95
Abu Ali ibn Sino jahon madaniyatiga katta hissa
qo‟shgan mashhur entsiklopedist olim, tabiatshunos, faylasuf,
astranom, matematik, musiqashunos, huquqshunos, filolog,
yozuvchi va shoir. Evropada Avitsena nomi bilan mashhur
bo‟lgan Ibn Sino jahon fani taraqqiyoti tarixida muhim rol`
o‟ynaydi,
Ibn Sinoning gumanistik ta‟limida birinchi masala inson
kamolatidir, insonni olamdagi mavjudodlardan yuqori qo‟yishdir.
Abu Ali ibn Sinoning ijodiy faoliyati juda xilma-xil va rang
barangdir. Uning asarlarida falsafa, tarix, filologiya, etika,
pedagogika, psixologiya, she‟riyat, tabobat, terapiya, xirurgiya, diagnostika, gigiena
va tabiatshunoslik fanlarining har qaysisiga doir mustaqil fikrlar va hulosalar bor. Ibn
Sino buyuk olim. U insonning aqli har tomonlama rivojlanishiga tabiat sirlari va
haqiqatni bilish mumkinligiga qattiq ishongan. Isbotlab misollar keltirgan. U o‟zining
ilm-fan sohasidagi katta fazilatlari bilan jahon ma‟rifati va madaniyatining
namoyondasi sifatida tanildi.
Sohibqiron Amir Temur ham o’z hukumronligi
davrida ilm ahillari, muallimlarga hurmat bilan
qaraydi. Kishilarga mansab berishda ham ularning
ilmlarini hisobga oladi. Jamiyatning rivojida ularning
o’rni muhim deb biladi. Ko’plab kollej madrasalar
ochadi. Ularga muallim va mudarislar tayin etadi,
o’zining ustozlarini ham juda qadrlaydi.
Sa’diy SHeroziy ta’lim-tarbiyada muallimning talabchanligi bilim va tarbiya
berishda qattiqqullik bo’lishining tarafdori bo’ladi "Guliston" da ustoz shogird
munosabatiga oid hikoyat keltiriladi: "Bir odam kurash san’atida zo’r mahorat
qozondi, u 300 hiylani bilar va har kuni bir hiylani ishlatib ko’rishar edi.
SHogirdlaridan biriga 259 hiylani o’rgatdi. Ammo bir hiylani o’rgatmadi. Ustozning
hurmatini bilmagan shogird ustozidan ham ustunligini aytib maqtanadi. Bu suz
podshoga yoqmaydi. Ular kurash tushmoqlarini buyuradi. Ustoz ohirgi hiylasini
ishlatib shogirdini engadi. Ustoz hurmatini bilmagan shogird esa haloyiq, va
podshoxning nafratiga uchraydi".
Muallim - ustozga nisbatan hurmatda bo’lishning ifodasi shuki, shogird
muallimdan oldin yurmaslik uning o’rniga borib o’tirmaslik lozim. Mashg’ulotlar
davomida o’quvchilar muallimdan uzoq: bo’lmasinlar, ular orasi o’q-yoy oralig’ida
bo’lsin, mana shunda ilmga intiluvchilarni o’z ustozlariga hurmati ma’lum bo’ladi.
96
Abu Rayhon Beruniyning qarashlari progressiv mazmun kasb
etadi, Mutafakkirning gumanistik qarashlarida rostguylik bilan
adolat himmatga ega bo‟lgan sifatlardir. Olim hulqlarni yaxshiva
yomon hulqlar deb 2 qutbga bo‟lib ko‟rsatadi. Uning fikricha
yaxshihulqlar- rostgo‟ylik, adolat, mardlik, botirlik, himmat va shu
kabilardir. Bu haqida u shunday deydi: hammaning tabiatida adolat
bevosita sevimli va hamma uning yaxshiligiga qiziqadigan
bo‟lgani kabi rostgo‟ylik ham shunday; lekin rostgo‟ylikning
shirinligini tatimagan yoki shirinligini bilsa ham, totishni
istamaydigan kishi uni sevmaydi:
Abu Rayhon Beruniy O’rta Osiyo xalkining mashhur qomuschi olimi, o’zining
ilmiy mulohazalari bilan barchani hayratda qoldirgan, filosofiya, tarix, filologiya,
pedagogika, tabiatshunoslik fanlarining aktual masalalari sohasida o’z
davrigacha bo’lgan bilimlarni umumlashtirdi, kamchiliklarni tuzatdi va
keyingi avlodlar ham faxrlanadigan asarlar qoldira oldi. Real hayotda u faqat fan,
ma’rifatga berilgan odam bo’lgan butun vaqtini kuch-quvvatini ilm fanga bag’ishlagan
ijtimoiy va tabiiy fanlarning eng muhim sohalarida barakali ishladi va shunday
asarlar yaratdiki, ular jahon fani va madaniyatini yanada yuqori pog’onlarga
ko’tarishda hizmati katta bo’lgan.
Umar Hayyom - o’zining jahonshumul ilmiy asarlari bilan emas, nozir poetik
asarlari ruboiylari bilan olamga mashhur bo’ldi. SHoir o’z ruboiylarida olam
sirlari haqida fikr yuritdi, zuravonlikni, jaholatni, riyokorlikni fosh etdi, shaxs
erkinligini qo’ydi. Umar Hayyom insonni ulug’laydi, uni dunyodagi eng oliy
mavjudot sifatida qo’llaydi. Umar Hayyom dunyoqarashida inson va uning hayoti
muammolari, inson hayoti bilan bog’liq bo’lgan tashvishlar, gumanizm masalalari
markaziy o’rin egallaydi.
