Tоshkent «iqtisod moliya»


Tashuvchi Afzalligi



Download 2,07 Mb.
bet148/186
Sana22.06.2022
Hajmi2,07 Mb.
#692551
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   186
Bog'liq
marketing kitob

Tashuvchi

Afzalligi

Cheklovi

Gazetalar

Ochiq-ravshanlik; O‘z vaqtidalik; Mahalliy bozorni qamrab olishning yuqori darajasi; yuqori tan olinish; ishonchning yuqori darajadaligi

Muddati uzoq emas; bosma sifati pastligi; uncha katta bo‘lmagan ikkilamchi auditoriya

Televilenie

Harakatlanuvchi tasvir va ovozning hamohangligi; bevosita tuyg‘ularga murojaat qilinishi; diqqat-e’tiborning yuqori darajasi; qamrab olish darajasi yuqoriligi

Yuqori mutlaq qiymat; efirning reklama bilan to‘lib ketgani; kontaktning qisqa muddatliligi; auditoriyani tanlash darajasi yuqori emasligi

To‘qridan to‘g‘ri pochta reklamasi

Auditoriyani tanlash imkoniyati, ochiq-ravshanlik, bir tashuvchiga nisbatan raqobatning yo‘qligi, manzilli xarakterga egaligi

Nisbatan yuqori qiymat;
«makulatura»ga aylanish xavfi

Radio

Ommaviylik, geografik va demografik belgilari bo‘yicha tanlash darajasi yuqoriligi!

Axborotlarni faqat ovozli berilishi; televidiniyega nisbatan kam jalb etuvchanligi; standart tariflar yo‘qligi; kontaktning qisqa muddatliligi

Jurnallar

Geografik va demografik belgilariga ko‘ra kashfiyotchilik darajasi yuqoriligi; ishonch va istiqbol; yuqori sifatli bosma nashr; uzoq muddat «yashashi»; katta ikkilamchi auditoriya

Reklama maydonini sotib olish va reklamaning chiqishi orasidagi tanaffusning kattaligi; talabga ega bo‘lmagan tirajda yo‘qolib ketish; kafolatlangan joylashtirishning yo‘qligi

Tashqi reklama

Ochiqlik; takroriy kontaktlarning yuqori ko‘rsatkichi; qiymati pastligi; raqobat yuqori emasligi

Auditoriyaga nisbatn cheklangan tanlov, ijobiy cheklanganlik

Telefon ma’lumotlari

Mahalliy bozorni qamrab olishning eng yuqori darajasi; yuqori darajadagi ishonch; past qiymat; auditoriyani keng qamrab olinishi

Yuqori raqobat reklama maydonini sotib olish va reklama chiqishi orasidagi katta tanaffus; ijodiy cheklov

Axborot byulleteni

Auditoriyalarga nisbatan o‘ta yuqori tanlov; to‘liq nazorat; interfaol imkoniyatlar; nisbatan past qiymat

Xarajatlar nazoratdan tashqariga chiqib ketishi (nazoratsiz qolishi) mumkin

Reklama risolalari

Ochiqlik; to‘la nazorat; reklama murojaatini kuchaytirishga qodirlik

Qayta ishlab chiqarish xarajatlar ortib ketishiga olib kelishi
mumkin

Telefon

Foydalanuvchilar ko‘pligi; individual kontakt o‘rnatish mumkinligi

Nisbatan yuqori qiymat (agar ko‘ngillilar jalb etilmasa)

Internet

Auditoriyaga nisbatan tanlash imkoniyati yuqoriligi; interfaol kontakt imkoniyati bor; nisbatan narxi arzon

Axborotlarning nisbatan yangi vositasi, shuning uchun ayrim mamlakatlarda foydalanuvchilar soni kam

Noan’anaviy medianing bosh yutug‘i, ularning maqsadli auditoriyaga o‘ta aniq chiqish imkonini berishidir, bunda vaziyatdan kelib chiqib, aloqa bo‘ladigan auditoriya «asirga olingan» bo‘lib, ushbu qamrab olish iqtisodiy nuqtayi nazardan qisman samarali bo‘ladi. Xabarlar sodda va to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lishi lozim. Har qanday marketing strategiyasining, shu jumladan, «muqobil»ini ham baholash u marka kapitaliga bevosita yoki bilvosita qo‘yilmalar kiritishiga qarab amalga oshiriladi.
Aniq reklama tashuvchini tanlash.Tanlab olingan axborot vositalarining har birida media rejalashtirish bo‘yicha mutaxassis iqtisodiy jihatdan eng samarali reklama tashuvchilarni tanlab olishi, bunda auditoriya kattaligi va tarkibini, reklama murojaatlarini joylashtirish qiymatni tahlil qiladigan maxsus tadqiqot xizmatlari ma’lumotlariga suyanishlari kerak. Auditoriya kattaligini hisob-kitob qilish uchun auditoriya adadi (reklama tashuvchi jismoniy birliklar soni), auditoriya (reklama tashuvchi bilan aloqada bo‘ladigan odamlar soni, agar bosma reklama vositasida ikkilamchi o‘quvchilar bo‘lsa, auditoriya adadni ko‘paytiradi); samarali auditoriya (reklama tashuvchilar bilan aloqada bo‘luvchi va potensial xaridorlar tasniflariga ega bo‘lgan va reklama tashuvchi bilan aloqada bo‘ladigan odamlar soni) va haqiqiy auditoriyadan (haqiqatan ham reklamali e’lonlarni ko‘rgan potensial xaridorlar soni) foydalaniladi.
Bozorga yangi tovar chiqarishda reklama beruvchida reklamalarni uzluksiz, konsentratsiyalanuvchi, davriy va uzilib qoladigan variantlardan birini tanlash muammosi paydo bo‘ladi. Uzluksizlikka qandaydir vaqt davomida reklama murojaatini bir tekis joylashtira olish bilan erishiladi. Qoidaga ko‘ra reklama beruvchilar tez-tez sotib olinadigan tovarlar bilan bozorni kengaytirish kerak bo‘lganda va xaridorlarning aniq belgilangan toifasini jalb etish uchun uzluksiz reklamadan foydalanadilar. Konsentratsiya hamma reklama budjetidan cheklangan davr mobaynida foydalanishni ko‘zda tutadi. Bunday tartib realizatsiya muddati bitta mavsum yoki qandaydir sana (odatda, bayramlar) bilan cheklangan tovarlar reklamasi uchun maqbul. Davriy reklama e’lonlarini mavsumiy uzilish bo‘ladigan ayrim davr davomida joylashtirishni bildiradi, mavsum yangilangach, reklama ham yangilanadi. Bunday sxemadan cheklangan reklama budjetida, xaridning kamdan kam siklida, mavsumiy tovarlarni reklama qilishda foydalaniladi. Uzilib turuvchi reklama – bu muomalaga past va yuqori faollikda, navbat bilan chiqadigan tovarlarni reklama qilish.
Reklama budjetini ishlab chiqish – reklama kompaniyasining maqsadlarini, korxonaning moliyaviy imkoniyatlari, raqobatchilarning reklama xarajatlari, tarmoqdagi umumiy xarajatlar va hokazolarni hisobga olishga asoslangan turli xil yondashuvlarni qo‘llash bilan amalga oshirilishi mumkin. Biroq har qanday usul axborotga, ya’ni mahsulot (uning xususiyatlari va potensial mijozlarning ehtiyojlariga mos kelishi), bozor va uning segmentlari, iste’molchilar ehtiyojlarini qondirishning turli usullari va imkoniyatlari bilan bog‘liq holda uning xatti-harakatlari, bozorda talabning o‘zgarish tendensiyalari haqidagi axborotlarga asoslanadi. Reklama budjetini ishlab chiqishning ko‘pgina usullaridan eng yaxshi qo‘llaniladiganlari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: qoldiq budjet usuli, sotilishlar summasidan foizlarda hisob-kitob qilish usuli, raqobatli paritet usuli, maqsad va vaziflar asosida hisob-kitob qilish usuli va boshqalar.

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish