Toshkent farmatsevtika instituti



Download 5,51 Mb.
bet204/410
Sana22.08.2021
Hajmi5,51 Mb.
#153332
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   410
Bog'liq
Микробиология мажмуа 2020-2021

Bakteriologik tekshiruv. Tekshiriluvchi materialdan sof kultura ajratib olish uchun material maxsus elektiv — ivitilgan qon zardobli agarga va Klauberg muhitiga (tellurit natriyli oziqli agarga gliserin va fibrinsizlantirilgan qon qo’shilgan) ekiladi (sxema 7). Bu muhitlarda kokklar va tomoqda uchraydigan boshqa mikrofloralarning o’sishi to’xtatilib, bo’g’ma bakteriyalarining o’sishi uchun esa imkon yaratiladi. Ekmalar termostatga 37°S 18-48 soat qo’yiladi.

2-kun. Bo’g’ma tayoqchalari zardob qo’shilgan GPA yumaloq, mayda, markazi zichlashgan koloniyalarni hosil qiladi. Koloniyalar baravar o’sganda muhit yo‘zasi saxtiyon terisini eslatadi. Bu muhitda o’sgan koloniyalardan surtma tayyorlanib Gram, Neysser usullarida bo’yaladi, surtmada tipik bo’g’ma tayoqchalari topiladi.

Telluritli muhitda (bu muhit bo’g’mani ko’payishini ham sekinlashtiradi, 24 soat ichida koloniyalari o’smasligi mumkin, shuning uchun 48 soatga termostatda qoldiriladi) bo’g’ma bakteriyalari, telluritni metal telluritgacha qaytaradi va muhitda koloniyalari qora jigarrang bo’lishi mumkin. Bu muhitda bo’g’ma qo’zg’atuvchisi kultural xususiyati bo’yicha 3 biovari tafovut qilinadi: gravis biovari kulrang qora rangdagi yo‘zasi radial markazdan periferiyaga ketgan chiziqchali, ko’rinishi “Margarit” guliga o’xshash (R-koloniya); mitis tipi esa — mayda, yumaloq, bo’rtgan yo‘zasi silliq, qirralari (S-koloniya); intermedius mayda, quruq, qora kulrang chetlari notekis (RS yoki SR yaqin). Oxirgi yillarda bo’g’maning to’rtinchi biovarini (bilfantis) ham tafovut qilishmoqda. Bu biovar mitis tipiga yaqin turadi (76-rasm). Telluritli muhitda o’sgan koloniyalardan odatda surtma tayyorlab, bo’yab o’rganilmaydi, chunki tellurit bakteriyalar morfologiyasiga ham ta’sir etib, ularni o’zgartirishi mumkin. Sof kulturasini ajratib olish uchun zardob qo’shilgan GPA ekiladi (zardob qo’shilgan muhitlarda qo’zg’atuvchi o’zining morfologik va boshqa xususiyatlarini tiklab oladi) va termostatga qo’yiladi.



3-kun. Ajratib olingan kulturalar o’ziga o’xshash, ammo pa­togen bo’lmagan korinobakteriyalardan morfologik xususiyatlari, saxaroza, glyukoza, kraxmallarni parchalashi, sistinaza fermenti va toksi­genlik va antigenlik xususiyatlari bo’yicha farqlanadi (50-jadval).

Bo’g’ma bakteriyalarining toksin ishlab chiqarish xusu­siyatlarini aniqlash diagnostikada eng muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi, chunki bo’g’ma qo’zg’atuvchisini tabiatda ikki xil shtammi uchraydi. Birinchisi toksigen odamda bo’g’ma kasalligini keltirib chiqaradi, ikkinchi tip shtammi esa toksigen bo’lmasligi mumkin, amaliy ahamiyati yo’q. Shuning uchun bo’g’maning toksigenligi albatta aniqlanadi va shu asosda asosiy tashhis qo’yiladi. Oxirgi yillarda bo’g’maning toksigenlik xususiyatini aniqlashni birqancha usullari taklif qilingan (laboratoriya hayvonlarida, hujayra kulturasida va gelda diffo‘ziya presipitasiya reaksiyasi). Amaliyotda ko’proq gelda diffo‘ziya presipitasiya reaksiyasi qo’llaniladi.




Download 5,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish