Tоshkent «iqtisod moliya»
MARKETING
Logistika ma’lum xususiyatlarga qarab tavsiflanadi: 1) ishlab chiqarish xususiyatlariga qarab logistika quyidagilarga bo‘linadi: mikrologistika — bir korxonaga tegishli funksiyalarni o‘z ichiga oladi; makrologistika ma’lum mintaqaviy logistik jarayonlari, tovar tarqatish kanallari va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, belgilovchi omillar logistik faoliyatlarni aniq belgilaydi. Tovar harakatini mikro darajadan makro darajaga tashkil qilish transport logistikasini talab etadi. Omborxonalarda tovarlarni saqlash, navlarga ajratish, iste’molchilarga tarqatish (omborxona) taxlash logistikasi faoliyatidir. Marketing–logistikasi funksiyasi tovarni ishlab chiqaruvchidan to iste’molchiga yetib borguncha bo‘ladigan barcha jarayonlarni optimallashtirish chora-tadbirlaridan iborat. Marketing–logistikasi aynan tovar tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Marketing– logistikasining vazifalari bevosita strategik vazifalar bilan bo‘g‘liq bo‘lib, tovar tarqatishning optimal kanal va yo‘llarini topish, omborxonalar joylashuvi, ularning hajmi, soni, faoliyatlari juda muhum hisoblanadi. Tovar oqimlarini ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetib borishini samarali amalga oshirish marketing–logistikasining asosiy vazifasidir. Taktik vazifalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mavjud mijozlar bilan ishlash; yangi mijozlarni jalb qilish bilan birga dasturlar ishlab chiqish; tovar va xizmatlarni tarqatish bo‘yicha yangi tijorat takliflarini ko‘rib chiqish va samaralisini qabul qilish; buyurtmalar bo‘yicha to‘lovlarni rag‘batlantirish, imtiyozlar berish; muntazam ravishda nazorat qilib borish; tovar zaxiralari, yangi tovarlarni taqdimot va reklama qilish, umumiy xarajatlarning tarkibi va miqdorini aniqlash; xarajatlarni nazorat qilish; tovarlarning harakatini ta’minlashda servis xizmatlarini yaxshilash. Transportirovka. Tashuvchini tanlash tovar narxlari darajasiga ham, ularning o‘z vaqtida yetkazib berilishiga ham, tovarni tayinlangan joyga yetib kelish paytidagi ahvoliga ham ta’sir qiladi. Tovarlarni omborlarga, dilerlarga va iste’molchilarga yuklab berishda firma transportirovkaning beshta turidan birini tanlab olishi mumkin: temir yo‘l – yuklar partiyasini vagonga yoppasiga yuklab, uzoq masofaga yetkazish uchun transportning eng oqilona turi; suv transporti – katta hajmlarda, tez buzilmaydigan tovarlarni suv orqali past xarajatlar bilan yetkazib berish (shakar, ko‘mir, don, bug‘doy v.b.). Boshqa tomondan suv transporti eng sekin yuruvchi va ob-havo ta’siriga bog‘liqdir; avtomobil transporti – yo‘nalishlarni va harakat jadvalini tanlash nuqtayi nazaridan eng aniq. Yuk tashish mashinalari tovarlarni jo‘natuvchini qayta yuklash zaruratidan xolos qilib, “eshikdan eshigigacha” yetkazib berishga qodir. Yuk tashish avtomobillari qimmatbaho tovarlarni uncha uzoq bo‘lmagan masofaga tashish uchun qulay bo‘lgan tashish turi; quvurlar orqali tashish – neft, kimyoviy mahsulotlarni tashish uchun qulay; havo transporti – transportning eng qimmat va eng tez yetkazuvchi turi, ko‘proq tez buziluvchi mahsulotlar (yangi baliq, gullar v.b.) va narxi qimmat, uncha katta hajmda bo‘lmagan qimmatbaho buyumlarni (asboblar, zargarlik buyumlari v.b.) tashiydi. Tanlangan taqsimot yo‘li marketing bo‘yicha qolgan jami boshqa yechimlarga ta’sir ko‘rsatadi - narxlar, transport tashkilotlari bilan shartnoma tuzish, reklama xizmati, o‘z savdo nuqtalarini ochish va hokazolar shular jumlasiga kiradi. hakllanuvchi kanallar; tarqatish kanallari; integrallashgan kanallar Taqsimot yo‘li aniq bir tovar yoki xizmatning ishlab chiqaruvchidan iste’molchi sari harakatida ularga bo‘lgan mulk egasi huquqini o‘ziga oladigan yoki boshqaga berishga yordam ko‘rsatadigan firmalar yoxud ayrim shaxslar majmuyidan iborat. Tovarlarni harakatlantirish xarajatlari ko‘pincha, teskari mutanosiblik bilan bog‘langan. Masalan, xarajatlarni minimumga keltirish uchun yuklarni tushirish bo‘limi arzon konteynerlardan foydalanadi. Bu esa tovarlarni yo‘lda ko‘plab zararlanishiga olib keladi va iste’molchilarning noroziligini keltirib chiqaradi. Shu bois tovarlar harakatini tashkil etish bo‘yicha qarorlar qabul qilishga tizimli yondashuv zarur. Ishlab chiqaruvchi
Transport korxonalari Chakana firma Oxirgi iste’molchi 11.6-rasm. Marketing–logistikasining mumkin bo‘lgan variantlari Tovarlarni harakatlantirish tizimining asosiy nuqtasi – iste’molchilar talablarini va raqobatchilar takliflarini o‘rganish. Iste’molchilarni quyidagilar qiziqtiradi: tovarning o‘z vaqtida yetkazilishi; yetkazib beruvchining mijozning shoshilinch ehtiyojini qondirishga tayyorligi; tovarlar bilan ehtiyotkorona muomalada bo‘lish; yetkazib beruvchining kamchiligi mavjud bo‘lgan tovarni qaytarib olish va uni zudlik bilan almashtirishga shayligi; yetkazib beruvchining mijoz uchun tovar–moddiy zaxiralarni saqlab turishga shayligi. Firma mijozlar ko‘z oldida xizmatlarning bu turlarini solishtirma qiymatini o‘rganishlari lozim. Masalan, nusxa ko‘chirish uskunalarini sotib oluvchilar uchun servis ta’mir muddatlari katta ahamiyatga ega, kredit oluvchi bank mijozlari uchun iloji boricha tezroq javob olishlari muhim. Shuning uchun Amerika banklaridan biri quyidagicha reklama shiori ostida ishlaydi: Agar bizning bankimizga murojaat qilsangiz, oradan ikki soat o‘tib, bankimiz sizga reklama berishga tayyorligi haqidagi javobni olasiz. Xususiy standartlarni ishlab chiqishda raqobatchilar standartlarini ham albatta, hisobga olish kerak. Tovarlar harakati tizimi quyidagi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishni ko‘zda tutadi: Download 1,84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |