Suvga nisbatan o`tkazuvchanlik oshadi
↓
Diurez pasayadi
↓
Siydikda Na+, Cl- konsentratsiyasi oshadi, zichligi oshadi
Vazopressin yuqori bo`lmagan kontsentratsiyalarda (1 kg tana massasiga 0,2ng) buyrak kanalchalari membranalari orqali suvning reabsorbtsiyasini oshirish yo`li bilan kuchli antidiuretik ta`sir ko`rsatadi. Normada gormon organizmda suv balansi va qon plazmasidagi osmotik bosimni boshqarib turadi. Gipofizning orqa qismi atrofiyasida buyrak kanalchalarida suvni qayta so`rilishi buzillishi oqibatida qandsiz diabet kasalligi rivojlanib, siydik bilan katta miqdorda suyuqlik ajraladi. Bemorlar vazopressin preparatlari bilan davolanadilar.
477
Oksitotsin sGMF orqali hujayra ichidagi Ca2+ kontsеntratsiyasini oshiradi, bachadon mushaklari qisqarishini kuchaytiradi. Yog` to`qimasiga insulinga o`xshash ta`sir ko`rsatadi (glyukoza transporti va triglitseridlar sintezini oshiradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |