1–usul. Mоchеvina hоsil bo`lishi. Aminokislota, azotli asoslar, biogen aminlar parchalanishi natijasida ajralib chiqqan ammiak karbonat angidridi, 2 molekula ATF va suv ishtirokida karbomoilfosfatga o`tadi. Undan mochevina sintezi siklida yana 1 molekula ATF sarflanib, mochevina sintezlanadi va u organizmdan siydik orqali chiqib ketadi. Mochevina organizm uchun zararsiz modda. Mochevina faqat jigarda sintezlanadi, chunki jigarda uning sintezi uchun kerak bo`lgan barcha fermentlar mavjud. Bosh miyada mochevina sintezi uchun barcha fermentlar bo`lgani bilan karbomoilfosfatsintetaza hosil bo`lmaydi. Agarda jigarni funktsiyasi o`zgarsa, mochevinani hosil bo`lishi va siydik bilan chiqarilishi kamayadi. Mochevina hosil bo`lish sikli – ornitin sikli deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |