yakuniy nazorat (YaN) – semestr yakunida muayyan fan bo‗yicha nazariy bilim va amaliy
ko‗nikmalarni talabalar tomonidan o‗zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat
asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan ―Yozma ish‖ shaklida o‗tkaziladi.
ON o‗tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam
ravishda o‗rganib boriladi va uni o‗tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi
mumkin. Bunday hollarda ON qayta o‗tkaziladi.
Oliy ta'lim muassasasi rahbarining buyrug‗i bilan ichki nazorat va monitoring bo‗limi
20
rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni o‗tkazish jarayoni muntazam ravishda
o‗rganib boriladi va uni o‗tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YaN natijalari bekor
qilinishi mumkin.
Bunday hollarda YaN qayta o‗tkaziladi.
Talabaning bilim saviyasi, ko‗nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida
talabaning fan bo‗yicha o‗zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
Fan bo‗yicha talabalarning semestr davomidagi o‗zlashtirish ko‗rsatkichi 100 ballik tizimda
baholanadi.
Ya.N.-30 ball, qolgan 70 ball esa J.N( MI).-55+5 ball va O.N.-10 ball qilib taqsimlanadi.
Magistrlar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta‘lim sifatini
boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, magistrlarning fanlarni o‗zlashtirishida
bo‗shliqlar hosil bo‗lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) magistrantlarda Davlat ta‘lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‗nikma va malakalar
shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;
b) magistrantlarda bilimi, ko‗nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari:
Davlat ta‘lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, xaqqoniylik, ishonchlilik va kulay shaklda
baholashni ta‘minlash;
v) fanlarning magistrantlar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o‗zlashtirilishini
tashkil etish va tahlil qilish;
g) magistrantlarda mustaqil ishlash ko‗nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan
samarali foydalanishni tashkil etish;
d) magistrantlar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma‘lum qilish;
e) o‗quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyutrlashtirishga sharoit yaratish.
Fanlar bo‗yicha talabalar bilimini semestrda baholab borish reyting nazorati jadvallari va
baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
Magistrantlar bilimini 100 balli reyting tizimi orqali baholash fanlarni chuqur o‗zlashtirish,
topshiriqlar va uy vazifalarga ijodiy yondashish, mustaqil fikrlash va ishlashni ko‗zda tutuvchi, umumiy
o‗quv yuklamasini hisobga olish, o‗z bilimi va ko‗nikmalarini muntazam ravishda oshirishga intilish,
hamda adabiyotlardan keng foydalanish kabi xususiyatlarni shakllantirishga erishiladi.
Magistrantlarning fan bo‗yicha o‗zlashtirishini baholash semestr (o‗quv yili) davomida muntazam
ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi:
- joriy baholash (JB)
- talabalarning mustaqil ishi (TMI)
- oraliq baholash (OB)
- yakuniy baholash (YAB)
Har bir fan bo‗yicha talabaning semestr (yil sikl) davomidagi o‗zlashtirish ko‗rsatkichi 100
ballik tizimida baholanadi.
Ushbu 100 ball baholash turlari bo‗yicha quyidagicha taqsimlanadi:
№
Baholash turi
Maksimal ball
Saralash ball
1
Joriy baholash
55
30,2
2
Talabaning mustaqil ishi
5
1,7
3
Oraliq baholash
10
5,5
4
YAkuniy baholash
30
16,5
JAMI
100
55
Magistrantlarning fan bo‗yicha to‗plagan umumiy bali har bir baholash turlarida to‗plagan ballar
21
yig‗indisiga teng bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |