chiqilgan yoki oxirgi marta elektron tarzda kо‘rsatkichlarni olingan kundan boshlab, biroq da’vo
muddatidan ortiq bо‘lmagan muddatda amalga oshiriladi;
Hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdori qiymatini hisob-kitob qilishda qoida buzish
aniqlanishidan oldingi davr uchun amaldagi tо‘lovlar hisobga olingan holda, qayta hisob-kitob amalga
oshirilayotgan vaqtdagi tarif qо‘llaniladi. Bunda I tarif guruhidagi Iste’molchilar uchun hisobga olinmagan
elektr energiyasi miqdorining qiymati yagona elektr energetikasi tizimining maksimal yuklanish soatlarida
amal qiladigan tarif bо‘yicha hisob-kitob qilinadi.
Elektr energiyasini hisobga olish Iste’molchining aybisiz vaqtinchalik buzilganda yetkazib berilgan
elektr energiyasi uchun hisob-kitob Ta’minotchi korxonaning qarori bо‘yicha, hisobga olish buzilishiga
qadar bо‘lgan oldingi hisob-kitob davridagi yoki hisobga olish tiklangandan keyingi davrdagi о‘rtacha
sutkalik sarf bо‘yicha amalga oshiriladi.
Elektr energiyaning о‘rtacha sutkalik sarfi bо‘yicha hisob-kitob qilish davri bir oydan oshmasligi
kerak va shu vaqt ichida hisobga olish tiklanishi zarur.
Agar, elektr energiyani hisobga olish priborini obyektiv sabablarga kо‘ra, kо‘rsatilgan muddatda
(о‘lchash transformatorining, hisobga olish priborining yо‘qligi, о‘tib bо‘lmaydigan yо‘llar va shu kabilar
tufayli) tiklash imkoniyati bо‘lmasa, iste’molchiga yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob
qilish tartibi va hisobga olishni tiklash muddati iste’molchi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasining
о‘zaro kelishuvi bilan belgilanadi.
Elektr energiyasidan foydalanishda Iste’molchi tomonidan yо‘l qо‘yilgan qoidabuzilishlar
Ta’minotchi korxona vakili va Iste’molchi tomonidan imzolangan ikki nusxadagi belgilangan shakl
bо‘yicha dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi Iste’molchiga beriladi va Ta’minotchi
korxona tomonidan ushbu Qoidalarni buzgan Iste’molchi elektr qurilmalari tarmoqdan uzib qо‘yiladi.
Iste’molchi dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, qoida buzish dalolatnomasida
iste’molchini tanishtirganlik tо‘g‘risida belgi qо‘yiladi.
Dalolatnoma tuzilgandan sо‘ng Ta’minotchi korxona Iste’molchi ishtirokida 10 kunlik muddatda
dalolatnomaga asosan Iste’molchi tomonidan amalga oshirilgan qoidabuzarlik bо‘yicha tegishli hisob-
kitob kо‘rib chiqiladi va uning natijasida qoidabuzarlik Iste’molchiga tо‘liq asoslantiriladi. Iste’molchi
tomonidan Ta’minotchi korxonaga tо‘lashi lozim bо‘lgan hisob-kitobni batafsil tushuntirgan holda hisob-
kitobning bir nusxasini taqdim etishi lozim.
Iste’molchi Ta’minotchi korxona tomonidan qо‘yilgan qoidabuzarlikka (ayblovga) va hisob-
kitobga norozi bо‘lgan taqdirda belgilangan tartibda tegishli idoralarga hamda sudga murojaat qilish
huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: