Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mikrobiologiya, virusologiya va



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/281
Sana09.03.2022
Hajmi3,97 Mb.
#487540
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   281
Bog'liq
mikrobiologiya virusologiya va immunologiya

 
4.3.
 
Dori-darmonlar va dori vositalarining mikrob bilan zararlanish 
manbalari, oldini olish choralari. 
Dori moddalar va tayyor dori-darmonlar tarkibida turli xil mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin. 
O‘simliklardan olinadigan dorivor moddalarning mikroblar bilan zararlanishi o‘sha o‘simlik turi va 
uning o‘sib chiqishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitga bog‘liq bo‘ladi. CHunki o‘simliklar 
atrofmuhitdagi ayniqsa, tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar bilan zararlangan bo‘lishi ham mumkin. 
Bundan tashqari o‘simliklarning o‘z mikroflorasi xam katta ahamiyatga ega: masalan, epifit (Erwinia 
herbicola, P. fluorescens) va fitopatogen (Erwinia, Pseudomonas, Coryhebacterium, Agrobacterium, 
aktinomitsetlar, ayrim zamburug‘lar). Axlatxona yoki avvaldan axlatlar tashlangan joylarda, 
shuningdek, sug‘oriladigan maydonlarda, mol boqiladigan yaylovlarda o‘simliklar tarkibida inson 
salomatligi uchun xavfli bo‘lgan patogen mikroorganizmlar ham bo‘lishi mumkin. 
4,3-rasm 
O‘simliklardan olinadigan dorivor xom-ashyolar bu mahsulotlarni yig‘ishtirib olish va 
tayyorlashning turli bosqichlarida — o‘simliklarni yig‘ish, dastlabki ishlov berish, quritish, 
yanchish-maydalash, maxsus idishlarga joylashtirish, shuningdek, standart holatda saqlanish 
chog‘ida xom ashyoni maydalash, dorivor kukunlarga aylantirish, briket, granul va tabletka 
holiga keltirish jarayonida ham urug‘lanishi mumkin. 
O‘simliklardan olingan dorivor xomashyolar avvalo saqlanish joyida namlikning
belgilangan normadan oshib ketishi natijasida buziladi: namlik oshib ket sa, xomashyo 
tarkibida har xil zamburug‘lar, chirituvchi, sellyuzalarni parchalovchi bakteriyalar va
boshqa mikroorganizmlar paydo bo‘ladi. Mikroblar degradatsiyasi o‘simlik farmakologik
xususiyatlarining o‘zgarishiga olib keladi va zaharli moddalarning hrsil bo‘lishiga sabab
bo‘lishi mumkin. Mikroorganizmlar dorivor xomashyolarni zararlash orqali dori-
darmonlarning xususiyatlarini o‘zgartirib yuboradi. CHunki dorivor moddalardan 


33 
ferment chiqishi, mikrobli og‘ular yoki pirogsnlarning hosil bo‘lishi natijasida ular o‘ta 
zaharli holatga kelib qolishi ham mumkin. 
Agar odamlar Staphylococcus, Rseudomonas, Salmonella va boshqa mikroorganizmlar bilan
zararlangan tibbiy preparatlarni ists’mol qilsa, ularning tarkibidagi patogen mikroblar turli 
xil yuqumli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. O‘simliklardan olinadigan dorivor 
moddalar va xomashyolarning mikrob bilan zararlanishini tekshirib ko‘rishda quyidagi 
usuldan foydalaniladi. 
Dorixonalarda tayyorlanadigan dorn-darmonlar va tibbiy moddalarning mikroflorasi 
qapday bo‘lishi quyidagi sabablarga bog‘liq bo‘ladi: 
1) xomashyo turi, uning tarkibidagi mikroorganizmlar uchun ozuqabop moddalarning 
miqdori yoki aksincha ulariing antimikrob faolligi, ilk zararlanish da rajasi. 
2) dorivor xomashyo tarkibiga kiradigan moddalarning kimyoviy tabiati. 
1.
Tayyorlash texnologiyasi (damlama, qaynatma, harorat, vaqt hajm va x. k.) saqlash 
shart-sharoitlari. 
4) Dorixonaning 
sanitariya-gigienik 
sharoitlari. 
Mikroorganizmlar turli yo‘llar bilan dori moddalarga tushishi mumkin. Masalan, 
mahsulotga suv yoki havo orqali o‘tishi, idishlar, dorixona xodimlarining qo‘llari, shuningdek, 
analiz noto‘g‘ri qilinganda, ayniqsa organoleptik tekshiruv chog‘ida xam o‘tib qolishi mum kin. 
Dori-darmonlar va dorivor mahsulotlarning mikroorganizmlar bilan zararlanishining 
oldini olish va ularni zararlanishdan saqlash uchun quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilish 
kerak: 
1.
mikroorganizmlarga shikast etkazmagan holda ashyodan foydalanish; 
2.
dori moddalar va xom ashyolarni zarur namlik, harorat va tozalik qoidalariga rioya 
qilgan holda to‘g‘ri saqlash; 
3.
tashqi muhitdan mikroorganizmlarning tushishini istisno qiladigan dori tayyorlash 
shart-sharoitlariga amal qilish (xonalarni dezinfeksiya qilish, sterillangan idishlardan
foydalanish va h. k.); 
4.
xonalari, asbob-uskunalari, idish, kiyimlarning to‘la-to‘kis tozaligiga, shuningdek, 
shaxsiy gigienaga rioya qilish; 
5.
dori-darmonlar 
va 
dorivor 
xomashyolar 
qayta-qayta 
ishlatilganda 
ham 
zararlanmaydigan qilib, yaxshilab o‘ralgan bo‘lishi kerak; 
6.
agar bir necha marta foydalanishga mo‘ljallangan dori mahsulotlari tarkibida 
bakteriyalarga chidamsiz moddalar mavjud bo‘lsa (qand, oqsil moddalar va h.k.), u holda 
bunday dorilarga konservant qo‘shilishi lozim. 

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish