4-MAVZU. BOZOR IQTISODIYOTINING MOHIYATI VA BELGILARI. BOZOR VA
UNING TUZILISHI
1.
Bozor iqtisodiyotining mohiyati.
2.
Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari.
3.
Bozor iqtisodiyotining ikki turi.
4.
O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`ziga xos yo`li.
Tayanch iboralar
Bozor iqtisodiyoti; bozor iqtisodiyoti ob'ektlari; iqtisodiy plyuralizm; narxlarning liberallashuvi;
bozor iqtisodiyotiga o`tish modellari; sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti; «o`zbek modeli».
1-Bozor iqtisodiyotining mohiyati.
Bozor iqtisodiyotining asl, lo`nda ma'nosi-iqtisodiyotni tashqaridan tartibga solish tajribasidan voz
kechib, o`zini o`zi boshqaradigan mexanizm yaratishdir. Ana shu o`zini o`zi tartibga solib,
yo`naltirib, barqaror o`sish sur'atlarini ta'minlab turadigan yangi bozor mexanizmi markazida
inson turadi, inson omili yotadi. Demak, yangi iqtisodiy tizimga o`tishni, iqtisodiy mustaqil davlat
qurishni odamlardan, har birimizdan, birinchi navbatda, O`zbekiston taqdiri va kelajagi uchun
mas'ul bo`lgan yoshlardan, ularda zamonaviy iqtisodiy tafakkur, iqtisodiy idrok xosil qilishdan
boshlamoq lozim.Hozirgi zamon iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotidir. Er yuzidagi ko`pgina
mamlakatlar har xil darajada va o`ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda.Hozirgi
dunyoda, ayniqsa, G`arb mamlakatlarida iqtisodiyot haqida gap ketganda faqat bozor iqtisodiyoti
tushuniladi.
Hozirgi
zamon
nazariyalarida
bozor
iqtisodiyoti
deganda
iqtisodiy
xatti-harakatlarning erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning bozor mexanizmi orqali
bir-biriga bog`lanib muvofiqlashuvi tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti g`oyat ko`p qirrali va
murakkab iqtisodiyotdir. Uning mohiyatini anglash uchun unga xos tub belgilarni yaxlitlikda olib
qarash kerak. Bu belgilar shakllanib ulgurgan, aralash iqtisodiyotga aylangan bozor iqtisodiyoti
sharoitida vujudga keladi, bu esa hozirgi eng rivojlangan mamlakatlarda aniq ko`rinadi.Bozor
iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi,
ijtimoiy mo`ljalga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo`nalishiga ega bo`lgan va boshqarilib
turuvchi iqtisodiyotdir. O`ziga xos mulkiy munosabatlari, ijtimoiy yo`nalishlari va tartiblanib
turish usullari jihatidan bu tizim kapitalistik iqtisodiyotdan va tarixda mavjud bo`lgan sobiq
sotsialistik iqtisodiyotdan farq qiladi.
Bozor iqtisodiyotining quyidagi sub'ektlari mavjud:
a) iqtisodiy mustaqil mulk egasi yoxud iste'molchi bo`lgan ayrim kishilar yoki guruhlar.
Bularga odatda yollanib ishlovchilar, er egalari, kapital sohiblari, ishlab chiqarish vositasi egalari
kiradi. Ular tadbirkorlik qilmay, o`z mulkidan daromad topadi yoki yollanib ishlaydi;
b) firma, korxona, xo`jaliklar, ularda band bo`lgan tadbirkorlar. Ular foyda olish yo`lida
mustaqil ish yuritadilar, ishlab chiqarish omillarini ishga soladilar;
v) davlat, aniqrog`i, davlatning barcha mahkama-idora tashkilotlari. Ular ham ishlab
chiqarish, ham iste'mol bilan shug`ullanadilar, bozor va unda qatnashuvchilar faoliyati ustidan
nazorat qiladilar.
Bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari o`zaro aloqaga kirishadilar. Ish kuchi, er, kapital va
boshqa vosita egalari ularni korxona, firmalarga sotadi. Ular o`z navbatida ishlab chiqarish
omillaridan foydalanib, tovar va xizmatlar yaratadilar, ularni taklif etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |