Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/257
Sana22.10.2020
Hajmi1,61 Mb.
#49875
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   257
Bog'liq
strategiya

Foya  tushunchasi.  Har  qanday  tushuncha,  fikr  va  qarash  ham  milliy  g‗oya  bo‗la  olmaydi. 
CHunki  shaxsiy  fikr  -  o‗ziga  xos  bir  qarashdir,  ijtimoiy  fikr  esa  -  voqelikka  nisbatan  o‗zgarish  yoki 
harakatni taqozo etadigan faol munosabatni ifodalaydi. Foya ana shu munosabatni harakatga, jarayonga, 
zarurat tug‗ilganda esa, butun bir davr tarixiga aylantiradi. 
Muayyan  bir  g‗oya  dastlab  biron-bir  shaxsning  ongida  paydo  bo‗ladi.  Ayni  paytda  u  yuksak 
ijtimoiy  mazmunga  ega  bo‗lgani,  jamiyatning  taraqqiyot  yo‗lidagi  ezgu  intilishlarini  aks  ettirgani  bois 
umuminsoniy  haqiqatga  aylanadi.  Masalan,  o‗rta  asrlarda  jaholat  va  inkvizitsiya  shaxsning  orzu-
intilishlari,  erkinligi  va  tashabbuskorligi  yo‗lida  to‗siq  bo‗lib  turgan  paytda  polyak  olimi  Nikolo 
Kopernik  Erning  Quyosh  atrofida  aylanishiga  doir  geliotsentrizm  nazariyasini  olg‗a  surdi.  Bu  g‗oya 
ham, avvalo, bir jasoratli shaxs qalbidagi intilishlar ifodasi sifatida paydo bo‗lgan, keyinchalik esa butun 
dunyoda e‘tirof etilib, ilmiy tafakkurning tarkibiy qismiga aylangan. 
Ma‘lumki,  inson  o‗zining  aql-zakovati,  iymon-e‘tiqodi  va  ijodiy  mehnati  bilan  boshqa  barcha 


38 
 
tirik jonzotlardan farq qiladi. 
Inson  -  ongli  mavjudot.  Ongni  shartli  ravishda  ikki  katta  qismga  bo‗lish  mumkin:  birinchisi, 
insonning  ruhiy  olami:  ikkinchisi  -  fikriy  olam,  ya‘ni  tafakkur  olamidir.  Ruhiy  olam  (bu  sohani 
ruhshunoslik  ilmi  -  psixologiya  tadqiq  etadi)  o‗z  tarkibiga  sezgilar,  idrok,  tasavvur,  kechinma,  his-
hayajon,  diqqat,  xotira  va  boshqalarni  qamrab  oladi.  Tafakkurning  mantiqiy  shakllariga  tushuncha, 
hukm va xulosa kiradi (bularni logika, ya‘ni mantiq fani o‗rganadi). 
Falsafaning  oltin  qoidalaridan  biri  -  til  va  tafakkur  birligidir.  Tilning  eng  birlamchi  mahsuli 
so‗z bo‗lgani kabi, tafakkurning dastlabki shakli - tushunchadir. Tushunchalar bir yoki bir necha so‗zlar 
bilan ifoda-lanadi; ammo  har qanday  so‗z  ham tushuncha bo‗la olmaydi. So‗zlar vositasida anglatilgan 
fikr gap deb atalishini biz boshlang‗ich sinflardanoq bil-ganmiz. 
Inson  tafakkuri  voqelikni  idrok  etish  mobaynida  turli  fikrlar,  qarashlar,  g‗oyalar  va  ta‘limotlar 
yaratadi.  Binobarin,  g‗oyalar  ham  inson  tafakkurining  mahsulidir.  Lekin  tafakkur  yaratgan  har  qanday 
fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g‗oya bo‗la olmaydi. Faqat eng kuchli, ta‘sirchan, zalvorli 
fikrlargina g‗oya bo‗la olishi mumkin. 
Foyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, bular garchi tafakkurda paydo bo‗lsa-da, inson 
(va  jamiyat)  ruhiyatiga,  hatto  tub  qatlamlariga  ham  singib  boradi.  Foya  shunday  quvvatga  egaki,  u 
odamning ichki dunyosigacha kirib borib, uni harakatga keltiruvchi, maqsad sari etaklovchi ruhiy-aqliy 
kuchga aylanadi. 
Jahon  tajribasiga  nazar  tashlasak,  butun  dunyo  taraqqiyotiga  ulkan  ta‘sir  ko‗rsatgan  nazariya, 
ta‘limot va mafkuralarni yaratish uchun insoniyat tarixining turli davrlarida ulkan aql-zakovat, iste‘dod 
va teran tafakkur egalari mislsiz zahmat chekkanini ko‗ramiz. Sokrat va Platon, Konfutsiy va Najmiddin 
Kubro, Alisher Navoiy va Maxatma Gandi kabi buyuk mutafakkirlar faoliyati buning yaqqol tasdig‗idir. 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish