Buyuk davlatchilik shovinizmi boshqa millatlar va mamlakatlar bilan o‗zaro madaniyatli
hamkorlik qilishga tayyor emaslikdan kelib chiqadi. Uning ifodachilari harbiy imperiyalardir.
Immunitet – lotincha (immunitatis) so‗zidan olingan bo‗lib, biror narsadan xalos, ozod va forig‗
bo‗lish, qutilishni, muayyan kasallikni qo‗zg‗atuvchi virusga, dardga qarshilik ko‗rsatish qobiliyatini
(masalan, inson tanasi immuniteti) bildiradi. ―Immunitet‖ so‗zining ma‘nosi organizmning doimiy ichki
barqarorligini saqlash uning turli xususiyatlarga va ta‘sirlaridan himoyalanishi, qarshilik ko‗rsatishi,
rezistentligini dildiradi. SHuningdek, u daxlsizlik ma‘nosini xam anglatadi, (masalan, deputatlik
immuniteti, diplomatik immuniteti).
Do'stlaringiz bilan baham: |