Umar Hayyom kishilarni ahillik va do’stlikka, ittifoqlikka chaqiradi, har
qanday mushkul ishni hal qilishda ittifoqlik, do’stlik, juda katta kuch ekanini
qayta-qayta ta’kidlaydi. Az-Zamahshariy “Nozik iboralar" risolasida ilmi fan ahillari
o’qituvchilarga nisbatan hurmat- e’tiborning pasayib ketganidan kuyunib yozadi.
"O’tgan zamonlarda ilmu-fazilat sohiblari podshoxlaridan o’z og’irliklariga barabar
oltin hadya olardilar, asta-sekin zamonlar o’tishi bilan ularning qiymatlari kamayib
itlari, olmaxonlar ulardan afzal bo’lib qoldi, ya’ni nodonlar oltinlardan ortiq
ko’riladigan bo’lib qoldi.
SHarq mumtoz madaniyatning butun dunyoga mashhur namoyondalaridan biri
97
A
lisher Navoiy o’zbek halqlning ulkan shoiri va
mutafakkiri, ulug’ olim va davlat arbobi, jahon adabiyotining
siymolaridan biri, SHoir butun hayoti va faoliyatini insonning
baht-saodati uchun kurashga, halqning san’at va adabiyot
taraqqyotiga bag’ishladi. Navoiy o’zining hamma asarlarida
insonning er yuzidagi haqiqiy inson degan nomni yuqori
darajaga qo’yadi. Inson huquqi bilan yashashni, inson shaxsining
ozodligini e’zozlaydi.
Alisher Navoiy ijodida ham muallimlar ishi ularga
munosabat masalalriga keng o’rin beriladi. U yoshlarga chuqur
bilim berish uchun muallimlar mudarislar hamda ustoz murabbiylarning o’zlari ham
bilimli va tarbiyali bo’lishi zarurligini uqtiradi. U nodon mutassib johil domlalarni
tanqid etadi va o’qituvchi ma’lumotli o’qitish yo’llarini biladigan muallim bo’lishi
zarur deydi. Masalan: “Mahbub ul qulub” asarida maktabdorlar doirasida fikr yuritar
ekan, ularni o’ta qattiqqul, johil va ta’magirliklarini qoralaydi. Darhaqiqat johil
muallimlar gunohsiz yosh bolalarga jafo qiluvchidir, U yosh bolalarning azoblashga,
kaltaklashga o’rgangan, g’azabli qoshi chimirilgan gunohsizlar bilan achchiqlanishga
odatlangan. Ularning ko’pchiligida ko’ngil qattiq qo’lligi va ta’b hastaligi oshkor.
Buning ustiga ular aql kamligiga ham griftor. Ular kiyinish yo’li bilan bolalar ko’nglini
o’zlariga rom qilmoqchi va kichkintoylarning beqaror tabiatini do’q-po’pisa bilan
tartibga solmoqchi bo’ladilar. Ulardagi ko’rinib turgan qo’pollik, yosh bolalardagi
kelishmagan hatti-harakatni silliqlashga yirik egovdir. Ular ishi odam qo’lidan kelmas,
odam emas, balki dev qila olmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik
qiladi. Lekin ustoz bolaga ilm va odob o’rgatadi, Darhaqiqat muallim bu kabi hollarda
yuzlab mashaqqat chekadi. SHu jihatdan olganda bolalarda uning haqi ko’p, agar
shogird ulg’aygach podshoxlik martabasiga erishsa ham o’z muallimga qulluq qilsa
arziydi, shuning uchun ham Alisher Navoiy yozadi.
Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila,
Aylamoq bo’lmas ado oning haqin yuz ganch ila.
Husayin Voiz Koshifiy o’z asarlarida ustoz-shogird munosabatlariga
keng to’xtaladi; "Agar shogirdlikning binosi nimani ustiga quriladi deb
so’rasalar irodat ustiga deb javob bergin. Agar irodat nima deb so’rasalar
samo’ va toatdir deb aytgin. Agar samo’ etish va toaat nima deb so’rasalar
nimani ustoz aytsa uni jon qulog’i bilan eshitish, chin dili bilan qabul qilish
va vujud a’zolari orqali amalda ado etishidir deb ayt".
U shogirdlikning 8 ta odobini ko’rsatadi:
1. Birinchi bo’lib salom berish.
2. Ustozning oldida oz gapirish.
3. Boshni oldinga egib turish.
4. Ko’zni har tomonga yugurtirmaslik.
5. Gap so’ramokchi bo’lsa oldin ustozdan ijozat olish.
6. Ustoz javobiga e’tiroz bildirmaslik.
98
7. Ustoz oldida boshqalarni g’iybat qilmaslik.
8. O’tirib turishda hurmat saqlash.
Koshifiy ustozlik shartlarini ham ko’rsatadi. "Bilgilkim hech bir ish
ustozsiz amalga oshmagay va kimki ustozsiz bir ishni qilur ersa ul ishni asosi
mustahkam bo’lmagay."
Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz
uchun yo hayot yo mamot, yo najot - yo
halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir”
degan fikrini ko’p mushohada qilamiz.
Buyuk ma’rifatparvarning bu so’zlari asrimiz
boshida millatimiz uchun qanchalar muhim
va dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda biz
uchun ham shunchalik, balki undan ham
ko’ra muhim va dolzarbdir.
CHunki ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin
ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini
ham belgilaydigan omildir.
Binobarin,
ta’lim-tarbiya
tizimini
o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib
bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan
turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad - ozod va
obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi.
Talabalar bilan pedagogik texnologiyaning qo’llanishini afzallik va
kamchiliklari “T-chizma ” usuli orqali taqqoslab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |