Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 3,2 Mb.
bet65/95
Sana08.07.2022
Hajmi3,2 Mb.
#757593
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   95
Bog'liq
Madaniyatshunoslik

Ma’ruzaning maqsadi:
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyingi dolzarb muammolardan biri yangi tarixiy sharoitda jamiyatga munosib komil insonlarni tarbiyalashdir. Mavzuning maqsadi ma’anviyatni ma’naviy meros, ma’naviy qadriyatlar, til, din, milliy istiqlol mafkurasi haqida ma’lumotlarni yoritish.
1. Mustaqillik davrida ma’naviy me’ros, milliy va diniy
qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi
Jamiyat ma’naviyati mamlakat taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir. SHu narsa haqiqatki, biron-bir mamlakat o‘z ma’naviy imkoniyatlariga tayanmay, odamlar ongi, tafakkurida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg‘otmay turib, yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila olmaydi. Ma’navit insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, uning ichki olamini boyitadigan, iymon irodasi, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli kuchdir.Tarixdan ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujmiga duchor bo‘lgan, qaramlik va julm ostida qolgan. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum bo‘lgan. Ayniqsa, chor mustamlakachiligi va sovetlar tuzimi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab masjidu-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi.
«Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o‘z yo‘liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalqning ta’minotini ham amallab turish mumkin. Ammo ma’naviy islohotlar – qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo‘lish, qadni baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo‘lish – bundan og‘irroq va bundan sharafliroq vazifa yo‘q bu dunyoda»4.
Mustaqillik dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz ma’naviy merosini tiklash ishlari boshlanib ketdi. Xo‘sh, ma’naviy merosning o‘zi nima, uning tiklanishi nimalarda namoyon bo‘lmoqda?
Ma’naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha etib kelgan ma’naviy boyliklar – siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq – odob me’yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari majmuidir. Ma’naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo‘l bilan hosil qilinadigan hodisa emas, u jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o‘sha davr hayotini aks ettiradi, u jamiyat o‘zgarishi bilan yo‘qolib ketmaydi, keyingi avlodlar uchun meros bo‘lib qoladi. Har bir avlod ma’naviyatni yangidan yaratmaydi, balki mavjud ma’naviy merosga tayanadi. Biroq uni qanday bo‘lsa shundayligicha, ko‘r-ko‘rona qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtai nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi.
1998 yil 23 oktyabrda Farg‘onada byuuk alloma Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik yubileyi nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg‘ona shahrida al-Farg‘oniy bog‘i yaratildi va buyuk allomaga haykal o‘rnatildi.

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish