141
e) virusli infeksiyalar kimyoterapiyasi. Virusli infeksiyalarga antibiotiklar samarali ta’sir
ko’rsatmaydi. Bu vuruslarda xususiy metabolizmning yo’qligi bilan bog’liq. Pirimidinga o’xshash
idoksuridin (5-yod-dezoksiuridin) gerpetik va adenovirusli keratit, kon’yugktivit va uchuqni
davolashda qo’llaniladi. Gripp, qizamiq,
qizilcha, vezikulyar stomatit viruslarning boshlang’ich
davrida susaytiruvchi ta’sir ko’rsatadigan dorilarga amantadin hosilalari kiradi. Bulardan
remantadin gripp A virusiga juda samarali ta’sir ko’rsatadi;
f)chechak viruslari reproduksiyasini to’xtatadigan tiosemikarbazon hosilalari juda yaxshi naf
beradi.
Kimyoviy moddalar organotroplik va parazitotroplik xususiyatiga ega bo’lishi kerak:
a) mishyak dorilar (salvarsan, asorsol,nevarsenol) sifilis, sibir yazvasi, qaytalama tifni davolashda
ishlatiladi.
b) xinin, akrixin, plazmosid, bigumal sodda jonivorlar ko’rsatuvchi malyariya kasalligini
davolashda;
c) sulfanilamidlar – oq streptosid, etazol, ftalazol, norsulfazol, sulfademizin. Sulfanilamidlarni
ta’sir qilish mexanizmi hujayrada almashinuv proseslarini buzilishi o’z ichiga oladi.shu
sababli
organizmda mikrobni ko’payishi to’xtaydi. Shundan keyin organizmni himoya kuchlari ta’sirida
mikroblar halok bo’ladi.
d) tuberkulyozni davolash uchun PASK –poraaminosalisil kislota, tibon, tubazid.
2.
Antibiotiklar: umumiy ma’lumotlar
Antibiotiklar—ba’zi mikroorganizmlar (aktinomisetlar, zamburug’lar, bakteriyalar) hayvon
to’qimalari va ayrim yuksak o’simliklar hayot faoliyati natijasida xosil bo’ladigan va turli xil
mikroblarning o’sishi hamda rivojlanishini to’xtatadigan organik moddalar. Bu terminni Amerika
olimi Z. Vaksman mikroblarda hosil bo’lib, boshqa mikroblarga qarshi ta’sir etadigan moddalarga
nisbatan taklif etgan.
Antibiotiklar kasallantiruvchi (patogen) mikroblardagi moddalar almashinuvini buzib, ularni
o’ldiradi yoki o’sishini to’xtatadi. Ular turli mikroblarga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Masalan, bir
antibiotik ma’lum bir mikrobga kuchli boshqasiga kuchsiz yoki umuman ta’sir qilmaydi.
Antibiotiklar faqatgina mikroblarga ta’sir qilmay balki odam, hayvon va o’simlik organizmidagi
to’qima va hujayralarini emiradi. Shuning uchun tibbiyot amaliyotida uning faqat zararli
mikroblarni o’ldiradigan, ammo odam, hayvon va o’simlik
organizmini yemirmaydigan
turlarigina ishlatiladi. Birinchi antibiotic modda(tirotrisin)ni 1939 yilda Dyubo tuproqda
yashovchi Basillus brevis nomli bekteriyadan oldi.
Kimyoviy tarkibi bo’yicha antibiotiklar quyidagi guruxlarga bo’linadi:
1.Betalaktamli antibiotiklar yoki betalaktamidlar-betalaktam xalqali azot tutuvchi geterotsiklik
birikmalar. Bularga quyidagilar kiradi: penitsillin guruhi-tabiiy benzilpenitsillin va yarim suniy
penitsillin va tefalosporin.
2. Tetratsiklin va uning yarim suniy xosilalari; oksitetratsiklin, xlortetratsiklin, morfosiklin,
metatsiklin, dioksitsiklin, vibromitsin. Bular har xil radikallar tutuvchi to’rta
benzol xalqadan
tashkil topgan.
3. Aminoglikozidlar-streptomitsin guruhi va dezoksistreptamin tutuvchi aminoglikozid
antibiotiklar.
4.Makrolidlar-makrotsiklik lokton xalqa tutuvchi birikmalar (eritromitsin,olendomitsin).
5.Levomitsetin(tabiiy turi xloramfenikol) suniy modda bo’lib, tarkibiga nitrofenil,dixloratsetamin
propandiol kiradi.
6. Rifamisinlar. Bu guruhga tabiiy antibiotik-rifamisin va uning yarim suniy hosilasi-rifampisin
kiradi. Bular murakkab kimyoviy tuzilishga ega, makrosiklik halqasi bor.
7. Poliyenli antibiotiklar-nistatin, levorin, amfoterisin B. bular bir qancha tutash qo’sh bog’larga
ega.
Antibiotiklar bakteriyalarga ko’rsatadigan ta’siriga qarab 3 guruhga bo’linadi:
1. Bakteriostatik ta’sir-bakteriyaning o’sishi va ko’payishi faoliyatini to’xtatib qo’yadi. Buning
natijasida bakteriya o’z zahrini ishlab chiqarolmaydi.(tuberkulyoz, zaxm)
2.Bekteritsid ta’sir qiluvchi antibiotiklar-bakteriyaning hujayra devori yoki nukleidning
parchalanishini keltirib chiqaruvchi antibiotiklar hisoblanadi.
142
3.Bakteriolitil ta’sir qiluvchi antibiotiklar-hamma turdagi bakteriyalarni eritib yo’q qilishga
qaratilgan ta’sir.
O’z ta’siriga qarab esa 2 guruhga bo’linadi:
1.Tor doiradagi antibiotiklar faqatgina bir turdagi yoki grammanfiy yoki grammusbatlarga ta’sir
etuvchilar.
2.Keng doiradagi antibiotiklar bir necha grammusbat
va grammanfiy bakteriyalarga,masalan,
rikketsiya, xlamidiy, mikoplazma va boshqalarga antimikrob ta’sir ko’rsata oladi.
Antibiotiklarning antimikrob ta’siri turlicha bo’lib u shartli TB bilan belgilanadi. TB-
antibiotiklarning minimal dozasi olinib, bakteriyaning maksimal o’limini keltirib chiqarishi
tushuniladi. Har bir antibiotik uchun bu ko’rsatkich har xil. Antibiotic buyurilganda bemor yoshi,
og’irligi aniqlanib, buni natijasida 1kg-TB olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: