Toshkent hetk


VI. Elektr energiyasini cheklash yoki uzib qо‘yish shartlari



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana18.02.2022
Hajmi0,55 Mb.
#455552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ULGURJI ISTE

 
VI. Elektr energiyasini cheklash yoki uzib qо‘yish shartlari 
6.1. Quvvat va elektr energiyasi iste’moli bо‘yicha cheklash va uzib qо‘yish jadvallari hududiy 
elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan iste’molchilar bilan birgalikda ishlab chiqiladi, mahalliy davlat 
hokimiyati idoralari bilan kelishiladi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tasdiqlanadi va yagona 
elektr energetika tizimida elektr quvvati va energiya tanqisligi paydo bо‘lganda joriy etiladi. Bunda 


Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 24 dekabrdagi 277-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliyalar 
subyektlari tomonidan majburiy xizmat kо‘rsatilishi kerak bо‘lgan iste’molchilar rо‘yxatida qayd etilgan 
Iste’mochilarga asosiy faoliyatini yoki asosiy funksiyalarni amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan eng kam 
darajada yetkazib berilishi nazarda tutiladi.
6.2. Elektr energiyasini cheklash va uzib qо‘yish jadvallari iste’molchining texnologik va avariya 
bronini aniqlash dalolatnomasiga asosan, joriy yilning 1 oktabridan keyingi yilning 1 oktabrigacha bо‘lgan 
davr uchun tuziladi hamda jadvallarga kiritilgan barcha iste’molchilar uchun ularni bajarish majburiy 
hisoblanadi. 
Jadvallarning quyidagi turlari tuziladi: 
yagona elektr energetika tizimida yoqilg‘i yoki gidroresurslar yetishmaganda elektr energiyasini 
(kVt*soatda) cheklash jadvali. Jadvalda elektr energiya iste’molini iste’molchilarning texnologik 
bronigacha, keyinchalik esa avariya bronigacha (cheklashga mansub bо‘lmagan obyektlardan tashqari) va 
bunda iste’molni 5 ta navbatga bо‘lgan holda qisqartirish nazarda tutilishi lozim; 
yagona elektr energetika tizimida quvvat yetishmaganda quvvatni (kVtda) cheklash jadvali. 
Jadvalda yagona elektr energetika tizimining ertalabki va kechki eng katta yuklamalari yuzaga keladigan 
soatlarda iste’mol qilinadigan quvvatni iste’molchilarning avariya bronigacha kamaytirish va bunda 
iste’mol qilinadigan quvvatni 5 ta navbatga bо‘lish nazarda tutilishi lozim; 
quvvat taqchilligi yuzaga kelishi natijasida avariya xavfi paydo bо‘lganda va cheklash jadvallarini 
joriy qilish imkoniyati bо‘lmaganda, quvvatni cheklash jadvali. Jadvalda uzib qо‘yilishi mumkin 
bо‘lmagan obyektlardan tashqari, yagona elektr energetika tizimi iste’molchilarini tо‘liq uzib qо‘yish va 
uzib qо‘yiladigan quvvatni 5 navbatga bо‘lish nazarda tutilishi lozim. 
Elektr energiyasini cheklash va uzib qо‘yish jadvallari elektr stansiyalari va elektr tarmoqlari 
uskunalarining yо‘l qо‘yib bо‘lmaydigan sharoitlarda ishlashining oldini olish, yagona elektr energetika 
tizimining barqaror parallel ishlashini ta’minlash, avariyalar yuzaga kelishining oldini olish hamda 
iste’molchilarning tartibsiz uzib qо‘yilishini bartaraf etish maqsadida yagona elektr energetika tizimida 
elektr energiyasi va quvvat tanqis bо‘lgan hollarda tuziladi. 
6.3. Cheklash va uzib qо‘yish jadvallarini amalga kiritish tartibi quyidagilar: 
elektr energiyasi va quvvatni cheklash va uzib qо‘yish jadvallari “О‘zbekiston milliy elektr 
tarmoqlari” AJ rahbari farmoyishi bilan amalga kiritiladi. Dispetcherlik boshqaruvining barcha 
darajalarida elektr energiyasini cheklashni joriy etish farmoyishi operativ jurnalda cheklash hajmi, 
cheklash boshlanadigan va tugaydigan vaqt qayd etilgan holda beriladi; 
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchilarga keyingi sutkalarda elektr energiyasini 
cheklash jadvallarining amalga kiritilishi tо‘g‘risida joriy sutkaning soat 14
00
dan kechiktirmay, cheklash 
hajmi, cheklash boshlanadigan va tugaydigan vaqtini kо‘rsatgan holda ma’lum qiladi. 
Elektr energiyasini cheklash jadvallarini zudlik bilan joriy etish zarur bо‘lganda, bu haqidagi 
bildirishnoma sutkaning vaqtidan qat’i nazar, cheklashning amal qilishi boshlanishidan 1 soat oldin 
iste’molchilarga yetkaziladi. 
Uzib qо‘yish jadvallari iste’molchilar tomonidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan uzib 
qо‘yish jadvallari joriy etilishi tо‘g‘risidagi bildirishnoma olingandan keyin darhol joriy etiladi. 
Iste’molchilar – cheklash va uzib qо‘yish jadvaliga kiritilgan, shu jumladan uzluksiz ishlab 
chiqarish texnologik jarayoniga ega korxonalar, tashkilotlar va muassasalar (cheklash va uzib qо‘yilishi 
mumkin bо‘lmagan obyektlardan tashqari) cheklash va uzib qо‘yish jadvallarining hududiy elektr 
tarmoqlari korxonalari tomonidan kо‘rsatilgan muddatda sо‘zsiz bajarilishini tashkil etishi shart. Aks 
holda, ular uzib qо‘yish va cheklash jadvallari bajarilmaganligi tufayli yagona elektr energetika tizimi 
markazlaridan majburiy uzib qо‘yish natijasida yuzaga keladigan oqibatlar uchun qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda javob beradi. 
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasi va quvvatini cheklash jadvallarini amalga 
kiritish tо‘g‘risidagi farmoyish iste’molchilar tomonidan bajarilmaganda, ularni ogohlantirgandan sо‘ng 
elektr energiyasi va quvvat iste’molining belgilangan darajada kamayishini ta’minlovchi miqdorda elektr 
energiyasi yetkazib berilishini majburiy ravishda cheklaydi. 
Bu boradagi texnologik jarayonlar buzilishining oqibatlari uchun javobgarlik Iste’molchi korxona 
rahbarlari zimmasiga yuklanadi. 


6.4. Qoidalarda nazarda tutilmagan sabablarga kо‘ra Iste’molchilarni elektr energiyasidan 
о‘chirganlik uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq 
iqtisodiy choralar qо‘llaniladi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish