Tоshkent «iqtisod moliya»


Marketing rivojlanishining 5 ta bosqichi



Download 2,06 Mb.
bet7/186
Sana18.04.2022
Hajmi2,06 Mb.
#561911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   186
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 183

1.2-rasm. Marketing rivojlanishining 5 ta bosqichi
Rivojlangan mamlakatlarda «Realizatsiya davri» 1950-yillargacha davom etdi. Sotish hajmi yetarli darajada edi. Lekin muammo kompaniya nimaga ko‘proq ahamiyat berish kerakligini aniqlash edi. Kompaniyalar uchun ilmiy izlanish olib borish, sotib olish, ishlab chiqarish, jo‘natish va sotishni bog‘lab turadigan odam kerak edi. Shunday qilib, «Realizatsiya davri»ni «marketing bo‘limi davri» egalladi. «Marketing bo‘limi davri» - kompaniyaning barcha marketing ishlari faqat bir bo‘lim tomonidan olib boriladi va qisqa muddatli rejalari tuziladi.
1960-yillarga kelib esa ba’zi bir kompaniyalar faqat marketologlardan iborat holda ishni boshladi. Hatto, marketing kompaniyalari ishchilarining ba’zilari «Marketing bo‘limi davridan» chiqishgan edi.

1.3-rasm. Marketing kompaniyasi
«Marketing kompaniyasi davri» - qisqa muddatli marketing rejalashtirishga qo‘shimcha uzoq muddatli marketing rejalarini ishlab chiqadi va butun korxona marketing kompanyasi asosida ish olib boradi. Marketing kompaniyasi juda oddiy, lekin juda muhim. Marketing kompaniyasi yangilik emas. Lekin ko‘pchilik boshqaruvchilar bu so‘zni eshitib vahimaga tushadi. Shuning uchun ular o‘zlari uchun oson bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarish, uni sotishga harakat qiladi. «Ishlab chiqargan mahsulotni sotishdan ko‘ra sotiladigan mahsulotni ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir», ya’ni aqlli boshqaruvchi esa ishlab chiqarishdan ko‘ra ko‘proq marketingga e’tibor qaratadi. Marketingga moyil korxona o‘zi ishlab ishlab chiqargan mahsulotni sotishdan ko‘ra mijozlarga kerakli narsani ishlab chiqarishni ma’qul ko‘radi. Masalan, Ford Motors «Mijozlar tajribasi» dasturiga muvofiq Ford kompaniyasining turli bo‘limlaridagi ishchilari Fordning minglab mijozlari bilan uchrashib, ularning xohish va istaklarini o‘rganishdi va ishlab chiqarishga tatbiq qilishdi.
1.3. Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyutsiyasi

Konsepsiya-lotincha “conception”-so‘zidan olingan bo‘lib, tizim yoki biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, dalil (fakt) va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtayi nazar ma’nosini anglatadi5. Keng ma’noda konsepsiya so‘zi u yoki bu faoliyatning samarali amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan qarashlar tizimi, deb tushuniladi. Firma konsepsiyasi - firmaning asosiy faoliyat yo‘nalishi, g‘oyalari, tadbirkorlik falsafasi, iste’molchi talabi asosida mahsulot ishlab chiqarish istiqboli yo‘nalishidir. Konsepsiya komponentlari g‘oya, strategiya, instrumentariy va maqsaddan iborat. Shu nuqtayi nazardan marketing konsepsiyasi tashkilotning ilmiy asoslangan g‘oyasi, loyihasi hisoblanib tadbirkorlikni amalga oshirishda korxonaning samarali strategiyasini ham anglatadi.
Marketing konsepsiyasini o‘zlashtirish oson bo‘lmadi. Marketing konsepsiyasini birinchilardan bo‘lib Procter & Gamble qabul qildi. Procter & Gamble kompaniyasi 1837 - yilda ikki tadbirkorning birgalikda ish olib borish to‘g‘risidagi kelishuv asosida tashkil etilgan edi. Kompaniya asoschilari Uilyam Procter kompaniyaga asos solinganga qadar shamlar ishlab chiqargan bo‘lsa, Djeyms Gambl esa sovun ishlab chiqargan. Kompaniya o‘zining 1- million dollarlarini 1859-yilda ishlab topdi. AQShdagi fuqarolar urushi davrida kompaniya shimolliklar armiyasiga sovun va sham yetkazib berish uchun katta davlat buyurtmasini qo‘lga kiritdi. Procter & Gamble kompaniyasi taniqli savdo markalari va brendlarini sotib olish evaziga muttasil kengayib bordi. 2003-yilda Germaniyaninig soch bo‘yoqlari ishlab chiqaruvchi mashhur WELLA kompaniyasi sotib olindi. 2005-yilda Gilette kompaniyasini sotib oldi. Raqobatda Unileverni yutib, o‘zining sohasi bo‘yicha yirik kompaniyaga aylandi. Raqobat juda katta edi, yutib chiqishning yagona bir yo‘li mijozni qanoatlantirish edi. Marketing konsepsiyasini tatbiq qilgan menejer uchun mijozni qanoatlantirish - bu foyda olish yo‘lidir, yani shior «Mijoz nuqtayi nazari bilan ishla».
Keyinchalik, turli sanoat sohalari – metall, ko‘mir, qog‘oz, shisha – kompaniyalari ham marketing konsepsiyasini qabul qila boshladi.
Xizmat ko‘rsatish sohalari juda sekinlik bilan marketing konsepsiyasini qabul qildi.
Marketing konsepsiyasini o‘zlashtirish oson bo‘lmadi. «Banklar bank xodimlari uchun qulay bo‘lgan bir necha soat ochiq, mijozlar uchun qulay paytda yopiq bo‘ladi. Tushlik paytida va soat 16 dan keyin yopiq bo‘ladi. Mijozni qanoatlantirishga ketadigan xarajatlar va xarajat talab qilmaydigan harakatlar talab qilinadi.
Marketing konsepsiyasi korxonaning amaldagi yoki rejalashtirilayotgan faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqilishi kerak. Uni ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat:

  • Ichki va tashqi muhitning strategik tahlili.

  • Korxona va marketing faoliyatining maqsadlarini aniqlash.

  • Marketing strategiyasiniasoslash.

  • Kutilgan natijaga erishish uchun tegishli marketing usullarini tanlash.

Marketing va tadbirkorlik borasida jahon amaliyoti marketing evolyutsiyasida quyidagi konsepsiyalarni asoslab ko‘rsatdi:

  1. Ishlab chiqarish.

  2. Tovar.

  3. Sotuv.

  4. An’anaviy.

  5. Ijtimoiy – etik.

  6. O‘zaro ta’sir marketingi.

Bugun boshqaruvda marketing faoliyati bilan shug‘ullana borib, bir qancha konseptual yondashuvlarni qo‘llash mumkin: ishlab chiqarishni va tovarni mukammallashtirish, tijorat kuchlarini jadallashtirish, iste’molchilarga yo‘naltirilgan marketing yondashuvi, ijtimoiy-etik marketing.
Marketing konsepsiyalarining rivojlanishi bozorning rivojlanish bosqichlariga mos keladi.
Tavsiya qilingan konsepsiyalar barcha davlatlar uchun etalon yoki norma bo‘lib xizmat qiladi, degan fikr noto‘g‘ri. Marketing evolyutsiyasi har bir mamlakatdagi bozor munosabatlarining rivojlanish bosqichiga, tadbirkorlik faoliyatining tashkil etilganligiga qarab turlicha bo‘lishi va konsepsiyalar ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Marketingning korxona ishlab chiqarish, savdoga oid faoliyatini boshqarish tizimi sifatida rivojlanish tarixi bozorning rivojlanishi bilan mustahkam bog‘liq.
1.3- jadval Marketing konsepsiyasi evolyutsiyasi


Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish