72. Keng, tor, katta, kichik; Ushbu keltirilgan so’zlar sifatning qaysi turiga mansub.
+ hajm-o‘lchov, masofa bildiruvchi
- rang-tus bildiruvchi
- vazn-og‘irlik bildiruvchi
- maza ta’m bildiruvchi
73. Xushbo‘y, muattar, badbo‘y; Ushbu keltirilgan so’zlar sifatning qaysi turiga mansub.
+ hid bildiruvchi
- o‘rin va paytga munosabat bildiruvchi
- shakl-ko‘rinish bildiruvchi
- hajm-o‘lchov, masofa bildiruvchi
74. Og‘ir, yengil, vazmin; Ushbu keltirilgan so’zlar sifatning qaysi turiga mansub.
+ vazn-og‘irlik bildiruvchi
- rang-tus bildiruvchi
- maza ta’m bildiruvchi
- hajm-o‘lchov, masofa bildiruvchi
75. Yozgi, qishki, dastlabki, uydagi; Ushbu keltirilgan so’zlar sifatning qaysi turiga mansub.
+ o‘rin va paytga munosabat bildiruvchi
- shakl-ko‘rinish bildiruvchi
- rang-tus bildiruvchi
- maza ta’m bildiruvchi
76. Yapaloq, tekis, dumaloq; Ushbu keltirilgan so’zlar sifatning qaysi turiga mansub.
+ shakl-ko‘rinish bildiruvchi
- o‘rin va paytga munosabat bildiruvchi
- hajm-o‘lchov, masofa bildiruvchi
- rang-tus bildiruvchi
77. Rejali ish buzilmas. Ushbu keltirilgan gapda sifatni aniqlang.
+ Rejali ish
- buzilmas
- ish
- Rejali ish buzilmas
78. Bizning armiyamiz qanday armiya? Savolga javob bering. Javobingizda berilgan sifatlardan foydalaning.
+ qudratli
- quvnoq
- chiroyli
- chaqqon
79. Bizning hayotimiz qanday? Savolga javob bering. Javobingizda berilgan sifatlardan foydalaning.
+, go’zal
- quvnoq
- chaqqon
- qudratli
80. Qanday shamol esyapti? Savolga javob bering. Javobingizda berilgan sifatlardan foydalaning.
+ mayin
- quvnoq
- chaqqon
- qudratli
Fanni o’qitishda pedaqoqik texnologiyalardan foydalanish
Ta’lim va tarbiya jarayonida talabalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish asosiy o‘ringa ko‘tarilishi zamon talabidir. Pedagogika texnologiya ta’lim jarayonida mustaqil ishlashga o‘rgatishni va mustaqillik ta’lim jarayonining asosini tashkil etishining an’anaviy og‘zaki bayon etish ustunlik qiladigan usuldan voz kechib, talabalarni ko’proq mustaqil ta’lim olishga undashdan iboratdir. Darsda rejalashtirilgan bilimni o‘zlashtirishga intilish talabaning shaxsiy vazifasiga aylanishi, ta’limda talaba faol ishlaydigan usullarni yaratish pedagogic texnologiyaning asosiy vazifasidir. Pedagogik texnologiyani yaratishni va amaliyotga joriy etishni pedagogic amaliyot talab etmoqda. Chunki bugungi kunda keng qamrovli fikr yurita oladigan, mustaqil ilm olish yo‘llarini egallagan va o‘z bilimini hayotda mustaqil qo‘llay oladigan shaxs talab etiladi.
Ta’lim jarayoniga texnologik yondashish talabalarni yanada keng qamrovli fikrlashga, mustaqil bilim olishga, o‘qituvchi bilan hamkorlikda faol ishlashga da’vat etadi.Bu muammolarni echishda ta’limning interraktiv usullaridan samarali foydalanish mumkin. Ingliz tilidan mavzularni o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarida: “Oxford platinum”, “Encarta encyclopedia” va boshqa dasturlardan hamda pedagogik texnologiyaning “aqliy hujum”, klaster, muammoli mashqlar asosida dars o‘tilganda talabalarning darsda faol ishtirok etishi, qiziqib ishlashi, bilimini yaxshi o’zlashtirib olishi, o‘z imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishi mumkin.
Zamonaviy pedagogik texnologiyaning interfaol usullaridan foydalanilganda talabalar asosli va puxta bilim oladi, bilimlarni o‘zlashtirishda faollik ko‘rsatadi va ta’limda aniq kafolatlangan bilimlarga ega bo‘ladi.
«INSERT» jadvali
Do'stlaringiz bilan baham: |