Antimikrob immunitet
turli xil mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan kasalliklardan so'ng
yoki vaksina (kuchsizlantirilgan tirik yoki o'ldirilgan mikroorganizmlardan tayyorlangan
vaksinalar) yuborilganda hosil bo'ladi.
Antitoksik immunitet
— bakteriyalarning zaharli ta'sirlari (toksinlari)ga nisbatan hosil bo'ladi.
Antivirus immunitet
—
virusli kasalliklardan so'ng hosil bo'ladi. Immunitetning bu turi uzoq
davom etadi va mustahkam (qizamiq, chechak va boshqalar) bo'ladi. Shuningdek, faol virusli
immunitet virusli vaksinalar bilan emlangandan so'ng hosil bo'ladi.
Steril immunitet
—
ko'pgina qo'zg'atuvchilar bemor tuzalganda organizmdan yo'qoladi.
Immunitetning bu turi steril immunitet deyiladi (qizamiq, chechak va boshqalar).
Sterillanmagan immunitet
— infeksiya qo'zg'atuvchining moyilligi xo'jayin organizmida
bo'lgan davrdagina saqlanib turiladi. Bunday immunitet sterillanmagan yoki infeksion immunitet
deyiladi. Immunitetning bu turi sil, zaxm va ayrim boshqa infeksiyalarda kuzatiladi.
Odamning yuqumli kasalliklarni yuqtirmasligi spetsifik va nospetsifik himoya omillarida o'z
aksini topadi.
Nospetsifik himoya
deb, organizmning tug'ma xususiyatiga aytiladi, bu odam tanasi
yuzasidagi va organizm ichidagi turli xil mikroorganizmlarni yo'qotishga imkon beradi.
Spetsifik
himoya
omili organizm kasallik qo'zg'atuvchisi yoki toksinlar bilan to'qnashganda hosil bo'ladi, bu
omillarning ta’siri faqat shu qo'zg'atuvchilar yoki ularning toksinlariga qarshi qaratilgan bo'ladi.
Spetsifik bo’lmagan immunitet ikkiga bo’linadi:
Tabiiy yoki tug’ma.
Organizmni himoya qilish anatoma - fiziologik faktorlari.
148
Tabiiy yoki tug’ma immunitet evolyutsiya jarayonida hosil bo’lib, nasldan - naslga o’tadi.
Masalan, qoramollar, otlarning manqa kasalligiga, otlar, itlarning toun kasalligiga, odam esa
cho’chqalarning va itlarning toun kasalligiga sezgir emas. Hayvonlarda va odamlarda bo’ladigan
bunday immunitet tabiiy, tug’ma va zotiga xos immunitet deyiladi. Bunday immunitetning paydo
bo’lishi sababi har xildir. I. M. Mechnikov tug’ma immunitetning bir turim kaltakesak va
toshbaqalarda tekshirib, uning sababini isbotlagan.
U qoqshol tayoqchasinining katta miqdorini kaltakesak va toshbaqaning terisi ostidan
yuborib, bu toksin ularga hech ta’sir etmaganligini, ya’ni ularni shu toksinga immunitetli
ekanligini aniqlagan.
Tabiiy tug’ma immunitet absolyut yoki mutloq va nisbiyga
bo’linadi. Absplyut yoki mutloq immuniteti bo’lgan hayvonlar kasallik
qo’zg’atuvchilarning miqdori katta yoki shu qo’zg’atuvchi mikrob
uchun nihoyatda qulay sharoit bo’lishiga qaramay kasallanmaydilar.
Misol uchun ot hech qanday sharoitda ham qoramollarning toun
kasalligi bilan kasallanmaydi, ya’ni otlarda qoramollarning toun
kasalligiga absolyut immunitet bor.
Nisbiy immunitetda esa organizm fizikaviy - kimyoviy va biologic faktorlar yoki tashqi
muhitning ta’sirida qo’zg’tuvchi mikroorganizmiaming katta miqdori bilan zaharlantirilsa, shu
qo’zg’tuvchi mikroorganizmlargaorganizmning qarshi turish qobiliyati yo’qoladi. Masalan,
tabiiy sharoitda kaptar kuydirgi kasalini qo’zg’tuvchi mikroorganizmlarga chidamli. Lekin unga
avval alkagol berib, keyin mikroorganizmlar yuborilsa, u albatta kuydirgi bilan kasallanadi.
III. ANATOMA - FIZIOLOGIK VA IMMUNITETN1NG BOShQA FAKTORLARI.
Hayvon va odamlarning organizmi hayotda tashqi muhit va boshqa tirik jonivorlar bilan
turli munosabatda bo’lib, ularning ta’siriga javob qaytarish va qarshi turish qobiliyati paydi
bo’ladi. Hayvonlar va odam organizmi pathogen mikrobning kirishiga to’sqinlik qiladigan, ulami
halokatga olib boradigan, yo bo’Imasa organizmdan tezlik bilan chiqarib yuboradigan bir necha
tabiiy himoya qilish anatoma - fiziologik hususiyatlarga va immunitetning boshqa faktorlariga
ega. Teri, shilimshiq pardalar, limfa bezlari, ichak va oshqozon shirasi, lizotsin moddasi, o’t,
fagotsit va gumoral anatoma - fiziologik faktorlar bo’lib, ular organizmni mikrobdan himoya
qiluvchi to’siq sifatida himoya qiladi, Tcri va shilimshiq pardalar mikroblarning organizm
to’qimalariga o’tishiga to’sqiniik qiladi, bular tabiiy to’sqinlikdir. Organizmga kirgan
mikroblarning ko’payib yoki aksinchayemirilib yo’q bo’lib ketishi Ieykotsitlar va retikula -
endothelial sistemasining biologik reaksiyasiga bog’iiqdir. Bu hujayralarning mikrobga qarshi
faoliyati fagotsitoz (30-rasm) hodisasidan iboratdir. Fagotsitoz- bu hayvon organizmi
hujayralarining zarrachalarini aktiv tutishi, bu zarrachalar organik bo’lgan taqdirda ularni hazm
qilish jarayonidir. Bu jarayonda asosiy rolni fagotsitlar o’ynaydi. I.
L
Mechnikov fagotsitoz va
uning immunitetdagi rolini aniq tajribalar bilan isbot etadi. U dengiz yulduzining lichinkalari va
dafniyalar ustida tajribalar o’tkazadi . Olim lichinka tanasiga tikan kiritadi. Bir necba vaqtdan
keyin tikan atrofiga talaygiria xarakatchan hujayralar to’planganini aniqlaydi. Ikkinchi tajribada
esa u dafniya tanasiga mahsus zamburug’ sporalarini kiritadi. Sporalar kam bo’lganidan ularning
hammasini barakatchan hujayralar qamrab olib, hazm qilib yuboradi va dafniya tirik qoladi,
Sporalar ko’p yuborilganda esa, ular o’sib ko’payardi va natijada jonivor nobud bo’Iardi. Bu
tajribalarga asoslanib Mechnikov hayvonlar organizmi mahsus hujayralar yordamida mikroblarni
qamrab olib yutib yuboradi va shu tariqa mikroblardan holos bo’ladi degan hulosaga keladi. Bu
hodisani fagotsitoz deb, fagotsitoz qiladigan hujayralarni esa fagotsitlar ya’ni yutib yuboradigan
hujayralar deb ataydi. I. I. Mechnikovning fikricha, qonning harakatchan hujayralarida
leykotsitlar, asosan segmentlangan neytrofillar asosiy rol o’ynaydi. Ular m i k r o f a g l a r deb
ataladi. Bundan tashqari yirik hujayralar - m a k r o f a g l a r ham bor.Bularga monotsitlar, qon
149
tomirlarining endoteliy hujayralari, taloq, jigar va boshqa organlarmng retikula - eiy hujayralari
kiradi.otsitlarning mikrobga yaqinlashuvi
Antigenlarning (31-rasm) molekulalari kolloid holatda bo’lgani uchun, ular shimilib,
antitelalar hosil bo’Iadigan joylarga yetib boradi. Kristall moddalarning antigenligi aktiv emas.
Antigeniarga mikroorganizmlar va ularning zaharlari, begona oqsillar (chujerodnie belki),
fermentlar, to’qima hujayralanning elementlari va hayvonlarning zaharlari kiradi. Oqsil
moddalarning tarkibida aromatic gruppalar ko’p bo’lsa, unda oqsil moddalarning antigenlik
hususiyati yuqori bo’ladi va shunga qarab ular ikki gmppaga: sifatli va sifatsizantigenlarga
bo’linadi.
genlarning kimyoviy tuzilishida aromatic gruppalar radikal bo’lib ishtirok etadi. Ular
organizmga kiritilsa, o’ziga qarshi mahsus immune moddalar bilan probirkada ham spetsifik
birlasha oladi.
Sifatsiz antigenlar yoki geptonlar organizmga parenteral yo’li bilan yuborilganda, o’ziga
qarshi mahsus immune moddalar hosil qila olmaydi.
ANTITELALAR HAQIDA TUShUNChA. Bu hayvonlarning organizmiga antigenlar ta’sir
qilgandan so’ng hosil bo’Iadigan mahsus oqsillar immuno - globulinlar (gamm - globulin) dir.
Antitelalar termolobil bo’lib, molekulyar massasi nihoyatda katta (160000-195000).
Antitelalarning asosiy hususiyati ular hosil qilgan antigenlatga sezgirligidir. Antitela bilan
antigenlarning o’zaro ta’sir etishi orqali antigen zararsizlantiriladi. Hamma antitelalar uchta katta
gruppaga 'bo’linadi: antimikrobli, antitoksinli va antihujayrali. Antitelalar, antigenlar ta’sir etgach,
5-6 kundan so’ng hosil bo’lib, bir necha oylar organrzmda saqlanib turadi. So’ngra yana kamaya
boshlaydi. Antigenlar ta’sirida organizmda o’zgarishlar sodir bo’ladi. Antitelalarning ko’payish
tezligi antigenlarning organizmga qayerdan yuborilishiga bog’liqdir. Vena qon tomiri orqali
yuborilsa, antitelalar tezroq hosil bo’ lib, organiznming yuqumli kasallikka qarshi turish qobiliyati
oshadi. Antigenlarga achchiqtosh, alyuminiyning gidroksili kabi moddalar qo’shib organizmga
yuborilsa, hosil bo’lgan antitelalar uzoq muddat saqlanib turadi.
ANTIGEN BILAN ANTITELALARNING O’ZARO MUNOSABATI. Antigen bilan antitelalar
o’zinirig shaklini va strukturasini o’zgartirmay molekulalar singari o’zaro ta’sir etadilar. Bu
jarayon colloid va kimyoviy reaksiyalar singari ikkita fazada o’tadi. Avval antigenning sirtida
antitelalar adsorbsiyalanadi, so’ngra complement ishtirokida elektrolit muhitda agglyutinatsiya,
pretsipitatsiya yoki lizis o’tadi, ya’ni antigenlar neytrallanadi.
MIKROB HUJAYRASIN1 ANTIGEN STRUKT'URASI. Mikrob hujayrasi va virus zarrachalari
tarkibi antigen faollik hususiyatiga ega bo’lgan murakkab strukturali moddalardan tuzilgan.
Harakatchan bakteriyalarning hivchinli H- antigeni bo’lib, u o’zida flagellin degan termolabi!
oqsil tutadi. Hujayra qobig’idagi antigenlarga esa O - antigen deyiladi. O - antigenlar issiqlikka
chidamli, tarkibida lipoproteidlar mavjudligi bilan harakterlanadi. Ayrim mikroorganizmlarda,
masalan, zotiljam klebsiyellasining kapsulasida murakkab polisaxaridlar tarzidagi K- antigenlar
bo’ladi. Kapsulali antigenlarning yana biri Vi-antigenlar deb yuritilib, ular enterobakteriyalarning
virulent tiplarida masalan, salmonellalarda qayd qilingan. Bakteriyalarning toksinlari ham xuddi
oqsillar singari to’liq antigenlar sirasiga kiradi. Vaksina preparatlarini tayyorlashda va ayrim
yuqumli kasalliklarning serologik diagnostikasida bakteriya antigenlaridan keng foydalaniladi.
IMMUNITET REAKSIYASI. Muayyan antigen va unga mos keladigan antitelalarning o’zaro
reaksiyasi o’zining spetsiklik darajasi yuqoriligi va o’ta ta’sirchanligiga ko’ra yuqumli
kasalliklarni aniqlash va tibbiy- biologik tadqiqotlarda keng qo’llaniladi.
Immun reaksiyalari anrigenlarning holati va antigelar bilan antitelalar o’zaro reaksiyaga
kirishadigan muhitning o’ziga xos hususiyatlariga ko’ra agglyutinatsiya, pretsipitatsiya, lizis,
komplementlarni bog’lash, neytrallash kabi turlarga bo’linadi.
150
AGGLYUTINATSIYA REAKSIYASI (RA). Tuzlar (natriy xloridning izotonik eritmasi) bilan
antitela ta’sirida mikroorganizmiar va boshqa hujayralarning bir- biriga yopishib qolishi va
cho’kmaga tushishi agglyutinatsiya hodisasi deyiladi. Agglyutinatsiya reaksiyasida ikki narsa
ishtirok etadi: antitela (agglyutininlar ) - kasal odam yoki immunizatsiya qilingan jonivor zardobi;
antigen - o’ldirilgan yoki tirik mikroorganizmiar va shunga o’zshash hujayralardan
Do'stlaringiz bilan baham: |