t/r
|
Mavzular nomi
|
Jami
soat
|
Ma’ruza
|
Amaliy mashg‘ulot
|
TMI
|
Jami
|
1
|
“Nutq madaniyati” fanining mazmuni, maqsad va vazifalari
|
4
|
2
|
2
|
5
|
9
|
2
|
Nutq madaniyati va notiqlik san’ati tarixi
|
4
|
2
|
2
|
5
|
9
|
3
|
Antik davr notiqlari
|
4
|
2
|
2
|
-
|
4
|
4
|
Sharq mutafakkirlarining nutq madaniyatiga oid qarashlari
|
4
|
2
|
2
|
-
|
4
|
5
|
Nutq madaniyatini o‘stirish va notiqlik san’atining turlari.
|
4
|
2
|
2
|
4
|
8
|
6
|
Nutqning ifoda-tasviriy vositalari va adabiy me’ros
|
4
|
2
|
2
|
4
|
8
|
7
|
Tibbiyot xodimining nutqiy madaniyati va uslubshunoslik
|
4
|
2
|
2
|
-
|
4
|
8
|
Nutqning kommunikativ va boshqa sifatlari
|
4
|
2
|
2
|
-
|
4
|
9
|
Til va nutq. Nutq odobi muammolari.
|
4
|
2
|
2
|
-
|
4
|
10
|
Nutq madaniyatini oshirishning jamiyatimiz taraqqiyotidagi ahamiyati
|
4
|
2
|
2
|
-
|
4
|
Jami
|
40
|
20
|
20
|
18
|
58
|
Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Asosiy qismda (ma’ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo‘yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar to‘la qamrab olinishi kerak.
Asosiy qism sifatiga qo‘yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, nutq madaniyatini oshirishning samarali yo‘llari, sharq mutafakkirlarining notiqlik mahorati, Yevropa notiqlarining nutq va notiqlik haqidagi qarashlari, talabalarning og‘zaki va yozma nutqlarini shakllantirish, ularda notiqlik mahoratini oshirishning samarali yo‘llari qamrab olinishi hamda fan va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlari e’tiborga olinishi tavsiya etiladi
Ma’ruza mashg‘ulotlari
“Nutq madaniyati” fanining mazmuni, maqsad va vazifalari
Nutq madaniyati fanining maqsadi, vazifalari. Nutq madaniyati tushunchasi mazmunini tavsiflash. Nutq madaniyati kursining ahamiyatini ko‘rsatish. Nutq madaniyatiga dunyo miqyosida e’tibor berilayotgani ifodalash. Nutq madaniyatining asosiy mezonlarini ta’riflash. Nutq madaniyatining boshqa fanlar bilan aloqasini ifodalash. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlarida til va nutq madaniyatiga berilayotgan e’tiborni ifodalash. Notiqlikning lug‘aviy va istilohiy ta’rifi. Notiqlikning hozirgi davrdagi ahamiyati. Notiqlik fanining maqsadi.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, aqliy xujum, T-sxemasi, o‘z- o‘zini nazorat.
Nutk madaniyati va notiklik san’ati tarixi
Nutq madaniyati va uning so‘z san’atidagi o‘rnini tavsiflash. Nutq madaniyati haqida turli tushuncha va xulosalarni keltirish. Qadimgi Yunoniston va Rimda notiqlik tarixini tavsiflash. Sharqda va Markaziy Osiyoda notiqlik to‘g‘risida tushuncha berish. Yevropada notiqlik tarixidan namunalar keltirish.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, aqliy xujum, T-sxemasi, o‘z- o‘zini nazorat.
Antik davr notiqlari
Yevropada nutq madaniyati haqida turli tushuncha va xulosalarni keltirish hamda notiqlik san’atining paydo bo‘lishi, tarixiy – madaniy shart-sharoitlari. Qadimgi Yunoniston va Rimda notiqlik tarixini tavsiflash. Yevropada notiqlik tarixidan namunalar keltirish. Notiqlik san’atining rivojlanishiga hissa qo‘shgan mutafakkirlar Lisiy, Demosfen, Sitsiron, Aristotel, Platonlarning til va nutq hamda notiqlik haqidagi qarashlari.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, aqliy xujum, T-sxemasi, o‘z- o‘zini nazorat.
Sharq mutafakkirlarining nutq madaniyatiga oid qarashlari
Markaziy Osiyoda nutq madaniyati va notiqlik san’atining rivojlanish bosqichlari. Sharq mutafakkirlari Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Maxmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur kabilarning nutq madaniyatiga doir qarashlari; Bahovuddin Valad, Jaloliddin Rumiy, Xusayn Voiz Koshifiy, Mu’iniddin Voiz, Voiz Xoraviy, Zayniddin Vosifiy, Voiz Kazviniy, Mullo Kalon Voiz Samarqandiyning voizlik san’ati; Maxmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Ashurali Zohiriy kabilarning tilning sofligi va nafosati, nutqning go‘zalligi to‘g‘risidagi fikrlari; Cho‘lpon, Abdulla Qahhor, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qodiriy, Abdulla Oripov, Erkin Vohidovlarning so‘z qo‘llash san’ati; jahon zamonaviy intellektual olamida so‘z qo‘llash, notiqlik sirlari, muloqot madaniyatiga daxldor sara qarashlari.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, aqliy xujum, T-sxemasi, o‘z- o‘zini nazorat.
Do'stlaringiz bilan baham: |