Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mikrobiologiya, virusologiya va


Kengaytirilgan agglyutinasi reaksiyasini qo’yish



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/281
Sana09.03.2022
Hajmi3,97 Mb.
#487540
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   281
Bog'liq
mikrobiologiya virusologiya va immunologiya

Kengaytirilgan agglyutinasi reaksiyasini qo’yish. 
Buning uchun ikki qatorda 
agglyutinasiya bergan OKA yoki OKV qon zardoblar suyultiriladi 1:1600 marotabagacha (sxema
). Birinchi qatordagi probirkalarga tekshiriluvchi
 
E.coli ning tirik kultura suspenziyalari, ikkinchi 


155 
qatorga esa shu kulturani suv hammomida oldindan bir soat davomida qizdirilgan kulturalari ( 2-
mlrd.li kulturadan 2-3 tomchi tomiziladi) qo’shiladi. Chunki ichak guruhi bakteriyalarida O-Ag ni 
yuzasidan K-kapsula antigeni o’rab turadi, bunday kulturalar bilan agglyutinasiya reaksiyasi 
qo’yilsa, reaksiya manfiy bo’lishi mumkin, K-Ag tashqi yuza tomonda O-Ag ni to’sib qo’yadi. O-
Ag termostabil, K-Ag esa termolabil 70-80º S parchalanib ketadi. Bunday qizdirilgan kultura bilan 
O-Ag aniqlash mumkin. Reaksiya musbat bo’lsa kengaytirilgan Giss muhitlarida biokimyoviy 
xususiyatlarini o’rganish uchun ekiladi va antibiotiklarga sezgirligini o’rganiladi. 
4-kuni
hamma olingan natijalar o’rganilib kerak bo’lgan taqdirda qo’shimcha biokimyoviy 
xususiyatlari o’rganiladi va yakuniy javob beriladi.
Ovqat orqali zaharlanishlar ikki xil ko’rinishda bo’lishi mumkin. Birinchi ko’rinishi 
mikroorganizmlarga ta’luqli bo’lmagan, bularni o’z navbatida ximiyaviy, biologik faktorlar 
keltirib chiqaradi. Bu kasalliklarni tibbiyotning maxsus bo’limlarida o’tiladi. Ikkinchi xil 
zaharlanishlarga mikroorganizmlar sababchi bo’ladi. Bu kasalliklarni ham kasallik patogenezi
kelib chiqishiga qarab ikkiga bo’lish mumkin. 
1. Ovqat intoksikasiyasi. 
2. Ovqat toksikoinfeksiyalari
Ovqat intoksikasiyasini
 
asosan stafilokokklar, botulizm tayoqchalari, zamburug’lar va bosh. 
keltirib chiqarishi mumkin. Bu tipdagi zaharlanishlarni kelib chiqishida mikroorganizmlarni 
toksinlari asosiy rolni o’ynaydi. Odam mikroblar ko’payib, toksinlari yig’ilib qolgan oziq 
ovqatlarni iste’mol qilishganda kasalliklarga chalinadi.
Ovqat toksikoinfeksiyalarida esa mikroorganizmlarni ovqatlarda yig’ilib qolgan 
toksinlaridan tashqari, ularning o’zi ham organizmlarda ko’payishi mumkin. Bularga eng ko’p 
mikroorganizmlar kiradi. 
Toksikoinfeksiyalarining nihoyatda ko’p tarqalgan qo’zg’atuvchilari salmonellalardir. 
Ularga- Salmonella typhimurium, S.enteritidis, S.choleraesuis, S.heidelberg, S.anatum, S.derby lar 
kiradi. Bu kasalliklarni ko’pchilik hollarda Ye.coli, Proteus, boshqa enterobakteriya vakillari
enterokokklar va boshqa mikroorganizmlar keltirib chiqaradi.
Ovqat toksikoinfeksiyalarining patogenezi va klinik manzarasi me’da-ichak yo’liga 
mikroblar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarining (go’sht, baliq, sut va bosh.), yetarlicha 
termik jihatdan ishlov berilmagan holda ko’p miqdorda tushishi orqali kuzatiladi. Bunda tirik 
bakteriya hujayralari qulay sharoitda tezlik bilan ko’payadi. Shu bilan bir vaqtda, ichakda kasallik 
ko’zg’atuvchilarining ko’p miqdorda ko’payishi va bakterial hujayraning parchalanishi ko’p 
miqdorda endotoksin ajralishiga sabab bo’ladi. Bu esa ingichka ichakning intramural 
neyroreseptor apparatiga, qorin bo’shlig’ining periferik tomirlariga ta’sir qiladi va bu ichak 
devorida neyrodistrofik o’zgarishga va bog’liq a’zo hujayralarining jarohatlanishiga olib keladi. 
Ovqat toksikoinfeksiyalarida me’da-ichak yo’llari, ko’pincha qo’zg’atuvchilardan tezlikda, ayrim 
hollarda esa, kasal boshlangandan bir necha soat o’tgach, ozod bo’ladi. Birok, qator hollarda
salmonellalar ichakda uzoq vaqt, bir necha hafta va hatto oylar davomida saqlanib qolib, bakteriya 
tashuvchining najasi bilan ajralib turadi. Bu kasalliklarda, odatda, bakteriemiya sodir bo’lmaydi. 
Laboratoriya diagnostika bakteriologik usul bilan o’tkaziladi. Tekshirish uchun kasalning 
najasi, qusig’i, me’da chayindi suvlari bilan birga, ovqat qoldiqlari va uni tayyorlash uchun 
ishlatilgan mahsulotlar olinadi. Bu esa infeksiya manbaini topish uchun muhimdir. 
Bakteriyali ovqat toksikozlari bilan zaharlanish me’da-ichak yo’liga ovqat bilan birga 
bakteriyaning toksinlari tushganda sodir bo’ladi. Bulardan Staph.aureus, Cl.perfringens—lar 
enterotoksini, ayniqsa Cl.botulinum ning neyro-toksini juda xavfli hisoblanadi. Ovqat bilan 
zaharlanishda ovqat tarkibida tirik qo’zg’atuvchilarning bo’lishi shart emas, chunki kasallik 
ularning toksini bilan ham vujudga kelishi mumkin. 
Ovqatdan zaharlanishning mikrobiologik diagnostikasi toksinlarni aniqlash hamda toksin 
hosil qiluvchi qo’zg’atuvchilarning sof kulturasini bemordan olingan materiallar va ovqat 
qoldiqlaridan ajratib olish yo’li orqali o’tkaziladi 

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish