1.5.1-rasm. Retseptni ekspertiza qilish
Retsept yozishda tibbiyot xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarni
quyidagicha guruhlash mumkin:
1.
retsept tarkibidagi moddalarning nomini yozishdagi xatolik (lotin tilida,
qisqartirishlar, tushunarsiz yozuvlar).
2.
dozasidagi xatoliklar (dozalarning noaniqligi, foiz ko‘rsatkichini tushunarsiz
yozilgani).
3.
tavsiya qilishdagi xatolik (noto‘g‘ri tavsiya kilingan)
4.
rasmiylashtirishdagi xatolik (noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan).
bunday retseptlarga “retsept o‘z kuchini yo‘qotgan” deb muhr bosiladi va maxsus
jurnalda kayd qilinadi.
Retseptlarni ekspertiza qilish, ro’yhatga olish va berish tartibi
ar bir retseptda asosiy va majburiy rekvizitlar bo’lishi shart: DPM shtampi,
retsept yozsib berilgan sana, kasalning familiyasi, ismi, Yoshi, shifokorning
famioliya ismi, dori vositasining nomi, shifokorning shaxsiy muhri va imzosi.
Qo’shimcha rekvizitlarga dori vositasi tarkibi va retseptura blanka formasi
kiradi.
Retseptni taksirovka qilish – bu retsept tarkibidagi ingredientlarning har biri
narxini xisoblash hamda quyidagi jadvalga muvofiq ravishda haq olish demakdir.
Retseptni ekspertiza qilish – bu retseptni qabul qilayotganda tekshirish, dozasiga
ahamiyat berish, tayyorlash, saqlash va boshqa jarayonlarni har tomonlama nazorat
qilish.
Dori preparatlarini berishga qo’yiladigan umumiy talablar.
Dori preparatlarini berish tartibi, dorixonada olib qolinadigan retsept
blankalarini saqlash muddatlari
Dorixonada retseptlar o‘z ta’sir kuchini saqlash muddatiga ega bo‘ladi.
Narkotik dori vositalari yozilgan retseptlar 7 kun davomida o‘z kuchini
saqlaydi.
Zaharli dori vositalari saqlagan retseptlar ham 10 kun.
Qolganlari esa 1 oygacha o‘z kuchini saqlaydi.
Tayyor va yakka tartibda tayyorlanadigan dori vositalariga yozilgan retseptlar
surunkali kasallik bilan og‘rigan bemorlar uchun bir yil mobaynida o‘z kuchini
saqlash muddatiga ega. quyidagilar bundan mustasno:
-
miqdoriy hisobda turuvchi dori vositalari;
- anabolik aktivlikka ega bo‘lgan dori vositalari;
- bepul retsept bilan beriladigan dori vositalari;
yakka tartibda tayyorlanadigan spirt saqlovchi dori vositalari
Dorixonada olib qolinadigan retseptlarning saqlanish muddati belgilangan.
bepul tarzda berilgan dorilar uchun yozilgan retseptlar dorixonada 3 yil, narkotik
dorilar uchun yozilgan maxsus pushti rangdagi retsept bosma qog‘ozi 5 yil, zaharli
hamda etil spirti saqlovchi, bangidevona ta’siriga ega bo‘lgan preparatlar, anabalik
dori vositalari uchun yozilgan retseptlar bir yil davomida boshqa retseptlar bir oy
muddatida saqlanadi.
«O‘zbekiston
respublikasi
sog‘liqni
saqlash
tizimini
tubdan
takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2018 yil 7
dekabrdagi PF-5590-son farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi
sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-
tadbirlar to‘g‘risida» 2018 yil 7 dekabrdagi PF-5590-son Farmoniga muvofiq
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim
qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan
normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach
kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi
Bosh vazirining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. SHadmanov zimmasiga
yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-son qarori bilan
tasdiqlangan Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish
tartibi to‘g‘risida nizomda(O‘zbekiston Respublikasi QT 2017 y., 14-son, 228-
modda):
a) 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Elektron tijorat orqali faqat retseptsiz beriladigan dori vositalari va tibbiy
buyumlarni realizatsiya qilish, saqlash va etkazib berishda ularning xavfsizligini
ta’minlash, shuningdek, hujjatli va elektron rasmiylashtirish tartibi va talablariga
qat’iy rioya qilgan hamda qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda
amalga oshirishga ruxsat etiladi»;
b) 5-band quyidagi mazmundagi o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar
bilan to‘ldirilsin:
«xalqaro patentlanmagan nom — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
tomonidan dori vositasi tarkibidagi faol dori moddasi (substansiyasi)ning
qisqartirilgan nomini berish orqali dori vositasini identifikatsiya qilish;
elektron retsept — yagona elektron retseptlar ma’lumotlar bazasini
shakllantirish va vrachning farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassisga
dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qo‘llanilish usuli
to‘g‘risidagi ko‘rsatmasini tezkor ravishda olish imkonini beruvchi elektron
shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron
hujjatning uni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega
bo‘lgan elektron hujjat. Elektron retsept axborot texnologiyalari va axborot
tizimlari xizmatlari hamda texnik vositalardan foydalangan holda yaratiladi,
qayta ishlanadi va saqlanadi»;
v) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
«6. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishda
davlat standartlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari
talablariga, yong‘in xavfsizligi qoidalariga, mehnat muhofazasi qoidalariga,
texnika xavfsizligi qoidalariga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ta’minlanishi kerak»;
g) 8-bandda:
birinchi xatboshiga «Dorixona filialining mudiri» so‘zlaridan keyin «oliy
yoki o‘rta maxsus» so‘zlari qo‘shilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
«Dori vositalarini chakana realizatsiya qilishga faqat farmatsevtik
ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislarga ruxsat etiladi»;
d) 15-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
«Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni elektron
tijorat orqali chakana realizatsiya qilish taqiqlanadi»;
e) 26-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
«Vrach retseptlari asosida beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar
hamda ular haqidagi ma’lumotlarni dorixonaning peshtaxtasi va xaridorlar
uchun ko‘rinadigan boshqa joylarga qo‘yish ta’qiqlanadi»;
j) 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
«27. Dori vositalarini chakana realizatsiya qilish shakli O‘zbekiston
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan retseptlar,
shu jumladan, elektron retseptlar bo‘yicha yoki O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan, retseptsiz beriladigan dori vositalari
ro‘yxatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Dori vositalarini elektron retseptlar asosida chakana realizatsiya qilish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining «Farmatsevtika
mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimi»
orqali amalga oshiriladi»;
z) quyidagi mazmundagi 291-band qo‘shilsin:
«291. Dori vositalari (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va
prekursorlar bundan mustasno) va tibbiy buyumlarni elektron tijorat orqali
chakana realizatsiya qilishda dorixonalar tegishli veb-saytlar va (yoki) mobil
ilovalarda quyidagi ma’lumotlarni joylashtirishga majburdir:
yuridik shaxsning to‘liq nomi, tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan holda;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, tadbirkorlik
sub’ektining identifikatsiya raqami;
joylashgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzili, bog‘lanish
telefon raqami;
litsenziyaning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (raqami, amal qilish
muddati, litsenziyani berishga vakolatli organning nomi);
realizatsiya qilinayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlar haqidagi
ma’lumotlar (xalqaro patentlanmagan va savdo nomi, chiqarilgan shakli, dozasi,
seriyasi, yaroqlilik muddati, ishlab chiqargan davlat (etkazib beruvchi), qo‘llash
bo‘yicha yo‘riqnoma, chakana realizatsiya narxi, savdo ustamasi miqdori,
muvofiqlik sertifikati (belgilangan tartibda majburiy sertifikatsiyalanadigan dori
vositalari va tibbiy buyumlar uchun);
realizatsiya qilinayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlar analoglari
haqidagi ma’lumotlar;
hisob-kitob shakli, etkazib berish tartibi va narxi»;
i) 31-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
«31. Vrach retsepti bo‘yicha dori vositasini berish retseptda qayd etilgan
xalqaro patentlanmagan nom asosida amalga oshiriladi. Bunda dori vositalarini
berish normasi vrach retseptiga muvofiq belgilanadi»;
k) quyidagi mazmundagi 311-band qo‘shilsin:
«311. Retsept asosida dori vositasini berishda dorixonaning farmatsevt
xodimi retseptning yirtma koreshogiga berilgan dori vositasining nomi, seriya
raqami, farmatsevt familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, uni imzolaydi va
dorixonaning shtampi qo‘yilgan holda bemor (uning qarindoshlari yoki uning
holidan xabar oluvchi shaxs)ga topshiradi, retsept dorixonada qoldiriladi.
Retsept asosida tayyorlab berilgan dori vositalarini berishda, qo‘shimcha
ravishda ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi dorixonada retseptlarni
qayd etish jurnaliga tegishli yozuvlar kiritiladi.
Retseptning yirtma koreshogi bemor (uning qarindoshlari yoki uning
holidan xabar oluvchi shaxs) tomonidan yo‘qotilgan yoki u yaroqsiz xolga kelib
qolgan xolatlarda dorixona xodimi tomonidan retseptning dorixonada
saqlanayotgan, yirtma koreshogi o‘rnini bosuvchi, tasdiqlangan nusxasi berilishi
mumkin.
Dori vositasini elektron retsept asosida berishda dorixonaning farmatsevt
xodimi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining «Farmatsevtika
mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot
tizimi»dagi tegishli maydonchalarga dori vositasining nomi, seriya raqami,
farmatsevtning familiyasi, ismi, otasining ismini kiritib, elektron raqamli imzo
bilan tasdiqlaydi»;
l) 34-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
«34. Favqulodda holatlarda, bemorning yashash joyidan jo‘nab ketishi,
vaqtincha ketishi dorixonaga muntazam qatnashining imkoni yo‘qligi va boshqa
shu kabi holatlarda dori vositalari retsept bo‘yicha uch oygacha bo‘lgan muddat
mobaynida qo‘llash uchun zarur miqdorda berilishiga yo‘l qo‘yiladi»;
m) 35-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
«Bunda retseptning yirtma koreshogi, unga ushbu Nizomga muvofiq
ma’lumotlarni kiritgan holda bemor (uning qarindoshlari yoki uning holidan
xabar oluvchi shaxs)ga qaytariladi»;
n) quyidagi mazmundagi 371-band qo‘shilsin:
«371. Retseptda ushbu Nizomga zid ravishda rasmiylashtirilgan yoki bir-
biriga nomutanosib dori vositalari ko‘rsatilgan bo‘lsa, dorixona tomonidan unga
«Retsept haqiqiy emas» shtampi bosiladi va bekor qilinadi. Bunda bekor
qilingan retsept haqidagi ma’lumotlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq
shakldagi noto‘g‘ri yozib berilgan retseptlarni dorixonada hisobga olish
jurnalida qayd etiladi va retseptni bergan davolash-profilaktika muassasasining
rahbariga noto‘g‘ri yozilgan retseptlar to‘g‘risida xabar beriladi hamda vrach
tomonidan berilgan retseptga nomutanosib dori vositalari dorixona tomonidan
berilganda, dori vositalari qaytariladi»;
o) quyidagi mazmundagi 391-band qo‘shilsin:
«391. Elektron tijorat orqali dori vositalari va tibbiy buyumlarni
realizatsiya qilishda, zarur hollarda dorixonalar tomonidan aholiga sotib olingan
dori vositalari va tibbiy buyumlarni etkazib berish mumkin. Bunda dori
vositalari va tibbiy buyumlarni etkazib berish dorixona xodimi — farmatsevtik
ma’lumotga ega mutaxassis bilan birga amalga oshirilishi kerak.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni etkazib berish uchun ularning sifati va
xavfsizligiga rioya etilishini ta’minlovchi dori vositalari va tibbiy buyumlarni
saqlash kamerasi bilan jihozlangan transport vositalaridan foydalaniladi.
Transport vositasi texnik soz va toza holatda tutilishi kerak. Tashish
jarayonida dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash kamerasida kerakli zarur
harorat, namlik, shuningdek, toza havo ta’minlab turilishi lozim.
O‘lchov uskunalariga kiruvchi asboblar foydalanishdan avval, shuningdek,
ta’mirlangandan so‘ng belgilangan tartibda birlamchi tekshiruvdan o‘tadi va
(yoki) qiyoslanadi, foydalanish jarayonida esa tekshiriladi va qiyoslanadi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni tashish shunday amalga oshirilishi
lozimki, bunda ularning sifat ko‘rsatgichlari yo‘qolmasligi hamda dori
vositalarining o‘ramlari va tibbiy qo‘llanilishi bo‘yicha yo‘riqnomalarda qayd
etilgan saqlash sharoitlariga rioya etilishi kerak.
Alohida saqlash haroratini talab etuvchi dori vositalarini tashish haroratni
doimiy ravishda kuzatib boruvchi qurilma bilan jihozlangan refrijerator uskunasi
yoki termokonteyner bilan jihozlangan transport vositasida amalga oshirilishi
kerak.
Dori vositalari va tibbiy buyumlar, ularning sifati, samaradorligi va
xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan hamda tashqi muhit ta’siridan
saqlovchi transport vositalarida tashiladi. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni
boshqa turdagi yuklar bilan birga tashish taqiqlanadi»;
p) 41-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
«41. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha dorixonalarda ushbu Nizom
talablariga rioya etilishini nazorat qilish dori vositalari va tibbiy buyumlarni
chakana realizatsiya qilishni litsenziyalashni amalga oshiruvchi hududiy
komissiyalarning ishchi organlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni
saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar
sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasiga yuklanadi»;
Do'stlaringiz bilan baham: |