Fanlararo va fan ichida bog‘liqligi. Madaniyatshunoslik fani O‘zbekiston tarixi, dinshunoslik, sotsiologiya, falsafa, ma’naviyat asoslari fanlari bilan uzviy bog‘liq.
Tayanch so‘z va iboralar
“Bayt ul-Hikmat” – “Donishmandlar uyi”. Bag‘doddagi akademiya. “Qubbatul islom” – Buxoro shahri. Islom dinining gumbazi. “Ma’mun akademiyasi” – Xorazmda tashkil etilgan akademiya. “Ilmi nujum”- Astranomiya fani. Rasadxona – observatoriya. Osmon jismlarini kuzatadigan ilmiy dargoh.
“Qur’oni Karim”- Islom dinining muqaddas kitobi. Xattotlar - Kiob ko‘chiruvchi xusnixat egalari.
Adabiyotlar
1. Akramov SH. va boshqalar. O‘zbekistonning madaniy obidalari. –Toshkent.: O‘zbekiston, 1993 y.
2. Madaniyat va ma’naviyat muammolari.-Toshkent.: Meros, 1994 y.
3. Xayrullaev M. O‘zbekistonda ijtimoiy falsafiy fikrlar tarixidan.-Toshkent.: O‘zbekiston, 1995 y.
4. Mavrulov A. Madaniyat va tafakkur o‘zgarishlari. Toshkent.: 2004 y.
5. Abdullaev M. Madaniyatshunoslik asoslari. Toshkent.: “Farg‘ona”, 1998 y.
6. Axmedova E, Gubaydullin R.. Kulturalogiya. Mirovaya kultura. Tashkent.: -2001 g. Akademiya xudojestv Uzbekistana.
7. Abdullaev M., Umarov E., Ochildiev A., Madaniyatshunoslik asoslari. -Toshkent.: Turon-iqbol, 2006 y.
SHarq va G‘arb mamlakatlarining o‘rta asrlar madaniyatida dinning ustivorligi.VI-XVI asrlar davri tarix fanida o‘rta asrlar deylib, qadimgi va an’anviy madaniyatlar o‘rtasidagi davrni bildiradi. Bu davr madaniyatida mifologik tafakkur va an’analarining kuchli ta’siri hamda yangi davrning texnogen madaniyatidagi aqliy-mantiqiy tafakkur, ilmning amaliy xususiyatlari seziladi. Arab halifaligi va Evropa mamlakatlari o‘rta asrlar madaniyatidagi xususiyatining shakllanish qiyofasini islom va xristianlik belgilashi bilan birga, ularning o‘zi ham mifologik tushunchalar asosida shakllanib, an’anaviy madaniyatning ko‘plab jihatlarini o‘zlashtirdi, o‘z navbatida o‘rta asrlar madaniyati negizi keyingi davlar madaniyatining shakllanishi uchun yangi madaniyat kurtaklari va yangicha tafakkur tarzi vujudga keldi. YAna shuni ham inkor qilmaslik kerakki, o‘rta asrlarda o‘zining tafakkur tarzi va dunyoqarashi jihatidan o‘tmishda va keyingi davrlarda vujudga kelgan diniy madaniyatdan keskin farq qiluvchi diniy madaniyat yaratildi. Diniy madaniyat ko‘p mazmunlidir, negaki uning asosida turli xalqlarning madaniyat merosi mavjud: arab, turk, german, slavyan xalqlarining arxiak (ibtidoiy) madaniyati; antik meros va qadimgi sharq sivilizatsiyasi meroslarini tanlash va ijodiy qayta ishlab o‘zlashtirgan. Bundan tashqari G‘arb va SHarqning o‘rta asrlar madaniyati tarixning ming yillar davomida doimo muloqot va akkulturatsiya jarayonini kechirdi, bunda salb yurishlari davri juda shiddatli kechdi (XI-XIII asrlar). Diniy madaniyatning ko‘p qirraligi uning tarkibida ko‘plab submadaniyatlarning mavjudligidir: xalqona (qishloq madaniyati), shahar, dunyoviy, monastir va so‘fiylik madaniyatlari. SHuningdek, din o‘sha davrdagi madaniyat va musmadaniyatning barcha sohalarini birlashtirib o‘z ichiga qamrab oldi.
O‘rta asrlar davrida yakka xudolikka asoslangan jahon dinlari-xristianlik va islom Evropa, Osiyo va Afrikaning ko‘p joylarida ko‘plab kishilar uchun dunyoqarashning ustivor shakli bo‘lib, inson va butun jamiyatning tafakkurini, butun turmush tarzini belgiladi. Koinot va osmon jismlarini dastlabki va boshlang‘ich o‘rnini Xudo (Olloh) belgilab, dunyo va insonni yaratuvchisi hamda barcha mavjudot xudoning (Olloh irodasining) ijodiy yaratuvchanlik natijasidir. Insoniyat tarixi davrlarning izchanllik bilan takrorlanib turishi kabi namoyon bo‘ladi, natijada davrlarning o‘rin almashishi navbatdagi payg‘ambarning kelishi bilan sodir bo‘ladi. Din har xil an’analarga ega bo‘lgan turli xil xalqlarga arablar SHarqi va Evropada kuchli bir sivilizatsiya yaratish uchun birlashtiruvchi ibtido bo‘ldi. Din madaniyatning siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, badiiy-barcha sohalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xristiyanlik Rim imperiyasida Eramizni IV asrlarida G‘arbiy qismi gullagan paytga kelib to‘la shakllangan cherkov tizimi va qattiq instizomga asoslangan davlat dini tarzda qaror topdi. CHerkovning tayanchi bu paytda butun Evropada keng tarqalgan va xristiyanlikni o‘z dini sifatida qabullagan “yovvoyi” xalqlar (jumladan: gotlar, gallar, irlandlar va b.) tashkil etdi. Evropa bo‘ylab tarqalgan german, slavyan,turk qabilalari antik sivilizatsiyasini harob etib yangi hayot tarzini qabul qildilar. O‘rta asr Evropasi- bu agrar sivilizatsiya gullab yashnagan, natural xo‘jalik hukmronlik qilayotgan tarixiy davr. Dehqonlar uncha katta bo‘lmagan, bir-biridan ajralgan jamoalar shaklida yashash ularni istak va manfaatlarini yildan-yilga takrorlanadigan qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq tarzi belgilardi. Bunday hayot tarzida odamning tafakkur doirasidan tashqari har qanday muloqotga ehtiyoj yo‘q hisob bo‘ladi. Bunda Evropa tarkib topgan davlatchilikka ham hech qanday zamin yo‘q edi. So‘ngroq x ristiyan cherkovi jamiyatni barcha tomonlarini siyosiy tashkilot shakliga keltirishning namuna asosini tashkil etdi. To’belik munosabatlariga qurilgan feodal tabaqachilik asosida CHerkov ierarxiyasi yotadi.(ruhoniylar-episkoplar-kardinallar- rim papasi), Qirol xudoning vassali, saroy ayonlari-Qirolning vassali, dehqon- saroy ayonining, ayol erkakning, uy hayvoni ayolning tosh va o‘simliklar uy hayvrninig vassali va bosh. “Toshdan Xudogacha” keng tarqalgan umumiy vassallik haqidagi g‘oya ham CHerkovni qullab quvvatlagan. Musulmon SHarqida islom ta’limoti paydo bo‘lishi bilan barobar teokratik boshqaruv shakli qaror topadi, bunda diniy va dunyoviy hokimiyat payg‘ambar, keyin uning “o‘rinbosarlaridan xalifalar” qo‘lida birlashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |