Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 183
Chakana savdoning maqsadi – oxirgi iste’molchilarga chakana do‘konlar orqali mahsulotni chakana narxlarda yetkazib berishdir. Savdoning bu turi bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘zlarining turli– tumanligi va ulardagi narxlar ham egiluvchanligi bilan xarakterlanadi.
Chakana savdo aholiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tovar sotish va xizmat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatini o‘z ichiga oladi. Chakana savdo tovarlar assortimentining shakllanishida qatnashadi. Xaridorlarga tovarlar sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida axborotlar beradi. Tovarlarni saqlash, qo‘shimcha ishlash, narxlarni o‘rnatish va boshqa vazifalarini bajaradi. Natijada tovarlarning oxirgi iste’molchilari bilan oldi - sotdi shartnomasini tuzadi.
Chakana savdo mulkchilik shakli, usuli va xizmat ko‘rsatishlari bilan farqlanadi:
Xususiy hissadorlar.
Ijara mulklarga asoslangan chakana savdo.
Qo‘shma mulklarga asoslangan chakana savdo.
Chakana savdo firmalarining turlari 4 ta mezon bilan farq qiladi:
Do‘konning jihozlari.
Mijozga xizmat ko‘rsatish darajasi.
Tovar assortimenti.
Savdoda xizmat ko‘rsatish xarakteriga ko‘ra.
Chakana savdo vositachilarini quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflash mumkin:
1. Do‘konga taalluqliligi bo‘yicha:
mustaqil chakana savdo qiluvchi do‘konlar (odatda, bir odam-
ning mulki hisoblanadi. Bu qoidaga ko‘ra savdo masalalarini do‘kon egasining o‘zi hal qiladi), xizmat ko‘rsatish darajasi yuqoriligi bilan ajralib turadigan uncha katta bo‘lmagan do‘konlar:
korporativ tarmoq o‘z ichiga ko‘p sonli do‘konlarni oladi. Mulkdor hisoblanadi. Bu turdagi chakana savdo tashkilotining bu turini afzalligi - yirik partiya tovarlariga buyurtma berish imkoniyati orqali transport xarajatlarini iqtisod qilish va soni bo‘yicha chegirma olish, tashkil etishning yuqori darajasi, sotishni rag‘batlantirish va bashorat qilish imkoniyati, tovar zaxiralari va narxlarni boshqarishdan iborat.
2. Xizmat ko‘rsatish darajasi bo‘yicha:
Xizmat ko‘rsatish cheklangan do‘konlar-avvaldan tanlangan tovarlar bilan savdo qiladi;
to‘liq xizmat ko‘rsatish yuqori do‘konlar — obro‘li do‘konlarga nufuzli tovarlarni sotish uchun taklif qilinadi va xaridorga qidirish, taqqoslash, har qanday masalada yordam, tanlashda maslahatlar beradi.
3. Savdo xizmati ko‘rsatish xarakteriga ko‘ra:
do‘konda sotish;
tovarni pochta yoki telefon orqali buyurtma bilan sotish;
elektron savdo;
tarqatib sotish;
savdo avtomatlari orqali savdo.
4.Tovar assortimenti bo‘yicha:
ixtisoslashgan do‘konlar;
universal do‘konlar;
kundalik ehtiyoj mollari do‘konlari;
keng tarmoqli universal do‘konlar.
Iste’mol koorperativlari – bu chakana savdo qiluvchi do‘konlar bo‘lib, ularni iste’molchilarning o‘zlari boshqaradi va egalik qiladi (ko‘proq oziq – ovqat bozorlarida). Ko‘pincha iste’molchilarning o‘zlari do‘konlarda ma’lum vaqt ishlab beradi, bu esa savdo narxini sezilarli pasaytirish imkonini beradi.
Savdo kooperativlari– mustaqil do‘konlar tarmog‘i bo‘lib, odatda, tovarlarni bitta ta’minotchining o‘zidan xarid qiladi. Ularning afzalligixaridorlarning ko‘z oldida, ularni ancha past narxlar bilan jalb etuvchi (yetkazib beruvchidan xarid qilinganda, miqdori uchun chegirmalar hisobidan) yirik savdo tarmog‘ini yaratishi.
O‘z-o‘ziga xizmat qilish do‘konlari – kundalik ehtiyoj tovarlarini realizatsiya qiladi.
Chakana savdo taqsimlashning barcha bo‘g‘inida o‘nta xaridordan yettitasi u yoki bu tovar foydasiga, aynan ularning taqdim etilgan assortimentlarini ko‘rish, tovarning xarid qiymatini baholash va be vosita asosiy do‘konning o‘zida taqqoslash kerak bo‘lsa, maslahat so‘rab, sotuvchiga murojaat qilishi savdoni amalga oshirishning isbotiga aylanadi. Aynan chakana savdo xaridorlar bilan doimiy muloqotda bo‘ladi, turli tovar va markalarga ularning ta’sirini ko‘radi va yangi kombinatsiya va tovar guruhlarini tuzib, tovarning tez sotilishini boshqaradi. Chakana savdo bilan shug‘ullanuvchilar tovarlar va xizmatlar bevosita yakuniy iste’molchilarning shaxsan iste’mollari uchun sotish bo‘yicha hamma turdagi faoliyatni bajaradilar. Chakana savdo do‘konlarida xaridor muomalasini boshqarish merchendayzing deyiladi.
Chakana savdoning asosiy hajmi chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar orqali, kam qismi to‘g‘ridan – to‘g‘ri marketing, shaxsiy savdo va savdo avtomatlari yordamida sotishni o‘z ichiga oluvchi do‘kondan tashqari chakana savdo yo‘li bilan olib boriladi.
Chakana savdo qiluvchi tovarni ulgurji savdodan yoki ishlab chiqaruvchidan sotib oladi.
11.3.Tovar harakati funksiyasi
Marketingning eng muhim qismi mahsulotni sotish va taqsimlash jarayonida ishlab chiqarilgan mahsulotni iste’molchiga yetkazishni hal etish. Sotish siyosati - iste’mol tovarlarini yetkazib berishning ehtimoli kutilgan variantlarni tahlil qilish va xo‘jalikning yuqori samarasiga erishishini ta’minlaydigan mahsulot taqsimotining hamma shaxobchalarida eng maqbul variantni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Sotish siyosati – korxonaning taqsimlash miksi bo‘yicha marketing kompleksini ishlab chiqish va realizatsiya qismi bo‘yicha chora-tadbirlarini o‘z ichiga oladi. Bu chora-tadbirlar marketing subyektlarini sotuvga mo‘ljallangan tovar va xizmatlarini kerakli miqdorda va tegishli sifatda, aniq vaqtda tegishli joyga yetkazib berishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bu vazifalarning bajarilishi firmani rejalashtirilgan foydani olishga olib keladi. Sotish siyosatida qaror qabul qilishning asosiy mezonlari tovar aylanmasi hajmi, bozor ulushi va boshqalar qabul qilinadi. Bu jarayonda tovarlarning saqlanish muddati ularni tarqatish vaqtiga bevosita ta’sir etuvchi omil hisoblanadi. Sotuv kanallarining imiji, taqsimlash kanallarida ishtirok etuvchi subyektlarning kooperatsiya darajasi, tijoratda tavakkalchilik xavfinik amaytirish, taqsimlash kanallarining egiluvchanlik hayotiylikligini uzoq ta’minlash juda muhim hisoblanadi.
Savdo siyosatining vazifasi – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni samarali sotish uchun optimal savdo tarmoqlarini va tovarlarning harakatlanish tizimini tuzishdir.
Jahondagi ko‘plab marketologlar maqsadli bozor va optimal savdo natijaviyligiga tovar harakatlanishining ta’sirini narx siyosatiga nisbatan yuqori, deb hisoblaydi. Yaponiyalik mutaxassislar umumiy marketing tizimida savdo siyosati muhimligini ta’kidlab, tovarning va firmaning bozordagi raqobat poydevorini oshirish bo‘yicha barcha marketing kuchlarining asosi – o‘zagi, deb hisoblaydilar.
Marketing kompleksi tizimida savdo siyosati quyidagi qarorlarni qabul qilishni ko‘zda tutadi:
savdo va tovar harakati strategiyalarini firmaning umumiy marketing strategiyasi bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlash;