41
yili esa Ermingem botulizm qo`zgatuvchisida toksin bo`lishini topdi. Toksinlar kashf etilib,
tasvirlab berilganidan keyin ularni zo`r berib o`rganishga kirishildi va o`tgan asrning oxirlarida
ularga qarshi ta’sir ko`rsatadigan ziddi-zaxarlar — spetsifik antitoksik zardoblarni olish mumkin
bo`ldi va bular davolash uchun ishlatib ko`rildi. X,ozirgi vaqtda bakteriyalarning ekzotoksinlari
va endotoksinlari tavofut qilinadi, bular ximiyaviy tarkibi va barcha xossalari jixatidan bir-
biridan farq qiladi.
Ekzotoksinlar — mikroblar organizmda yashar turgan chog`ida xam, oziq muxitlarida
o`stirilganida xam tashqi muxitga ular tomonidan ajratib chiqariladigan oqsillardir. Grammusbat
mikroblar: difteriya, qoqshol, botulizm va gazli gangrena qo`zgatuvchilari juda kuchli
ekzotoksinlar ishlab chiqaradi. Ekzotoksinlar yuqori temperatura ta’sirida parchalanib ketadi, ular
termolabildir. Formalin ta’siri bilan xam ularning zaxarli xususiyatini susaytirish mumkin,
formalin ta’siri natijasida ekzotoksinlar zaxarligini yoqotib yuboradi, lekin organizmga
yuborilganida ziddi-zaxarlar — antitelolar ishlab chiqarishga olib boradigan xususiyatini saqlab
qoladi. Ana shunday preparatlar anatoksinlar deb ataladigan bo`ldi. Anatoksinlar sog`lom
odamlarni infeksion kasalliklarga berilmaydigan qilib qo`yish uchun profilaktika maqsadida
ishlatiladi. Ekzotoksinlarning xarakterli xususiyati ma’lum organ va to`qimalarni tanlab-tanlab
shikastlantirishga qodir bo`lishidir, masalan, qoqshol toksini orqa miyaning xarakatlayatiruvchi
nenchronlarini shikastlantirsa, botulizm tayoqchasining toksini xarakatlantiruvchi nervlarning
oxiriga ta’sir ko`rsatadi. Difteriya toksini yurak muskuli va buyrak usti bezlarini shikastlantiradi.
Turli toksinlarning tanlab-tanlab ta’sir ko`rsatishi kasallikning xar bir qo`zgatuvchi uchun
xarakterli bo`1gan muayyan klinik manzara bilan o`tishiga olib keladi. YUqorida tasvirlab
o`tilgan leykotsidinlar, gemolizinlar, toun mikrobi toksini, kuydirgi batsillalarining detal toksini
ekzotoksinlardir. Bular infeksion jarayonning avj olib borishida axamiyatga ega bo`ladi, lekin
ularning axamiyati grammusbat mikroblar — qoqshol, difteriya, botulizm qo`zgatuvchilari
toksinlariga qaraganda kamroqdir.
Endotoksinlar bakteriyalar tanasi bilan maxkam bog`langan bo`lib, organizmda mikrob
xujayrasi emirilganida yoki mikrob xujayralari maxsus usullar bilan ishlanganida ajralib chiqadi.
Endotoksinlar dastlab 1933 yili Buaven va Mesrob'yan tomonidan grammanfiy bakteriyalardan
ajratib olingan. Ularning ximiyaviy tarkibi murakkab. Ular glyusid-lipid-protein komplekslaridan
iboratdir. Endotoksinlar termostabil, ya’ni issiqqa chidamli bo`ladi, neytral muxitda avtoklavlash
xam ularni parchalamaydi. Endotoksinlarning organizmga ko`rsatadigan ta’siri o`ziga xos,
spetsifik tomoni bilan ajralib turmaydi. Endotoksin qanday mikrobdan olinganiga qaramasdan,
shu toksin ta’sirida vujudga keladigan klinik manzara bir xil bo`ladi va isitma chiqishi xamda
umumiy axvolning og`ir bo`lishi bilan xarakterlanadi. Endotoksinlar xayvonlarga venasidan
yuborilganida isitma chiqarib, leykopeniyaga, tomir xarakatlantiruvchi xar xil-xodisalar va
o`limga sabab bo`ladi. Qorin tifi, dizenteriya, vabo, ko`kyutal qo`zgatuvchilarining endotoksinlari
xammadan ko`ra ko`proq o`rganilgan.
Qo`zgatuvchi makroorganizmga o`tganida infeksion jarayon boshlanadi, uning vujudga
kelishida makroorganizmning axvoli va birinchi galda uning kasallikka beriluvchanligi
(moyilligi) axamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: