85
ilmiy, g‟oyaviy, siyosiy, iqtisodiy va uslubiy saviyasi.
3. O‟quv rejasi, dasturini bajarilish holati va rejalashtirish hamda hisobga olish,
hujjatlarini yuritilishi
4. O‟qituvchi va ishlab chiqarish ta‟limi ustalarini darslarga tyyorgarlik ko‟rishi
5. O‟quvchilar bilan sinfdan va ta‟lim muassasasidan tashqari ishlarni olib borilishi
6. O‟quv xonalari, laboratoriyalar va ustaxonalarning o‟quv moddiy bazasi bilan
ta‟minlanganlik holati va shu kabilar.
Nazariy va ishlab chiqarish ta‟limi darsmashg‟ulotlarini tahlil qilishDarsni tahlil
qilishdan ko‟zlangan asosiy maqsad o‟qituvchining ilg‟or ish uslubini o‟rganish,
umumlashtirish va ommalashtirish zarur hollarda uslubiy yordam berish, ta‟lim-tarbiya
ishining samaradorligini oshirishdan iborat:Nazariy va ishlab chiqarish ta‟limi
darsmashg‟ulotlarini tahlil qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1.Nazoratchi (tekshiruvchi)ning tayyorgarligi
2. Darsni tahlil qilishning taxminiy sxemasi
3. Darsni tashkil etish mazmuni va metodikasi
4. YOrdamchi kuzatishlar
5.Darsdan kutiladigan natijalar 6.Nazorat qilish va baholash
Ta‟limida tarbiya jarayonini nazorat qilishTarbiya jarayonida “o‟quvchi” tushunchasi
bilan bir qatorda “shaxs” tushunchasidan foydalaniladi. Bu bilan tarbiya jarayoni
avvalambor o‟quvchini shaxs sifatida shakllantirishga qaratilganligi ta‟kidlanadi.
“SHaxs” nutq qobiliyatiga ega bo‟lgan va mehnat faoliyatiga layoqatli aqlli zot-
insondir». SHaxs atrofidagi odam bilan o‟zaro faol munosabat jarayonida, jamiyatda,
jamoada, boshqa odamlar bilan muomalada shakllanadi.
Tarbiyaning muayyan maqsadlari yoshlarda qanday fazilatlar tarbiyalanishi, uning
shaxsining mazmuni aniq qanday bo‟lishi haqidagi ravshan tasavvurdan kelib chiqadi.
Mana shu fazilatlarni aniq belgilash tarbiyaning asosiy, eng muhim maqsadlarini
belgilash demakdir. Ilmiy-metodik adabiyotni va o‟qituvchilar tarbiyaviy ishida
vujudga kelgan tajribani umumlashtirib o‟quvchilarda shakllantiriladigan asosiy
fazilatlarini ajratib ko‟rsatish mumkin. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi.
- g‟oyaviy-siyosiy tarbiya fazilatlari va xususiyatlari;
- mehnatga hayotiy zarurat, jamiyatda o‟zini qaror toptirishning asosiy usuli sifatida
munosabatda bo‟lish;
- ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ish sifatini yaxshilash uchun kurashda o‟z
muayyan o‟rnini topadi;
- ishni yaxshiroq, tezroq, puxtaroq, tejamliroq, bajarishga intilish va uning yo‟llarini
izlash davlat mulkiga munosabat tejamkorlik, egalik tuyg‟usi tashabbuskorlik;
- yuksak burch tuyg‟usi, o‟z ishi natijalari uchun mas‟uliyat;
- axloqiy fazilatlar, ijtimoiy burchga ongli munosabat; ongli ahloq va mehnat intizomi;
- jamoatchilik, o‟zaro yordam, kattalarga hurmat, insonparvarlik;
- halollik, haqqoniylik, o‟ziga talabchanlik, vijdonlilik, mas‟uliyat, so‟zining ustidan
chiqish, intizom, kamtarlik;
- qo‟yilgan maqsadlarga erishishda iroda, qat‟iyat va sobit qadamlik.
Ta‟lim muassasalarida
Do'stlaringiz bilan baham: