkoniyatlarini bog‘lab turishni rivojlantirish va saqlab turish jarayonidir.

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish