Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mikrobiologiya, virusologiya va


Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/281
Sana09.03.2022
Hajmi3,97 Mb.
#487540
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   281
Bog'liq
mikrobiologiya virusologiya va immunologiya

Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq 
1. Hujayra kulturasida va tovuq embrionida viruslarni reproduksiyasini aniqlash (indikasiya). 
a) viruslarning hujayraga sitopatik ta’siri bo’yicha. 
b) gemagglyutinasiya reaksiyasi yordamida. 
2. Rinositoskopik usulda bosma surtma tayyorlab bo’yab ko’rish. 
3. Stafilakokk kulturasini fagotipini aniqlash. 
 
 
 
Viruslar morfologiyasi va ultura struktura tuzilishi. 
Mikroblar olamiga hujayra tuzilishiga ega bo’lgan prokariot va eukariotlardan tashqari 
hujayra tuzilish formasiga ega bo’lmagan patogen agentlar ham kiritilgan. Bularga kiradi: 
1. Prionlar 
2. Virioidlar 
3. Viruslar 
Prionlar 
( ing.so’z proeinaceous infectious partict – oqsilsimon yuqumli bo’lakcha). 
Hujayrada normal prion oqsil strukturasi bo’lib (PrP
c
–celluar prion protein) tarkibida nuklin 
kislota tutmaydi. Normal prion oqsili nukleazlarga rezistent bo’ladi, lekin proteaz fermentlar 
ta’sirida inaktivasiyaga uchraydi. Ularni issiq qonli organizimlardagi (odamda) 20 xromosoma 
tarkibidagi prion genomi tamonidan kodlashtirilib, boshqarilib turadi. Uzoq davom etuvchi 
mutasiya ta’sirida PrR 
c
gen va Pr R
Sc
ishtirokida transformasiyalanib (PrR 
c
) normal prion 
oqsilidan proteaz fermentlarga chidamli PrR 
Sc
(screpie prion protein) patogent agentga aylanadi. 
Prion oqsillari boshlang’ich yuqumli agent sifatida (skrepi) tovuqlardan (Kroytsfeldt-Yakoba 
kasalligi), katta shoxli qoramollardan (spongiko’rinishdagi ensefalopatiya- sigir qutirishi kasalligi) 
ajratib olingan. 
Viruslar esa hozirgi kundagi klassifikasiyasiga asosan vira (Vira) podisholigiga kiritilgan. 
Viruslar o’ta mayda organizimlar bo’lib, ularda hujayra tuzilishi va oqsil sintez qiluvchi sistemasi 
shakillanmagan. Tarkibida bitta tipdagi nuklein kislatasi tutadi (RNK yoki DNK). Qa’tiy obligat 
hujayra ichida ko’payuvchi parazitlar hisoblanib, parazitligini genetik darajada amalga oshiradi. 
Shuning uchun viruslarni genetik parazitlar ham deb atashadi. 
Viruslar avtonom genetik strukturalar bo’lib, faqat viruslarga xos bo’lgan bir-biridan 
ajralgan (disyunktiv) usul bilan ko’payadi, ya’ni virusni nuklein kislotasi hujayrada alohida sintez 
bo’lsa, uning oqsillari boshqa joyda sintez bo’ladi, kiyin ular har bir virus tiplariga xos bo’lgan 
joyda (yadroda, yadro membranasida, sitoplazma strukturalarida yoki sitoplazmatik membranada) 
yig’iladi.Ularning yig’ilishida nuklein kislota oqsilni tanishi, oqsil-oqsilni tanishi prinsiplari 
yotadi.Viruslarning hujayradan tashqarisidagi formasini v i r i o n deb, hujayra ichidagi formasini 
esa v i r u s deb yuritiladi. 


104 
Viruslarning morfologik va ulturastrukturasini elektron mikroskop yordamida o’rganiladi. 
Virionlar o’lchami jihatdan mayda (22-30 nm poliomielit), o’rta (80-120 nm gripp), katta 
o’lchamda (00-350 nm chin chechak) 
bo’lishi mumkin.Virionlarning shakli ham (rasm 30) turli ko’rinishlarda uchraydi. Shakli
tayoqchasimon ( tamaki bargi virusi), o’qsimon (qutirish virusi), sharsimon (gripp, paragripp, 
gepatit V viruslari), ipsimon (flaviviruslar), kuboidal (chin chechak, ospa vaksina) 
spermatozoidsimon 
(bakteriofaglar) bo’lishi mumkin. 
Viruslar genomi gaploid ko’rinishda bo’lib bir tipdagi nuklein kislotadan DNK yoki RNK 
iborat, lekin retroviruslarda diploidli genom uchraydi. Virus genomi oltitadan birnecha yuz genlar 
tutishi mumkin va ularning nuklein kislotalari – ikki ipli, bir ipli, chiziqli (lineyni), xalqasimon va 
fragmentlangan bo’lishi mumkin. 
RNK saqlovchi viruslarda faqat musbat ipli (+RNK) genom tutuvchi viruslar uchrab, 
infeksion virus deb ham ataladi. Bu viruslarda transkripsiya kuzatilmaydi, virusning RNK si bir 
vaqtni o’zida informasion (iRNK) vazifasini ham bajaradi. 
Manfiy ipli RNK tutuvchi viruslarda esa RNK genomi faqat nasliy funksiyani bajaradi. 
Virionlar tuzilishi jihatdan oddiy (yalang’oya) va murakkab (kiyingan) viruslarga bo’linadi. 
Oddiy viruslarga ( shol, gepatit A), murakkab viruslarga (qizamiq, OITV, gepatit V,) kiradi. 
Oddiy virionlar nuklein kislota va uni zich o’rab turgan oqsil qobig’i — kapsiddan iborat 
(capsa- lotincha bo’lib g’ilof demakdir). Virionlarning kapsidlari o’z navbatida ketma ket keluvchi 
subbirliklardan iborat bo’lib ularni kapsomerlar deb ataladi (rasm-31). Kapsomerlarni elektron 
mikroskopda ko’rish mumkin, har bir virionlar oilasi uchun kapsomerlarni soni ularga xos 
xisoblanadi. Masalan, adenoviruslar 252 ta , pikornoviruslar 60 ta kapsomerlar tutadi. Nuklein 
kislotasi va kapsomer o’zaro birikib virusni nukleokapsidni hosil qiladi. 
Murakkab virionlarni nukleokapsidi tashqi tomondan lipoproteinli qobiq bilan o’ralgan 
bo’lib –superkapsid yoki peplos deb nomlanadi (rasm-31). Superkapsid tarkibida oqsillardan 
tashqari, yog’ va uglevodlar lipo -, glikoproteinlar ko’rinishida uchraydi. Ba’zi viruslarda 
glikoproteinlar supekapsid tarkibida tikanak ko’rinishida (gripp, pargripp viruslarda) bo’lishi 
mumkin superkapsid ostida M, F oqsillar bo’lib, viruslar bilan zararlangan hujayralarning bir-biri 
bilan qo’shilib ketishini taminlaydi, bu esa gigant ko’p yadroli simplast hujayralari hosil 
bo’lishiga olib keladi va hujayralarning destruksiyasi bilan tugaydi. Bundan tashqari ba’zi viruslar 
o’ta murakkab tuzilishlarga ega bo’lib virusning nuklein kislotasi oqsil qobiq bilan o’ralgan, uning 
ustidan kapsid o’rab turadi (virus mag’izi), kapsid ustida esa virusni yana bir ichkiy matriks oqsil 
qavati (M-qavat) bo’lib u super kapsidga birikib ketadi (OITV), chin chechak virusi tuzilishi esa 
prokariot hujayralariga yaqin turadi.
Virionning kapsid kapsomerlari nuklein kislotani tashqi tomondan o’rab turganda ma’lum 
simmetriya tiplarini shakllantiradi. Virionlarda uch hil simmetriya tiplari uchraydi: spiralsimon, 
kubsimon va aralash. 

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish